1 varyant Radioaktiv elementlar


Suyuqlik-bug‘ muvozanati? (Gibbs-Konovalov qonunlari. Vrevskiy qonunlari. Azeotrop aralashmalar va ularning xossalari).-



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/65
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#203388
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
30 variant Kimyo

 Suyuqlik-bug‘ muvozanati? (Gibbs-Konovalov qonunlari. Vrevskiy qonunlari. Azeotrop aralashmalar va ularning xossalari).- 
Suyuqliklarning bug`lanishi sirt bo`yicha ham, uning butun hajmi bo`yicha bug` pufakchalari hosil bo`lishi (qaynashi) yo`li bilan ham yuz berishi 
mumkin. Bunda ikkinchi hol, xohlagan temperaturada yuz beradigan sirt bo`yicha bug`lanishdan farqli ravishda, faqat ma'lum temperaturada, ya'ni 
to`yingan bug` bosimi suyuqlik sirtidagi bosimga teng bo`ladigan temperaturada yuz beradi. Bosim ortishi bilan qaynash temperaturasi ortadi
kamayishi bilan esa kamayadi. Bir jinsli suyuqliklarda to`yingan bug` bosimi har bir temperatura uchun bir xil miqdorga ega bo`ladi, suyuqlik va 
bug`ning miqdoriy nisbatiga bog`lik bo`lmaydi. Suyuqlik aralashmalarida esa suyuqlik tarkibidagi turli molekulalarning o`zaro ta'siri bug`lanishni 
qiyinlashtiradi. Bu holda aralashma bug`larida yengil bug`lanuvchi suyuqlik bug`larining nisbati, uning ayrim holatidagi bug`lariga qaraganda 
ko`proq bo`ladi. Bu holda umumiy bug` bosimi partsial bug` bosimlar yig`indisiga teng. Shunday qilib, aralashmalar bug`langanda suyuq fazada 
yengil komponent kamayib boradi, ya'ni yengil komponent suyuq fazadagiga nisbatan bug` fazada ko`proq nisbatda bo`ladi.
Konovalov qonunlari

muvozanat holatidagi ikki komponentli sistemaning suyuq va bugʻ fazalar tarkibining temperatura yoki bosim oʻzgarishiga bogʻlikligini 
ifodalaydigan 3 qonun. 1-qonun — oʻzgarmas temperaturada (T-const) bugʻ tarkibida eritmadagiga qaraganda koʻproq (yoki ozroq) miqdorda 
boʻlgan komponentning konsentratsiyasi ortganda eritmaning bugʻ bosimi ham ortadi (yoki kamayadi). 2-qonun — oʻzgarmas temperaturada 
muvozanat bosimining eritma tarkibiga yoki oʻzgarmas bosimda (P-const) qaynash temperaturasi (kondensatsiya)ning konsentratsiyaga chiziqli 
bogʻliqligining ekstremum nuqtasida muvozanatda boʻlgan suyuqlik va bugʻ tarkiblari mos keladi. 3-qonun — oʻzgarmas temperatura va bosimda 
suyuq eritma bilan bugʻ tarkibi bir yoʻnalishda oʻzgaradi. Konovalov qonunlari suyuq va bugʻ fazalaridan iborat ikki komponentli sistemalar uchun 
1881—84 yillarda D. P. Konovalov tomonidan nazariy asoslangan va amaliy tasdiqlangan. 1876—78 yillarda J. U. Gibbs bu qonunlarni 
umumlashtirgan holda keltirib chiqargan. Konovalovning 2- qonuni koʻpincha Gibbs-Konovalov qonuni deb ataladi; uni koʻp komponentli 
sistemalarga ham tatbiq etish mumkin. Konovalov qonunlari fazalar muvozanati diagrammalarini tuzishda, suyuqlik — bugʻ muvozanati toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlarni amaliy jihatdan tahlil qilishda, moddalarni rektifikatsiya yoʻli bilan ajratish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga 
ega

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin