14 variant
1.
Kimyoviy Reaksiyalarning Energetikasi va Yo’nalishi
Barcha kimyoviy jarayonlar issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan ro’y beradi. Kimyoviy
reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik chiqishi bilan
boradigan reaksiyalar
ekzotermik, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.Reaksiyalarning issiqlik effektlarini o’rganadigan bo’lim
termokimyo deyiladi. Issiqlik effektlari ko’rsatilgan reaktsiyalar termokimyoviy tenglamalar deb ataladi. Reaksiyaning
issiqlik effekti
moddalarning
fazoviy holatiga, sharoitga bog’liq. Reaksiyalarning issiqlik effektlari bir xil standart sharoitda o’rganiladi.
Standart
sharoit deganda 298 K(25
0
C) harorat va 101,325 kPa bosim tushuniladi. Termokimyoviy
tenglamalarda moddalarning agregat holatlari ko’rsatiladi,bunda kasrli koeffitsientlar ham ishlatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: