O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. 
K.Marksning asosiy ilmiy 
yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, 
ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari 
to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) 
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko‗rsatib berdi. 


170 
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‗lgan 
jamoa. 
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy 
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish 
usuli. 
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. 
K.Marks ta‘limotiga ko‗ra bir formatsiyadan ikkinchisiga o‗tish 
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya‘ni «kapitalizm qobig‗i 
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy 
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. 
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik 
munosabatlar iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirsa, keyinchalik bu 
munosabatlar iqtisodiy o‗sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga 
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‗ra kapitalizm halokatga yuz 
tutadi. Chunki u o‗zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas. 
Uningcha, kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yecha oladigan, 
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini 
beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks 
ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‗allikni stixiyali bozor 
iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblagan bo‗lsa, kelajakda 
bo‗ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida 
tashkil etilgan bo‗lishi, yagona reja bo‗yicha ishlashi kerak. Uning 
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja 
bo‗yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon 
tug‗iladi». 
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kapitalizmning muqarrar 
halokati to‗g‗risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi 
sinflar o‗rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida 
emas, balki bu tizimning to‗la ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligi, 
mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‗lgan moyilligi 
hisoblanadi. U sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal 
hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari, deb 
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan kommunizm – ishlab chiqarish 
vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha 
a‘zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‗lgan sinfsiz tuzum. 


171 
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‗lgan 
qat‘iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar 
nazariyasiga asoslanadi. U o‗zini klassiklarning davomchisi hisoblagan 
holda haqiqatan ham, iqtisodiy o‗sish muammosi bilan, xususan, 
farovonlikning va daromadlarning o‗sishi hamda daromadlarning 
mehnat, kapital va yer egalari o‗rtasida, ya‘ni sinflar o‗rtasida 
taqsimlanish muammosi bilan shug‗ullandi. Lekin uning sinflar 
nazariyasidagi markaziy g‗oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga 
qadar o‗tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar 
kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va 
krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o‗rtasida doim 
antagonizm bo‗lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga 
qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob 
asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy 
halokati bilan tugadi». Marksning fikricha, o‗zining kuchayib 
borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham bundan mustasno 
hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib borayotgan sanoat 
ishchilari sinfi kapitalizm «go‗rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning 
bashorati to‗g‗ri chiqmaganligini hayotning o‗zi ko‗rsatdi. Kapitalizm 
yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlay oldi. 
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks 
ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlan-
ganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan 
iborat: 
1.
Inson faqat o‗z foydasiga, o‗z ahvolini yaxshilashga intiluvchi 
kishi sifatida ko‗riladi.
2.
Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida 
ham, shuningdek, uzoqni ko‗zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. 
3.
Har bir iqtisodiy subyekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish 
haqi va renta to‗g‗risida to‗liq ma‘lumotga ega. 
4.
Bozor resurslarning to‗la harakatini ta‘minlaydi: mehnat va 
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o‗tishi mumkin. 
5.
Ish haqi bo‗yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. 
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi 
sonining ko‗payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi 
esa, ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi. 
6.
Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi. 


172 
7.
Mehnat bozorida pullik ish haqi mutlaq moslashuvchan bo‗ladi 
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 
8.
Boylikni ko‗paytirishning asosiy omili kapital jamg‗arilishi 
hisoblanadi. 
9.
Raqobat takomillashgan bo‗lishi, iqtisodiyot esa davlatning 
haddan tashqari aralashuvidan erkin bo‗lmog‗i kerak. Bunday sharoitda 
«ko‗rinmas qo‗l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta‘minlaydi. 
10.
Kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yechib berishga
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga 
imkon beruvchi jamiyat yuzaga keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin