Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. 
2.
 
Pul bozori. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi. 
3.
 
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 
4.
 
Kredit turlari va tamoyillari turlari. Foiz stavkasi va unga ta’sir 
etuvchi omillar. 
5.
 
Bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati. 
6.
 
Pul multiplikatori. 
1. Pul tizimi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari 
Pul tizimi
– bu davlat tomonidan qonuniy tartibda o‘rnatilgan pul 
muomalasini tashkil qilish shakli va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir. 
Pul tizimining tarkibiy qismlari. 

Pul birligi (dollar, marka, evro, rubl, so‘m va h.k.) va pul turlari 
(bank biletlari, tanga, chaqalar). 

Pul emissiya qilish tartibi muomaladagi pul massasini tartibga 
soluvchi davlat muassasalari. 

Naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirish tartibi. va milliy valyutani 
chet el valyutasiga almashtirish tartibi 
Pul muomalasi - bu tovarlar aylanishiga hamda notovar tavsifidagi to’lovlar 
va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilganaktivlarning ha-
rakati.
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat 
qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi 
pul agregati
deb 
yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni qo‘shish yo‘li bilan aniq-
lanadi. 
Likvidlik – bu turli moliyaviy va moddiy aktivlarning har xil to‘lovlarga 
zaruriyat bo‘lganda naqd pullarga aylana olish layoqatidir. 


394 
Pul mutloq likvidlik xususiyatiga ega. Boshqa barcha aktivlar kam yoki ko‘p 
darajada bunday xususiyatga ega bo‘ladi. Moliyaviy aktivlar likvidligi qancha kam 
bo‘lsa, uning egasi uchun o‘z ixtiyoridagi pulni zarur vaqtda olish imkoniyati bilan 
bog‘liq yo‘qotish tahlikasi shuncha yuqori bo‘ladi.
79
Yuqori inflyatsiya sharoitida pulning mutloq likvidligi ustuvorlikka ega 
bo‘lishdan to‘xtaydi. Bunday sharoitda yuqori likvidli aktiv barqaror chet el 
valyutalari va ko‘chmas mulklar bo‘lib qoladi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va 
shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
Muomalani ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagilarga 
bog‘liq. 
1. Muayyan davrda, (bir yil davomida) sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar narxi 
summasiga (T
b
). Tovarlar qancha ko‘p va narxi baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib 
olish uchun shuncha ko‘p pul birligi talab qilinadi. 
2. Pul birligining aylanish tezligiga (A
t
). 
Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan ular 
ayriboshlanishiga xizmat qilayotgan tovarlar turiga bog‘liq. 
3. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori puldan to‘lov vositasi sifatida 
foydalanishga ham bog‘liq. Ko‘pincha tovarlar qarzga sotiladi va ularning haqi 
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, zarur pul miqdori shunga 
muvofiq miqdorda kamayadi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga 
sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pulga ehtiyojni ko‘paytiradi. 
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdori (R
m
) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 
;
,
b
s
t
m
t
Т
К
Х
P
бунда
А



K
s
– qarzga sotilgan tovarlar narxi summasi; 
X
t
- haqini to‘lash muddati kelgan tovarlar narxi summasi; 
79
Campbell R. McConnell ―Economics‖ Principles, Problems, and Policies 2008195 p


395 
Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlashda «Fisherning ayriboshlash 
tenglamasiga» asoslaniladi, ya‘ni 
QR=MV; yoki
;

M
бунда
V

Q -ayriboshlanadigan tovarlar miqdori 
R -tovarlar narxi 
M-muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 
V -pulning aylanish tezligi 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin