№5. Ma’ruza Shisha va shisha buyumlar. Mavzuni yoritish uchun reja



Yüklə 80,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix07.01.2024
ölçüsü80,5 Kb.
#206465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu. Shisha, shisha buyumlar va sitallar

5.1 – rasm. Naqshli oynalar. 


Naqshli oyna manzaraligi va yorug‘lik sochish xususiyati bilan ajralib turadi. 
Ulardan me’morchilik bezaklari, shuningdek, oyna orqali bevosita ko‘rinish yoki 
sochma yorug‘lik talab etilmaydigan xollarda eshik, deraza va boshqa to‘siqlarni 
oynalash uchun qo‘llaniladi. 
Qatlamli taxta oyna
(GOST 24866-99) silliqlangan oyna taxtalarni o‘zaro 
organik elim bilan yopishtirib tayyorlanadi. 
Bunday oynalar avtomashina va samolyot deraza ko‘zlariga solishda, yuqori 
bosim ta’sirida ishlovchi asbob-uskunalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Ular eni 
125...525, uzunligi 250...1200 mm gacha o‘lchamda ishlab chiqariladi. YOrug‘lik 
o‘tkazuvchanligi ikki qatlamliligi uchun 70 %, uch qatlamliligi uchun esa 60 %. 
Qatlamli taxta oynaga zarb bilan urilsa, unda ko‘ndalang yoki tartibsiz darzlar 
hosil bo‘ladi, ammo qatlamlar orasidagi elim oyna siniqlarini ushlab, uni 
bo‘laklarga bo‘linib ketishidan saqlab qoladi. 
Toblangan oyna 
(GOST 30698-2000) oddiy oynani 540...650 
0
S haroratda 
qizdirib va asta-sekin sovutib olinadi. Bunday oynalarning egilishga mus-
tahkamlik chegarasi odatdagi oynaga nisbatan 5...8 marta, issiqbardoshligi 2 marta 
va zarbga mustahkamligi 4...6 marta ortiq bo‘ladi. Toblangan oyna vitrinalar, 
eshiklar, balkon, zinapoya to‘siqlari va sh. k. ishlatiladi. (5.2-rasm). 
Qalinligi 5...7,5 mm li toblangan oynaning orqa tomoniga rangli silikat 
bo‘yog‘i surtilsa, bunday oyna “
stemalit
” deb ataladi, undan tashqi va ichki devor 
panellarini qoplashda, shuningdek, ko‘p qatlamli osma panellar, yaxlit oyna 
eshiklar va to‘siqlar tayyorlanadi. Bunday oynalarning siqi-lishdagi musathkamligi 
80...90 MPa, egilishdagi mustahkamligi 23...25 MPa, qizdirishdagi chidamliligi 
100...200 
0
S. 

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin