oksidlari, ftor tuzlari, temir
va marganets sulfatlari
massaga nisbatan 4-5% ishlatiladi.
SHlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali (shliflangan,
polirovkalangan) xolda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik sirlovchi
materiallar bilan istalgan rang berish mumkin.
SHlaksitall o‘rtacha zichligi 2500-2600 kg
m
3
,
siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 500-600 MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-
130MPa, elastiklik moduli 11
.
10
4
MPa,ishlatilish harorati 950
0
S gacha
bo‘ladi. SHlaksitall kimyoviy muhitlarga chidamli, suv o‘tkazmaydi,
kam ediriladigan bo‘lgani
uchun trotuar, yo‘l qoplamalarida, bardyur
toshlari o‘rnida, binolarni ichki
va tashqi tomonlardan bezashda, tom
yopishda, devorbop buyumlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Ko‘piksitall uyachali strukturaga ega bo‘lib,
suv shimuvchanligi va gigroskopligi kichik,
issiqqa bardoshliligi 750
0
S bo‘ladi. U issiqlik va
tovushdan izolyasiyalovchi material sifatida
ishlatiladi.
Sitalloplastik ftoroplast va sitall asosida olinadi. Uning edirilishga
va kimyoviy muhitlarga chidamliligi o‘ta yuqori bo‘lgani
uchun
antifriksion va konstruktiv material sifatida ishlatiladi. Bunda kukun
xolatidagi sitall ftoroplastga o‘ta mayda to‘ldiruvchi sifatida
aralashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: