Dunyoning konfessional manzarasi.
"Konfessiya" so’zi (lotincha
- "confessio") o ’zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e ’tiqod qilish”,
degan m a’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda
muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o ’ziga xos
xususiyatlarga ega e ’tiqod va ushbu e ’tiqodga ergashuvchilar jamoasi
tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo’lsa-da, aqidalar borasida
farqlanadigan jam oalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda
taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi.
Shuni alohida ta ’kidlab o ’tish lozimki, islom dinida bunday holat
kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa
mazhablar alohida konfessiya sifatida ro ’yxatdan o ’tmaydi. Masalan,
O ’zbekistonda ham bir necha shia jamoalari b o ’lishiga qaramay, ular
o ’zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jam iyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilaming
ijtimoiylashuviga, ulaming turmush tarzini tashkil etish va tartibga
132
6
solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo’lib kelgan.
Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o ’ziga xos xususiyatlari
bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq
m e’yorlarini o ’ziga singdirib olib, ulami hamma uchun majburiy xulq-
atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat
yashashiga ko ’maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklami
engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va
m a’naviy
qadriyatlami
saqlab
qolish
hamda
avloddan-avlodga
etkazishga yordam bergan va shu yo ’l bilan madaniyat rivojiga katta
ta ’sir ko’rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo’lgan qiziqishning kuchayib borishi
globallashuv jarayonlarining o ’ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero,
globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda,
uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jam iyatlar darajasida
o ’z-o’zini anglashga b o ’lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin
yaratmoqda. Bu jarayonlar o ’z navbatida inson ma’naviyatining uzviy
qismi bo’lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat
hayotidagi o ’mini anglashga bo’lgan e ’tiboming kuchayishini keltirib
chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo ’lgan qiziqishning kuchayishi
bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning
ulami hal qilish yo ’llari haqidagi o ’y-izlanishlari, dunyoviy va diniy
qadriyatlar uyg’unligini ta ’minlagan holda bugungi kunning og’ir va
murakkab savollariga to’laqonli javob topishga intilishi bilan bog’liq
ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar m a’lumotlariga ko ’ra, XX asming ikkinchi yarmida
xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar
paydo bo ’lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi
mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asming 70 yillarida
Evropa va AQShda tarqalgan noan’anaviy diniy gumhlar va oqimlar
nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri
sabab b o’lganligini ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi
o ’zgarishlami, bu “o ’tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib,
133
7
o ’zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgo’y” sifatida k o ’rsatdilar.
YaDH to ’riga ko’proq yoshlar ilindilar. YaDH qat’iy ta’limotga ega
bo’lmagan tashkilot bo ’lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini
olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va
nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlaming ba’zilari dunyoning
turli burchaklarida o ’z bo’linmalariga ega bo’lgan, biznes bilan
shug’ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar
meditatsiya amaliyotini keng qo’llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida
shaklida boshqariladi. YDH laming aksariyati noqonuniy faoliyat
yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio metrosi
10G’5000 zah.), Quyosh ehromi (frantsiya va Kanada) va b.). Diniy
ta ’limotlami buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
- protestantlaming “ikkilamchi” birlashmalari - Iogov shohidlari,
Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih tserkovi
(Boston harakati);
- soxta xristian harakatlar - Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion
oxirgi Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;
- sayentalogik kultlar - Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya
markazi, Kloneyd, Oq ekologlar harakati;
- neo- va kvaziorientalistik maktablar va kultlar - “Tirik
axloq”(Agni yoga), Krishnani anglash jamiyati, Transtsendental
meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-yoga va b.);
- Yangi majusiy tashkilot va kultlar - “Runvira” ukrain milliy
e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy
e ’tiqodiga qaytish kulti” va boshqalar kiradi.
Sekta
so’zi, eng umumiy m a’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki
falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta
deganda m a’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi
b o ’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko ’rsatadigan guruhlar
tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo ’lgan
k o’plab sektalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mutaxassislar ulaming sonini
taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.
134
Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalaming
inson ongi va qalbi uchun kurash yo’lidagi faoliyatining jonlanishi
kuzatilayotganini k o ’rsatmoqda. Xususan, m a’lumotlarga ko’ra, bizga
qo ’shni
bo ’lgan
davlatlarda
"Bogorodichiy
tsentr",
"Tserkov
ob’edineniya", "Tserkov Isusa", "Tserkov Novogo Zaveta", "Beloe
bratstvo", "Bojestvenno’y orden Pervogo Angela" kabi o ’nlab diniy
sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. "Satanizm" deb
ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Ayrim m a’lumotlarga ko’ra, o ’ta
xavfli bo’lgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Er yuzida 5 milliondan
ortiq tarafdorlari bor.
Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning
yaqinligi bilan qo ’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli
nochor bo’lganlar ichida ish olib borish yo ’li bilan o ’z tarafdorlarini
k o ’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan
"avliyo"lar o ’z izdoshlarini aldash yo ’li bilan ulaming mol-mulklariga
egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin
faoliyat
olib
borishi,
sekta
ichida
b o ’layotgan
voqealaming ko’pchilikka m a’lum b o ’lib qolmasligining qattiq nazorat
qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib
chiqarmoqda.
Ugandadagi "Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga
misol bo’ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu
sekta rahbarlari o ’z tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan
mablag’ni ularga berishga va shu yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lishga
chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga "ko’chirilishi" sekta
rahbarlariga nisbatan shubha uyg’onishiga olib kelgan. Shundan so’ng
rahbarlar Kanungu qishlog’ida 500 dan ortiq o ’z tarafdorlarini aldab bir
joyga to’plab, ustlaridan yopib binoga o ’t qo ’yib yuborishgan. Ommaviy
axborot vositalari xabarlariga k o ’ra, tezkor tadbirlami o ’tkazgan
politsiya yana to’rt joyda ommaviy qabrlami topgan. Umuman bu
sektaning qurbonlari 1000 ortiq b o ’lgani qayd qilingan.
Jahon
xristianlarini birlashtirish
yo’lidagi
Muqaddas
Ruh
assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya Svyatogo Duxa za ob’edinenie mirovogo
xristianstva (ASD-OMX) bo’lib, Mun San Men birlashtirish cherkovi,
135
Birlashtirish harakati, munchilar (munisto’) kabi nomlar bilan ham
ataladi.
T arixi: BCh asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy
Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e ’tiqod qiluvchi dehqon
oilasida tug’ilgan. Maktabda o ’qish davrida u pyatidesyatniklar
y ig’inlarida qatnashardi. 1936 yili Pasxa bayramida unga “vahiy” keladi:
Iso Masih unga ko’ranib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan
missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. M a’lumotlarga
ko’ra, bu voqea sodir bo ’lganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan
qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zoxir bo ’lishisan!". Shu voqea
sabab u o ’z ismining birinchi b o ’lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur
taratuvchi (svetyahiysya)ga o’zgartirdi va bu bilan u o ’zini “ilohiy”
kelib chiqishini bildirdi. Shu yo’l bilan yangi “payg’ambar”- Mun San
Men vujudga keldi.
M unchilaming
ta ’kidlashlaricha,
b o ’lg’usi
payg’ambar
Yaponiyada elektrik kasbini egallagan, ammo u o ’z iste’dodi bilan
muhandis diplomini olishi ham mumkin edi. Biroq u “ilohiy y o T ’ni
tanlashni afzal bilgan.
Munchilar to ’liq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota ” orqali
erishaladi. Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan
va Iso Masih ularga ko’rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilaming
ommaviy nikoh tantanalari “Unashtirish” marosimi munchilaming
ammaliyotida markaziy o ’rinda turadi.
U 2 qismdan iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas
nikoh”.
Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning
“birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni boshlashlarini
anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” b o ’lib o ’tadi.
B o’lg’usi kelin-kuyovlar o ’z juftlarini topishni Mun va uning tajribali
mintaqaviy liderlariga to ’lig’icha ishonadilar. Ayrimlar o ’z juftini nikoh
tantanasidan bir necha kun aw algina taniydilar.
