176
foydalilikka ega bo‗lgani sababidandir. Odamlar foydalilikka ehtiyoj
sezganligi uchun ham u yoki bu tovarni
ishalab chiqarishga mehnat
sarflarini amalga oshiradilar. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy
zaruriyligini kim yoki nima aniqlab beradi. Oddiy qilib bozor desak – bu
to‗g‗ri, lekin u juda umumiy tushuncha, shuning uchun yetarli emas.
Me‘yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri bo‗yicha, faqat tovarning
foydaliligi mehnat sarflariga ijtimoiy zaruriylik
xarakterini berishi
mumkin. Me‘yorli foydalilik nazariyasi namoyandalari, qimmatni
foydalilikdan
keltirib chiqarar ekan, foydalilikni ikki turga bo‗lib
ko‗rsatishni zarur, deb hisoblaydilar.
Birinchisi, tovarlarning (don, olmos, neft) o‗z xususiyatiga ko‗ra –
umumiy foydaliligi. Ikkinchisi iste‘molchi ehtiyoj sezadigan tovarning
konkret foydaliligi. Aniq foydalilik doimo bir xil bo‗lavermaydi, u har
xil baholanadi. Bu yerdagi farq unga bo‗lgan yondashuvda. Agar u yoki
bu buyumlarni erkin va xohlagancha olish mumkin bo‗lsa, unda ularning
foydaliligi cheklangan miqdordagi bunday
buyumlarning foydalili-
gichalik baholanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor eslang).
Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (Me‘yorli)
foydaliligi o‗rtasidagi farq iste‘molchilar xatti-harakatini tahlil qilish
uchun zarur.
Me‘yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjinalistlar
ko‗rsatib bergan o‗rmonda yashovchi qariya darvish qo‗lidagi besh qop
donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati qanday?
Birinchi qopdagi don ochdan o‗lmaslik
uchun kerak, ikkinchisi oziq-
ovqat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi - uy parrandalarini
boqish uchun, to‗rtinchisi - pivo tayyorlash uchun,
beshinchisi esa
vaqtxushlik (to‗ti qushlarga ovqat berish) uchun ishlatiladi. Barcha
qoplar bir xil qimmatga ega. Ammo ularni qariya uchun foydaliligi
pasayib
borish tartibida joylashtirsak, unda birinchi qopdagi bug‗doy
eng yuqori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur.
Qariya uchun oxirgi, to‗tiqushlarni boqish uchun mo‗ljallangan qop eng
kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa (aytaylik, bir
qop don boltaga) u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga qarab ish
tutadi.
Shunday qilib, iste‘mol qilinadigan tovar (don) ning miqdori
ko‗payib borishi bilan uning oxirgi, me‘yorli
foydaliligi pasayib boradi
(me‘yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining
ko‗payib borishi bilan me‘yorli foydalilikning (TU) pasayib borishini
quyidagi chizma ko‗rinishida aks ettirish mumkin.