301
bir omil boshqa omillarga nisbatan ortiqcha bo‗lsa, masalan, arzon
ishchi kuchi ko‗p bo‗lsa, unda bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni
(to‗qimachilik, kiyim-kechak va b.) ishlab chiqarishga va ularning
savdosiga ixtisoslashadi. Agar mamlakatda kapital ortiqcha bo‗lsa, unda
bu mamlakatga kapital sig‗imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-
uskunalar) eksport qilish foydali hisoblanadi.
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‗lgan Janubiy Koreya mehnat
talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtomabil, kundalik turmush elektr
asboblarini) eksport qiladi: xitoyga kiyim-kechak, to‗qimachilik
mahsulotlarini eksport qilish qo‗l keladi. Shvetsiya po‗lati va metall
mahsulotlarining raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib
olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‗lat eritish xususiyatiga ega.
Demak,
Xeksher-Olinning
tashqi
savdo
modeli
asosida
xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi
yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv
foydalanib, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab
chiqarish omillari tanqis bo‗lgan tovarlarni esa import qiladi.
Dostları ilə paylaş: