XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 242 -
2.7.1-rasm. Italiya sanoatining yillar bo’yicha
o’zgarishi
(2008-2018 yil birinchi choragi)
128
Italiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2018 yil yanvar oyida 4
foizga o'sdi va dekabr oyida bu ko'rsatkich 5,4 foizga yetib, 1,9 foizga o'sdi.
Italiyada sanoat ishlab chiqarish 1991 yildan 2018 yil vaqt oralig‘ida o'rtacha 0,05
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1994 yil avgust oyida esa bu miqdor 17,50 foizni tashkil
etdi. 2009 yilning mart oyidagi past ko'rsatkich 25,90 foizni tashkil qildi.
Erkin sanoat hududlari
Livorno, 1675–1860
Free Zone of Venice
Aosta Valley
Campione d'Italia
Articoli
Port of Trieste
129
2.7.6. Xizmatlar sohasi
Jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi, yadrosi hisoblangan xalqaro pul-kredit
munosabatlarining ilk ko‘rinishi aynan, Italiyada paydo bo‘lgan. Keyinchali Banco
deb atalgan, ya‘ni ―stol ustidagi hisob-kitoblar‖ ma‘nosini anglatuvchi bu xizmat
zamonaviy Banklarni tashkil etdi. Keyinchalik, Yevropaning boshqa mamlakatlari
xususan, Germaniya va Angliyagacha yetib bordi (Rothschilde‘s Family).
128
https://tradingeconomics.com/italy/industrial-production
129
https://www.nctm.it/news/articoli/southern-special-economic-zones-in-italy-and-the-eu-state-aid-regime
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 243 -
Zamonaviy banklarning kelib chiqishi Florensiya, Lucca, Siena, Venetsiya va
Genoa kabi boy shaharlarga O'rta asr va Uyg'onish davriga (15 asrgacha Yevropada
―qora davr‖ hukum surgan, Dark Ages) oid Italiyani kuzatish mumkin. Bardi va
Peruzzi oilalari 14-asrda Florensiyada banklarni boshqarib, Yevropaning boshqa
ko'p qismlarida filiallar ochishgan. Italiyaning eng mashxur banklaridan biri 1397
yilda Giovanni di Bicci de' Medici tomonidan tuzilgan Medici banki hisoblandi.
Sobiq Jorj banki 1407-yilda Genoa shahrida tashkil etilgan bo‘lsa, 1472 yilda
tashkil etilgan Banca Monte dei Paschi di Siena dunyodagi eng qadimgi rivojlangan
bank hisoblanadi. Bugun moliyaviy xizmatlar kompaniyalari orasida UniCredit
kapitallashtirish bo'yicha Yevropaning eng yirik banklaridan biri bo'lib, AJA'dan
so'ng dunyodagi eng katta ikkinchi sug'urta guruhi - Assicurazioni Generali
hisoblanadi.
Xizmat ko'rsatish sektori Italiyada band bo'lganlar soni bo'yicha eng muhim
sector sanaladi. Ushbu soha ta'rif turizm, mehmonxonalar, restoranlar, savdo-sotiq,
transport va kommunikatsiya, uy-ro'zg'or ishchilari, moliyaviy xizmatlar va davlat
boshqaruvini qamrab olib, ish kuchining yarmidan ko'p qismi ushbu sohada faoliyat
yuritadi.
Moliya
Italiya markaziy bank mamlakat monetar siyosatini ta‘minlaydigan yagona
tizim hisoblanadi. 2002 yilda yevro joriy qilinganidan beri, Italiya banki Yevropa
Ittifoqi siyosatiga muvofiq yevro banknotalarini ishlab chiqarish va aylanishi uchun
javobgardir. Pul-kredit siyosatini olib borilishi, iqtisodiyot va moliya vazirining
boshchiligidagi Mintaqaviy kredit hamda jamg'armalar qo'mitasiga berilgan.
Amalda, Italiya Banki keng vakolatlarga ega (Maastricht shartnomasi va yevro
hududini tartibga soluvchi boshqa bitimlarning cheklovlari doirasida) va yevro
hududining iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi. Bankning
asosiy funktsiyasi kreditni nazorat qilishni o'z ichiga oladi.
Italiya Bank-kredit institutlarining uchta asosiy turi mavjud. Birinchidan,
tijorat banklari mavjud. Ular orasida uchta milliy bank, bir nechta xorijiy banklar,
mashhur kooperatsion banklar bo‘lib, ularning faoliyati viloyat darajasidan tashqari
|