“Muqaddas vino” yoki “Nasabni o ’zgartirish” marosimi orqali
munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini
bog’laydilar. Mun ta ’rificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan
136
saqlovchi va “Haqiqiy ota-onalar”ga yaqinlashish bo’yicha o ’ziga xos
“emlash” vositasidir. Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va
Ona”ning qoni jamlangan bo ’lib, uni iste’mol qilgan inson o ’z
ajdodlaridan voz kechadi.
Boshqa bir m a’lumotlarga qaraganda, ushbu ichimlik tarkibiga
Mun va xotinining boshqa narsalari ham solinadi.
Aym sinrikyo (sanskritcha “olam”) haqiqati ta’limoti; ingliz tilida
“Supreme truth”, y a’ni “oliy haqiqat” deb tarjima qilingan ( 2000 yildan
boshlab A lef nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 1
harfi bo ’yicha)) — yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik,
totalitar, destruktiv sekta b o ’lib, vadjrayana buddizmi asosida
Yaponiyada vujudga kelgan.
Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995
yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so’ng
mashhur bo ’lib ketgan.
Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro ’yxatiga kiritilgan. Evropa
Ittifoqi, Kanada, Moldaviya, Rossiya, AQSh va boshqa davlatlarda
faoliyati ta ’qiqlangan. Aum sinrikyodan Rossiyada 24000, Yaponiyada
6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda Aum Sinrikyoning Nyu York,
Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda uning
tashkilotiga diniy tus berildi va u “AUM Sinsen-no-kay” (“M a’naviy
rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jam iyati”) deb ataldi.
1995
yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a ’zosi tomonidan
terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi
yordamida gazli portlatish sodir etishgan.
Natijada 12 kishi vafot etgan, o ’nlab kishilar zaharlangan, 1000
kishining ko ’rish qolbiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim
a ’zolarida paralich, so’zlash qobiliyatining y o ’qolishi, tayanch harakat
a ’zolarining shikastlanishi, ko’r b o’lib qolish holatlari ham uchragan.
Ushbu aktga Asaxara o ’zi buyruq bergan (rad etsada).
Ulaming flkricha, Oxirzamon kelishi va Yaxshilik va Yomonlik
o ’rtasidagi oxirgi umsh kutilmoqda va umshda barcha “gunohkorlar”
qirib
tashlanadi.
Politsiyachilar
tomonidan
sekta
markazlari
tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollaming komponentlari (sibir
137
yarasi (sibirskaya azva) va Ebola virusi) topilgan. Bundan tashqari
Zairdan keltirilgan Mi 17 harbiy vertolyoti bo’lgan. Kimyoviy zax ira
zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o ’ldirishga etadigan b o ’lgan.
Oq birodarlik tashkiloti (OBT) eng janjalkash sektalardan biri
bo’lib, Nyu Eyj harakati bilan o ’zaro bog’liq. Uning g ’oyalarida ham
Baliq erasi (Iso M asih davri) yakunlanib, Vodoley erasi, y a’ni er yuzida
Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini da’vo qiladilar.
Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov
tex.f.n.,m Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan,
ko ’plab yangi g ’oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta’sir o ’tkazish
masalalariga qiziqqan (KGB bilan aloqa bo ’lgan)
O ’z qiziqishlari o ’laroq biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga
a ’zo bo’ladi va turli uslublami o ’rganadi. U “Atma” nomli “Qalb
instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali ko ’plab risolalar chop
etadi. Krivonogov ko’p shaharlarda m a’ruzalar o ’qib yuradi va
Dnepropetrovskda bo ’lg’usi xotini Mariya Tsvigunni uchratadi va to ’y
arafasi uni erdagi “Xudo” deb e’lon qiladi.
Krivonogov o ’zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann
Predtech, Payg’ambarlar Yoqub, Nuh, Ioann Krestitetl, Tutanxamon,
knyaz Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida to ’xtagan. Mariya
ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O ’g ’il Xudo, Muqaddas
Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya
o ’zini erkak jinsiga nisbatan ishlatiladigan “on” so’zi bilan murojaat
qilgan. U er yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng e ’tiqodli
kishilami “haqiqiy e ’tiqodlilar”ni jamlashi kerak bo’lgan.
Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi bo’lishi kerak edi.
(YuSMALOS bu “Yuoann Svami Mariya Logos” abriviaturasi,
shuningdek Jus malos “yovuzlik qonuni” m a’nosi bor). Yusmalos
“olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga
qilib belgilangandi.
Erdan oxirgi bo’lib bu er xotin ketishi, ulami chormixlashlari
lozim bo’lgan. Jasadlar uch kun ko ’chada turib, uchinchi kuni qayta
tirishlari va osmonga k o ’tarilishlari kerak edi. O ’sha kuni Oxir zamon
b o’lib, er yuzi vayron bo’lishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa
138
yusmalos xalqi erda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda qolgan
d o ’zaxda bo’lishi ta ’kidlangan.
Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yig ’iladilar.
Albatta, Oxir zamon bo ’lmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi
oldida to’polon uyushtirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming keskinlashib ketishi, ochlik,
fuqarolar urushlari,
ommaviy epidemiyalar,
spidning
tarqalishi
yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga olib kelmoqda.
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi,
m a’naviy va jism oniy kamolotga erishishga b o ’lgan intilishi, kishilar
hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan o ’zlarining g ’arazli maqsadlari
yo ’lida shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar.
Mavjud diniy ta ’limotlar, ulardagi muayyan qoidalami davr
talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modemizatsiya qilish
jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan
inkvizitsiya va salb yurishlari xato b o ’lganini tan olib, Rim Papasi hatto,
rasman kechirim ham so’radi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II o ’z
paytida Eming Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlami yoqlagani
uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, o ’z qarashlaridan
voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq b o ’lganini tan
olib, barchadan uzr so’ragani ham bunga misol bo’la oladi.
Shuningdek,
mavjud
dinlaming
tarqalish
hududida jiddiy
o ’zgarishlar sodir bo ’layotganini ta ’kidlash zarur. Masalan, o ’tgan asrda
asosan xristianlar yashab kelgan Evropada bugungi kunda 20-25 million
atrofida
musulmonlar
istiqomat
qilmoqdalar.
Jumladan,
Buyuk
Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Frantsiyada - 6-7
million islomga e ’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar
fikriga ko’ra, hozirda aynan islom e ’tiqodchilari soni eng tez k o ’payib
borayotgan
din
hisoblanadi.
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
m a’lumotlariga ko’ra, islomning yillik o ’sish sur’ati 6,4 foizni tashkil
etib, 1989 yildan 2011 yilgaqadarmusulmon aholi soni Shimoliy
Amerikada - 25, Afrikada - 2,15, Osiyoda-12,57, Evropada-142,35,
Avstraliya va Okeaniyada-257,01 foizga ko’paygan. Faqat Lotin
Amerikasida islomga e ’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
139
Bunday
o ’zgarishlar,
bir
tomondan,
globallashuv
keltirib
chiqarayotgan odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan,
kishilaming buddaviylik, ko’pgina hollarda va asosan islomni ongli
tarzda qabul qilishi bilan bog’liq.
Shuningdek, aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga
e ’tiqod
qilib
kelgan
o ’lkalarda
xristianlikni
yoyishga
intilish
kuzatilmoqda. BMT m a’lumotlariga ko ’ra xristianlikning o ’sish
k o’rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim
xristian tashkilotlari va yo ’nalishlarining faol missionerlik harakati
natijasida sodir bo ’lmoqda.
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy
manzarasida jiddiy o ’zgarishlar sodir b o ’layotganidan dalolat beradi.
Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O ’zbekistonda rasman
ro ’yxatdan o ’tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham
k o’rish mumkin. Xristianlikka mansub b o ’lsa-da, yurtimizdagi 11 ta
y o’nalishning har biri o ’zini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi
fikrimizning isboti b o ’la oladi.
Dostları ilə paylaş: |