elektrolitik dissosatsiya deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa suvda eriganda ionlarga dissotsiyalanmaydi, ajralmaydi.Elektr toki ta’sirida musbat zaryadlangan
ionlar katodga, manfiy zaryadlangan ionlar anotga tomon harakatlanadi.Musbat zaryadlangan ionlar
kationlar , manfiy zaryadlangan
ionlar
anionlar deyiladi. Dissotsiyalanish – qaytar jarayon, molekulalarning ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni ham
sodir boʻladi. Suvda yaxshi eriydigan kislotalar kuchli elektrolit hisoblanadi. Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan:
kislotalar – murakkab modda boʻlib dissotsiyalanadigan kation sifatida vadorod ionlari, anion sifatida turli kislota qoldiqlari hosil qiladigan ekektrolitlardir .
Kislota tarkibidagi vodorodning miqdoriga qarab,vodorod ioni bitta boʻlsa dissotsiyalanish bir bosqichda, vodorodning miqdori ikta
boʻlsa dissotsiyalanish ikki bosqichda, vodorodning miqdori uchta boʻlsa dissotsiyalanish uch bosqichda boradi. Vodorod ionlari eritmaga
kislotali muhit beradi.
HBr →H + +Br – ; HNO 3 →H + +NO 3 – ; H 2 SO 4 →H + +HSO 4 – ; HSO 4 – →H + +SO 4 -2 . H 3 PO 4 →H 2 PO 4 – +H + ; H 2 PO 4 – →HPO 4 -2 +H +