O‘ta mustahkam taxta oyna shisha eritmasini 1000
0
S dan 1600
0
S gacha
5...6 marta ko‘tarib va tushirib chiniqtiriladi. Natijada, egilishga mustah-kamligi
oddiy oynalarnikiga nisbatan 5...8 marta katta bo‘ladi. Qalinligi 5 mm dan katta
bo‘lgan o‘ta mustahkam taxta oynaning zarbga qarshiligini sinash uchun uning
sirtiga 12 m balandlikdan 800 g og‘irlikdagi po‘lat shar erkin holda tashlanadi.
Bunda taxta oynada darz yoki sinish alomatlari bo‘lmasligi kerak. O‘ta mustahkam
oyna yaxlit eshiklarni ishlashda, zarbga duch kelishi mumkin bo‘lgan eshik va
derazalarga solishda qo‘llaniladi.
Taxta oynalarni prokatlash usulida tayyorlashda, shisha bo‘tqa yarim
sovuganida uning bir yoki ikki yuzasiga bezak beruvchi qolip bosiladi. Nati-jada
oyna yuzasida uch yoki olti burchakli hajmiy bo‘rtib chiqqan bezak hosil bo‘ladi.
Bezak oyna rangli va rangsiz xillarda chiqariladi. Buning uchun shisha xom
ashyosiga rang beruvchi mineral pigmentlar qo‘shiladi yoki taxta oyna yuzasiga
temir oksidli bezakli pardalar yopishtiriladi. SHuningdek, laylak qor singari
yaproqli bezak beruvchi rangli shtamplar bosiladi. SHisha buyumlarning
mustahkamligini oshirish va singan taqdirda bo‘laklarga parcha-lanmasligini
ta’minlash uchun po‘lat sim to‘r bilan armaturalanadi.
Ikki tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydigan va nurni yoyuvchi oynalar
deraza romlar, eshik va pardadevorlar uchun ishlatiladi. Bunday taxta oyna
sovushidan oldin o‘yma bezak beruvchi gorizontal prokatlash usulida ikki valetslar
orasidan o‘tadi va yaltiratiladi. Taxta oynaning bir tomoniga bosim bilan mayda
qum sepiladi va oyna xiralashib o‘zaro ko‘rinmaydigan bo‘ladi.
Naqshli oyna ( gost
5533-86) rangli yoki rangsiz suyuqlantirilgan massani
naqshli jo‘valarda prokatlab olinadi (5.1 – rasm).
Bunday oynalarning bir yoki ikki tomoni tekis yoki bezakli shtamplangan
bo‘ladi. Naqshli oynalar yuzasiga trafaret yordamida rasm tushirish orqali ham
olinadi. SHuningdek, oyna yuzasiga elim surtib xarorat tasirida ishlov beriladi,
keyin oyna yuzasidan elim olib tashlanadi. Natijada muz kristal-lari singari naqsh
hosil bo‘ladi. Bunday oynalar qizil, ko‘k, yashil, sariq, havorang va x. k. ranglarda
(jami 10 xil) ishlab chiqariladi. Ularning qa-linligi 3...4,5 mm bo‘ladi.