O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
8.4. Talab va taklif. Vaqt omili 
A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni 
tahlil qilishga alohida e‘tibor qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: 
«Sotilishi ko‗zda tutilgan tovar miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, unga 
qo‗yiladigan baho shuncha past bo‗lishi kerak, negaki, u o‗z xaridor-


183 
larini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori 
ko‗payadi, baho oshganda esa – kamayadi. Bunda bahoning pasayishi 
bilan talabning oshishi o‗rtasida qat‘iy o‗rnatilgan bir xil nisbat 
bo‗lmaydi». 
O‗z mohiyatiga ko‗ra A.Marshall Me‘yorli foydaliliklar tengligi 
qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig‗ini 
keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi 
ko‗rinishda aks ettiriladi: 
MU
x
/P
x
=MU
e
/P
e
=…MU
e

bunda MU
x
– x tovarning me‘yorli foydaliligi, R
x
– o‗sha 
tovarning bahosi, MU
e
– pulning me‘yorli foydaliligi. Bu qonunni 
uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste‘molchi o‗z 
ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan 
barcha tovarlarning me‘yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) 
iste‘mol qilinadigan har bir juft tovarning me‘yorli foydaliliklari 
nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor 
narxida sotib olingan har bir tovarni pul qiymatining me‘yoriy 
foydaliligini tenglashtirsa.
Iste‘molchi muvozanatga erishdi, P
x
bahosi esa pasaymoqda, deb 
faraz qilaylik. Unda MU
x
>P
x
MU
e
va muvozanatni qaytadan tiklash 
uchun MU
x
miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko‗proq sotib 
olish kerak bo‗ladi. Haqiqatan ham tovarning bahosi pasaysa, 
iste‘molchi uni sotib olishni ko‗paytiradi, negaki, bunday tovarning 
bahosi pasayganda iste‘molchi bir so‗mga har qanday boshqa tovarga 
qaraganda ushbu x tovardan ko‗proq foydalilik oladi. X tovarning 
xaridi ko‗paygan sari me‘yorli foydalilikning pasayishi MU

pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste‘molchi o‗zining cheklangan 
daromadlari va joriy narx doirasida o‗z ehtiyojini doimo maksimal 
darajada qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig‗ining teskari 
nishabligi kelib chiqadi. 
Bu dalil-isbotlar shu narsani ko‗zda tutadiki, x tovarning narxi 
pasayishi natijasida individning daromadi ko‗paymaydi, buning 
natijasida MU

ning miqdori uyg‗unlashish jarayoni davomida 
doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o‗zining barcha xarajatlarining 
me‘yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi 
oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag‗larining me‘yorli foydaliligini 
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham 


184 
xaridining ko‗payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy 
hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig‗iga va 
daromadga bog‗liq bo‗lgan ijobiy talabga ega bo‗lamiz.
Bundan tashqari bu yerda foydalilik funksiyalarining additivligi
27
taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi 
boshqa tovarlarning foydaliligiga bog‗liq bo‗lmaydi. Haqiqatda esa 
ularning o‗rtasida bog‗liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog‗liqlik 
natijasida U – miqdori ko‗payganda MU
x
ko‗payadi yoki kamayadi. Bu 
tahlilni yana ham murakkablashtiradi. 
Agar yuqorida aytilganlarni chizma ko‗rinishida ifodalasak, unda 
koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: 
pastga yo‗naltirilgan D talab egri chizig‗i bilan yuqoriga yo‗naltirilgan S 
taklif egri chizig‗ining kesishishi (8.2-chzma). D egri chizig‗i 
iste‘molchi uchun mazkur tovarning me‘yorli foydaliligining pasayish 
qonunini ifodalasa, S egri chizig‗i me‘yorli xarajatlarning oshib 
borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni 
bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni 
xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat 
muvozanat baho paytida bir-biriga to‗g‗ri keladi. Agar taklif bahosi talab 
bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P
1
– 
muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q
1
miqdordagi 
tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.


1

Q
1
Q
8.2-chizma. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin