99
qobiliyatini o‘stirish mumkin, deb bilimning insonni shakllantirish
mezoni sifatida talqin etadi. U ilgari surgan axloqiy tushunchalar:
yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni
ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo‘llari
va usullarini ham
bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy
talab darajasida tushuntiradi. Shu bilan birga asosiy mezonlarini ham
ko‘rsatib beradi. U axloqiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik,
adolatlilik, sof insoniy munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan
xatti-harakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, hasad, bahillik,
pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini ham
bayon etadi. Shuningdek, Koshifiy axloqiy talablarni ham bayon etadi.
Bu talablar axloq qoidalari bo‘lib hisoblanadi. U o‘ttizdan ortiq axloqiy
qoidalarni bayon etib, bular sabr, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, avf,
sahiylik va sahovat, tavoze’ kamtarlik, rostgo‘ylik, shijoat, xushyorlik,
farosat kabi insoniy fazilatlarni barcha qirralariga ta’rif beradi.
Demak, Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo‘lgan
barcha hislatlarni o‘zida ifodalagan ilm-ma’rifatli, haqiqatparvar,
adolatli, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson
qiyofasini tasavvur etamiz. Husayn Voiz
Koshifiyning yana bir asari
“Futuvvatnomai Sultoniy” bo‘lib, unda komil insonni shakllantirishning
aynan amaliy yo‘llanmalari beriladi. Ma’lumki, X asrdan boshlab
javonmardlik yoki futuvvatchilik harakati keng yoyilgan. Bunda barcha
yosh yigitlar o‘z hayotini faqat ezgu hislatlarni tarkib toptirishga
bag‘ishlab, zoxiran va botinan pok bo‘lish, o‘z ezgu niyatlarini amalga
oshirish uchun jamoa bo‘lib uyushgan. Bunday yoshlarni javonmardlar
yoki futuvvatlar deb atashgan. Ular ma’naviy va jismoniy etuklikka
intilgan, mardlik va oliyjanoblik namunasini ko‘rsatgan. Ularning o‘z
jamoasi, piri, ustozlari, yig‘iladigan joylari bo‘lgan. Sarbadorlar Abu
Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud Torobiy kabi qahramonlarimiz ham
o‘z vaqtida javonmardlar bo‘lishgan.
Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asari ham boshqa ta’limiy-
axloqiy asarlar qatori ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini
ifoda etgan. Futuvvat (javonmardlik)
ilmi ham tasavvuf, so‘fiylikka
muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, mehru shafqat himmat
va mardlik ko‘rsatishni targ‘ib etgan. Tasavvuf futuvvatda yuksak
g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tadbiqini ko‘rsa, futuvvat esa tasavvufda
nazariy-e’tiqod asosini topgan. Odatda futuvvat sifatlari mavjud kishini
100
fatiy deganlar. Fatiylarning lug‘atiy ma’nosi - yoshlik. Bu so‘z yosh
yigitga nisbat berilgan. Shu bilan birga majoziy ma’noda insoniy
fazilatlar nuqtai nazaridan kamolat chegarasini zabt etgan olamga -
yoshlarga nisbatan ko‘llanilgan.
Javonmardlikning ruknlari (ustunlari) o‘n ikkita bo‘lgan:
oltita
zohiriy, oltita botiniy.
Dostları ilə paylaş: