qo‘rg‘oshin, sirkoniy birikmalari); yalti-ratuvchilar (selitra, natriy sulfati, osh tuzi,
ftor tuzi); kristalizatorlar (oltin, kumush, plotina, mis, xrom, fosfor, sirkoniy, titan,
qo‘rg‘oshin, ftoridlar, temir, marganets, mis sulfidlari va sh. k.) kiradi.
SHisha va shisha materiallar tavsifiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘li- nadi:
kimyoviy tarkibiga ko‘ra oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh. k.) va
kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh. k.);
ishlatilishiga ko‘ra qurilishbop va texnik (kvarsli atom va nur texni-kasibop
shisha-optika, chiniqtirilgan, ko‘p qatlamli va sh. k.) hamda shisha tolalar.
SHisha materiallari va buyumlar tayyorlashning texnologik jarayoni
quyidagilardan iborat bo‘ladi: xom ashyo materiallarni tayyorlash (maydalash,
boyitish va quritish); shixtani eritishga tayyorlash (komponentlarni me’yor-lash,
aralashtirish va sh. k.); shisha bo‘tqani maxsus qozonlarda 1400...1500
0
S
haroratda eritish; hosil qilingan bo‘tqani kerakli haroratgacha sovutish; buyumlarni
qoliplash va ularga mexanik ishlov berish (kesish, silliqlash, jilolash va sh. k.).
Dastlabki asosiy va qo‘shimcha xom ashyolar
aralashmasidan tayyorlangan
tarkib 800...900
0
S gacha qizdirilganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi.
Harorat 1150...1200
0
S etganda silikatlar eriydi, massa shaf-foflanadi, ammo
bo‘tqa tarkibi havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘ladi. Harorat 1500
0
S
gacha
ko‘tarilganda undagi havo pufakchalari chiqib ketadi va shisha bo‘tqasi biroz
suyuqlanib qiyomiga etadi, ya’ni bir jinsli tiniq holat-ga o‘tadi va toblanadi.
Toblangan shisha bo‘tqasini qoliplash uchun shisha eritmasi uzluksiz so‘rish
uskunasidan o‘tkaziladi va asta-sekin 200...300
0
S gacha sovutiladi.
SHisha bo‘tqasini qoliplash buyum turiga bog‘liq bo‘lib,
quyidagi usullarda
amalga oshiriladi: so‘rish, quyish, chig‘irlash, zichlash va puflash. Qurilish
oynalarini qoliplashda shisha eritmasi ustida suzib yuradigan qayiqsimon uskuna
shisha bo‘tqasini lenta singari tik yoki gorizontal holatda so‘radi,
keyin
chig‘irlanadi. Bu usul xozirgi shisha ishlab chiqarish texnologiyalari orasida eng
samaralisi bo‘lib, qalinligi 2...6 mm gacha bo‘lgan oyna taxtalar olishda
qo‘llaniladi.
Oddiy shishalarga qaraganda 4...8 marotaba yuqori mustahkam shisha buyum
olish kerak bo‘lsa, shisha bo‘tqasi
yuqori haroratda qizdirilib, so‘ngra tez
sovutiladi. Oxirgi texnologik jarayonda shisha buyumlar sirti silliqlanadi va
pardozlanib sayqal beriladi.
SHisha qoliplanganidan keyin, uni sovutish jarayonida
ichki tuzilishi keskin
o‘zgaradi. Uning qoliplanayotgandagi quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘-liq
bo‘ladi. Masalan: SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
–massani quyuqlashtiradi; Na
2
O, SaO, Li
2
O
esa aksincha suyuqlashtiradi.
SHisha sovugunga qadar undagi kristall holatdagi mayda zarrachalar tartibsiz
joylashgan bo‘ladi. Keyin sovutish jarayonida ular bir xil tartibda o‘rnashadi.
SHisha massasi tarkibiga kaolin va dala shpatining kiritilishi uning
mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamliligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: