174
maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi)
va xarid
qilingan ne‘matlardan maksimal naf olishga intiluvchi alohida
iste‘molchi turadi.
Me‟yorli foydalilik nazariyasi va buyumning subyektiv qimmati.
Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish va taklifni o‗rganishga qaratilgan klassik
iqtisodiy nazariyadan farqli o‗laroq, marjinalistlar eng avvalo, iste‘mol
va talabni tahlil qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni tahlil
qilishni kishilarning ehtiyojini o‗rganishdan, buyumning foydalilik
mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning
qimmatini aniqlashda
marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha yondashdilar.
Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo‗lsalar, marjinalistlar tovar qimmati
asosida ikki omil – foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi, deb
hisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini)
foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki, hayotda eng foydali
bo‗lgan havo va suvning qiymati yo‗q, degan «Smitcha ziddiyat»ga
barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko‗ra foydali emas, – deb yozadi
A.Smit, – lekin unga u-bu narsani sotib olish amri mahol… Brilliant esa,
aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtayi nazaridan nihoyatda qimmati
kam, ammo unga juda katta miqdordagi
boshqa tovarlarni olish
mumkin». Marjinalistlarning aytishicha, haqiqatan ham havo yoki
suvning umumiy foydaliligi brilliantning umumiy foydaliligidan
tasavvur qilib bo‗lmaydigan darajada ko‗p. Lekin havo va suvga
qaraganda qimmatli toshlar ancha kamyob. Shuning uchun uning
qimmati ancha yuqori. «Qimmat, – deb yozadi E.Bem-Baverk –
narsalarning aynan cheklangan miqdorda bo‗lishini
taqozo etadi,
qimmatning yo‗qligi esa, ularning mo‗l-ko‗lligini taqozo etadi». Qimmat
esa buyumning umumiy foydaliligi bilan emas, balki «oxirgi birlik»
foydaliligi bilan aniqlanadi.
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang‗ich nuqtasi –
ehtiyojlarning to‗yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni bildiradi:
inson ehtiyojining to‗yinish darajasi oshib borishi bilan iste‘moldan
bo‗lgan qoniqish pasayib boradi yoki iste‘mol qilinadigan tovar miqdori
ko‗payib borishi bilan uning foydaliligi kamayib boradi. Shunga
muvofiq iste‘mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi qismining
iste‘mol uchun bo‗lgan foydaliligi boshqa qismlariga nasbatan ancha
past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi – bu m
e‟yorli
foydalilikdir. Aynan u, marjinalistlarning fikriga ko‗ra tovar qiymati
shakllanishining asosini tashkil etuvchi
ishlab chiqaruvchi va
175
iste‘molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch hisoblanadi.
E.Bem-Baverkning yozishicha: «Me‘yorli foydalilik g‗oyasi – bu
iqtisodiy hayotning eng murakkab ko‗rinishlarini yechishga kalit va
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula –
«Ochil dasturxondir».
Me‘yorli foydalilik nazariyasiga binoan tovarlar narxi asosida
mehnat sarflari bilan aniqlanadigan qiymat emas, balki ushbu
buyumning foydaliligi yotadi. Me‘yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari
tovarda mujassamlashgan mehnat natijasi sifatidagi qiymatga foydalilik
kategoriyasini odamning narsaga bo‗lgan
munosabatini ifodalovchi
subyektiv baholashni qarshi qo‗yadi.
Qiymatning mehnat nazariyasida mehnat sarflarining bevosita
o‗lchovi ish vaqti hisoblanadi. Tovar qiymati induvidual ish vaqti bilan
emas, balki ijtimoiy zaruriy atalmish ish vaqti bilan o‗lchanadi. Ijtimoiy
zaruriy ish vaqti me‘yorli ishlab chiqarish sharoitida, o‗rtacha mahorat
va mehnat intensivligida muayyan iste‘mol qiymatini ishlab chiqarishga
ketgan vaqt bilan ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq faqat bozorda
ayirboshlash jarayonida ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari darajasi
ro‗yobga chiqadi. Faqat bozorda qiymat
almashuv qiymat shaklida
namoyon bo‗ladi. Oddiy qilib aytganda, qiymat ishlab chiqarishda
yaratiladi, bozorda esa namoyon bo‗ladi. Mana shu yerda me‘yorli
foydalilik nazariyachilari e‘tiroz bildiradilar. Uning ma‘nosi nimadan
iborat? Agar tovar bozorda xarid qilingan bo‗lsa, bu jarayon o‗sha
tovarni ishlab chiqarishga kimdir sarflagan ijtimoiy zaruriy mehnat
xarajatlarini baholash uchun amalga oshirilmaydi, balki bu tovar xaridor
uchun muayyan foydali samaraga ega bo‗lganligi uchun, xaridor bu
tovarning qadr-qimmatini bilganligi uchun amalga oshiriladi. XIX
asrning oxiri XX asrning boshlarida «qiymat» so‗zi nemischadan aynan
Dostları ilə paylaş: