1 varyant Radioaktiv elementlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#203388
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
30 variant Kimyo

4Termodinamik sistema
- oʻzaro taʼsirlashayotgan va energiya almashayotgan issiqlik harakatidagi koʻp sondagi zarralar — atom va 
molekulalardan tashkil topgan fizik sistema. Ixtiyoriy issiqlik mashinasi termodinamik sistemaga misol boʻla oladi. Termodinamik 
sistemaning holati hajm, bosim, temperatura kabi makroskopik parametrlar bilan aniqlanadi.
Termodinamik holat
- tashqi narametrlar va 
temperatura qiymatlari bilan aniqlanuvchi teromodinamik tizim holati. Termodinamikada tizim holatining tashqi va ichki parametrlari farq 
qiladi. Tizim parametrlari oʻzaro bogʻliq. Bosim, temperatura va solishtirma hajm uning asosiy parametrlari hisoblanadi. Agar tizim 
parametrlari vaqtning oʻtishi bilan oʻzgarmasa, statsionar holat deyiladi. Termodinamikada muvozanat va nomuvozanat holatlar 
mavjud.
Qaytar jarayonlar
(fizikada) — avval bir yoʻnalishda, soʻngra teskari yoʻnalishda sodir boʻlib, sistema oʻzining boshlangʻich 
holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday oʻzgarish yuzaga kelmaydigan fizik jarayonlar. Ideal (ishqalanishsiz va noelastik 
urilishsiz) sharoitda sodir boʻladigan hamma sof mexanik jarayonlar qaytuvchan boʻladi. Mutlaqo ishqalanishsiz hamda mutlaq elastik tarzda 
roʻy beradigan urilishlarsiz sharoitda energiyaning maʼlum qismi issiqlik energiyasiga aylanadi.
Qaytmas jarayonlar
(fizikada) — muvozanat 
buzilganda sistemada oʻz-oʻzidan faqat bitta yoʻnalish boʻyicha sodir boʻladigan fizik jarayonlar. Diffuziya, issiqlik oʻtkazuvchanlik, gazning 
muayyan hajm boʻyicha kengayishi va boshqalar hodisalar Qaytmas jarayonlarga misol boʻladi. Hamma Qaytmas jarayonlar ketmaket 
muvozanatsiz holatlarning uzluksiz qatoridan iborat. Sistemalarda Qaytmas jarayonlar sodir boʻlgan boʻlsa, uni tashqi muhitda hech qanday 
oʻzgarish yuzaga keltirmasdan boshlangʻich holatiga qaytarish mumkin emas. Umuman, tabiatda sodir boʻladigan hamma real jarayonlar 
Qaytmas jarayonlardan iborat. Berk sistemalarda shunday Qaytmas jarayonlar sodir boʻlishi mumkinki, natijada sistema entropiyasi faqat 
ortib boradi. 




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin