o‘rganish uning tarkibida
mikrokristall hosilalar, ya’ni kristallar hosil bo‘lishini
ko‘rsatadi. Kristalliklik nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi
kam shisha-sitallar yaratiladi. SHisha-ning o‘ziga xos tuzilishi uning shaffofligini,
mo‘rtligini, muhit ta’siriga, olovga chidamliligini, haroratning o‘zgarishiga
ta’sirchanligini belgilaydi.
Qurilishbop shishaning asosiy xossalariga uning nazariy mustahkamli-gi, nur
o‘tkazuvchanligi, issiqbardoshligi, elektr o‘tkazuvchanligi
va texno-logik
xususiyatlari kiradi.
SHishaning mustahkamligi
uning egilishdagi va siqilishdagi mustah-
kamliklari bilan tavsiflanadi. SHishaning tuzilishida mikrokamchiliklar bo‘lganligi
sababli uning egilishdagi cho‘zilish mustahkamligi 30...90 MPa,
siqilishdagi
mustahkamligi esa juda yuqori, ya’ni 700...1000 MPa bo‘lib, zarbga yomon
qarshilik ko‘rsatadi (mo‘rt material hisoblanadi). Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi
5...7, zichligi 2,4...2,5 g/sm
3
.
SHishaning nur o‘tkazuvchanligi
uning shaffofligi
va tiniqligi bilan
tavsiflanadi. SHishaning tiniqligi va ko‘rinadigan spektr nurlarining kamida 80...84
% ini o‘tkazishi uning o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblana-di. Deraza
oynalarining nur o‘tkazuvchanligi 90...92 %, profillangan shisha-niki 84...86 %,
shishabloklarniki 80...85 % atrofida bo‘ladi. SHisha nurni qaytarish xususiyatiga
ega bo‘lganligi uchun va faqat 2 % gacha nurni o‘ziga
yutganligi sababli nur
o‘tkazuvchanligi asosan, nurning oynaga tushish burcha-giga bog‘liq bo‘ladi.
Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi, ultrobi-nafsha nurlarni esa yomon
o‘tkazadi.
SHisha zich material bo‘lganligi uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. SHu
sababli binolarga tovush
deraza oynalari orqali kirib, binoning foydala-nish
holatini yomonlashtiradi. Tovush o‘tishini kamaytirish uchun deraza oynalari
qalinligi oshiriladi yoki ular bir necha qatlam qilib o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: