158
K.Marks o‗limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jildi 1885-yil,
uchinchi jildi 1894-yil) chop etildi. To‗rtinchisi
tugallanmasdan qolib
ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan.
Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining
mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildida kapitalning muomala jarayoni
tadqiqot etiladi. Uchinchi jildida yaxlit olingan kapitalistik ishlab
chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‗rtinchi jildi («Qo‗shimcha
qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan.
K.Marks «Kapital»ga yozgan so‗zboshisida: «Asarimning tub
maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining
iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi.
Ushbu tarixiy jihatdan
muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu
munosabatlarning paydo bo‗lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz
tutishini ko‗rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta‘limotining asosini tashkil
etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan,
shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan
boshlanadi.
Qiymat nazariyasi.
Marks ta‘limotiga
binoan har bir tovarning
qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
o„lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda
mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga
ega bo‗ladi. Lekin qiymat o‗zida
ijtimoiy mehnatni mujassam-
lashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan
emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‗lchanadi, ijtimoiy zarur ish
vaqti bilan belgilanadi. «Iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan qiymat miqdori,
– deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‗lgan
Dostları ilə paylaş: