11 variant
1
Barcha moddalar elektr toki taʻsiriga munosabatiga koʻra ikki guruhga: elektr tokini oʻtkazadigan va elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalarga
boʻlinadi. Keyinchalik ayrim murakkab moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazishi aniqlandi. Bu hodisalar mukammal oʻrganilib,
eritmalari elektr tokini oʻtkazadigan moddalarni
elektrolitlar
, eritmalari elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalar
noelektrolitlar
deb ataladigan
boʻldi. Nima uchun ayrim moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadiyu, boshqa moddalar har holatda ham elektr tokini oʻtkazmaydi
degan savol tugʻiladi. Bu savolga 1887-yil S. Arrenius javob topdi va shunga koʻra oʻz nazariyasini yaratdi:
Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi. Elektrolitlarning suvda erib ionlarga ajralish hodisasi
Dostları ilə paylaş: