katta foyda berdi. Ular avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan
ishlashga mo‘ljallangan. Ular ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l
kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod zamonaviy kompyuterlarda ham faqat
ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Elektron hisoblash mashinalarini yaratishda Jorj Bul taklif qilgan mantiqiy
amallarning hammasi emas, balki to‘rtta asosiy amali: VA (kesishma), YOKI
(birlashtirish), EMAS (inkor) va YOKINI ISTESNO ETUVChI zamonaviy
kompyuterlar protsessorlarining hamma turlarida qo‘llaniladi.
Xulosa qilganda hozirgi vaqtda ma’lumotlarning ko’pligi va keskin suratda
ko’payish, o’zgarish tufayli EHMlarning roli va o’rni, ularning rivojlanishi axborot
jamiyati uchu eng kerakli bo’lgan texnologik vosita hosoblanadi.
Shu yerda raqamli hisoblash mashinalarning xususiyatlardan biri algoritmik
universalligini ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Raqamli hisoblash mashinasining
algoritmik universalligi – raqamli hisoblash mashinalarning inson faoliyatining har
qanday sohasiga tegishli bo’lgan hisobiy va mantiqiy masalalarni echa olish
qobiliyatidir. Bunga mashina bajara oladigan amallar to’plami tarkibiga raqamli
axborotni o’zgartiruvchi har qanday algoritmni amalga oshira oladigan amallarni
kiritish, ishlanadigan axborotni etarlicha aniqlikda uzlukli ko’rinishda ifodalash va
uni raqam shaklida o’zgartirish yo’li bilan erishiladi.
Dostları ilə paylaş: