164
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon
yerdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan
yaxshi yerdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi
o‗rtasidagi farq differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial
rentani
tahlil qilib, bu renta ayrim yer maydonlarining hosildorligi bir-
biridan farq qilganda, yerga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq
qilganda hosil bo‗lishini ko‗rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda –
differensial renta I va differensial renta II shaklida mavjud bo‗ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon yerdagi
mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o‗rtacha
yerdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o‗rtasidagi
tafovut differensial yer renta I ning negizi hisoblanadi. Yerga
qo‗shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differensial renta II ni
tashkil etadi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal
qilishini ko‗rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‗lishini qishloq
xo‗jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo‗lishi bilan va yerga
bo‗lgan xususiy mulkchilik bilan bog‗lab tushuntiradi. Birinchi omil
tufayli, uning fikricha, qishloq xo‗jaligi
mahsuloti qimmati uning
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‗ladi, ikkinchi omil ta‘sir
kuchiga ko‗ra esa, foyda me‘yorini o‗rtacha darajaga keltiruvchi
«kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo‗jaligida amal qilishi mumkin
emas. Binobarin, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining o‗z ishlab chiqarish
baholaridan (qo‗shimcha qiymatning o‗rtacha foydadan) ortiqchasi
kapitalistlar o‗rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi), balki
dehqonchilikda qoladi va yer egalari tomonidan absolyut renta shaklida
o‗zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha,
markscha absolyut renta
nazariyasi uning qo‗shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida,
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan
sharoitda hech qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
F.Kenening «Iqtisodiy
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks o‗zining takror ishlab chiqarish
sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni
daromadlarga bo‗lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda)
ko‗rsatgan bo‗lsa, K.Marksda esa ijtimoiy mahsulot uch qismga
bo‗linadi: doimiy kapitalga (k) – moddiy sarflarga (amortizatsiya,
xomashyo, yoqilg‗i va boshqalar qiymati), o‗zgaruvchi kapitalga (v) –
ishchi kuchini sotib olishga bo‗lgan sarflar va qo‗shimcha qiymatga (m).
165
Takror ishlab chiqarish muammosini hal qilishda K.Marks
iqtisodiyotni ikki bo‗linmaga bo‗ladi. I bo‗linma ishlab chiqarish
vositalarini
ishlab chiqarish, II bo‗linma iste‘mol buyumlarini ishlab
chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
o‗rtasidagi farqni ko‗rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish»
o‗zgarmas bo‗lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab
chiqarish bir xil hajmda, o‗zgarmas bo‗lib qolishi uchun qanday shartlar
bo‗lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‗rsatib
beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I bo‗linmaning barcha mahsuloti
har ikkala bo‗linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I
(k+v+m) = Ik+IIk. Shu bilan birga, II bo‗linma mahsuloti ish haqi fondi
plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga teng
(ekvivalent) bo‗lishi kerak: II (k+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala
tenglamadan natijada I (v+m) = IIk kelib chiqadi, ya‘ni I bo‗linmaning
sof mahsuloti II bo‗linmada yil davomida iste‘mol qilinggan kapitalni
qoplash uchun zarur bo‗lgan talab miqdoriga teng bo‗lishi kerak. Agar I
(v+m)>IIk bo‗lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga bo‗lgan
investitsiya
sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya‘ni sof
investitsiya ijobiy bo‗ladi. Lekin amortizatsiya jamg‗armalari iste‘mol
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning
pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta
makroiqtisodiy o‗zaro bog‗liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-
tarixidagi iqtisodiy o‗sishning birinchi matematik modeli, deb hisoblash
mumkin. Lekin uning kamchiliklari ham bo‘lib xususan, «kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlari
aniq ko‗rsatib berilmagan. Bundan tashqari u sur‘at o‗zgarmagan
iqtisodiy o‗sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o‗sish Q (mahsulot
miqdori) da hech qanday o‗zgarish bo‗lishini taqozo etmaydi. K.Marks
ko‗rsatib bergan iqtisodiy o‗sishning zarur bo‗lgan shartlari: I
bo‗linmaning milliy daromadi ushbu bo‗linmadagi
ishchi va
tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo‗linmadan sotib
olinadigan iste‘mol buyumlaridan ko‗p bo‗lishi kerak – milliy
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya‘ni
I(v+m)>IIk. Shunday qilib, I bo‗linmaning mahsuloti yil boshidagi har
ikkala bo‗linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan
talabidan
ko‗p bo‗lishi kerak, ya‘ni I(k+v+m)>Ik+IIk. Shunga muvofiq
166
jamiyatning barcha milliy daromadi iste‘molga sarflanmaydi, ya‘ni
I(v+m)+II(v+m)>II(k+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga
oydinlik kiritishda qo‗llanishi mumkin. Lekin u shu qadar
cheklanishlarga
asoslanganki,
bu
undagi
barcha
dalillarni
kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «Me‘yorli
bahoda» sotiladi; har ikkala bo‗linmada kapital
aylanish tezligi bir xil;
faqat kapitalistlar jamg‗aradi; texnika taraqqiyoti yo‗q; real ish haqi
doimiy; bir ishchiga bo‗lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan
tashqari ikki bo‗linmadan iborat bo‗lgan model o‗zgaruvchan real
iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital
buyumlarni ham, iste‘mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi
ko‗pchilik tarmoqlar – masalan, toshko‗mir qazib olish, transport, kimyo
– u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‗liq kirmaydi. Buning ustiga
bunday tarmoqlar ichida kapital va iste‘mol buyumlarini kategoriyalarga
bo‗lish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o‗zgarishga qarab o‗zgarib
turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha
shartlari deyarli o‗z kuchini yo‗qotadi. Shunday bo‗lsada,
tenglama
K.Marks tizimida alohida o‗rin tutadi. U iqtisodiy o‗sish bir tekisda
borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo‗lishi to‗g‗risida
fikr yuritishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: