Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Amaliy laboratoriya tadqiqotlari.
Amaliy laboratoriya tadqiqotlar mehnat 
mashg‘ulotining shunday turidirki, unda maktab о‘quvchilari о‘qituvchi 
rahbarligida maxsus uskunalar, asboblar, apparatura yordamida turli tadqiqotlar


216 
tajribalar, tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boradilar, о‘lchamlarini amalga 
oshiradilar. 
Amaliy-laboratoriya tadqiqotini faqat umumiy ta’lim fanlari yuzasidagina 
emas, balki mehnat ta’limi bо‘yicha о‘tkazish ham maqsadga muvofiqdir, о‘quv 
ustaxonalari, maxsus kabinetlar, laboratoriyalar о‘quv tajriba uchastkalar va 
hokozolar amaliy-laboratoriya tadqiqot uchun baza bо‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Amaliy laboratoriya tadqiqoti о‘quvchilarga turli jihozlar, asboblar, 
moslamalar bilan ishlay olish kо‘nikmasini hosil qilish imkonini beradi: 
о‘lchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqish hamda tо‘g‘ri ilmiy xulosalar va 
umumlashmalar chiqishni о‘rgatadi. Masalan, 7­sinfda “Metallarga termik ishlov 
berish” degan mavzuni о‘rganish vaqtida о‘quvchilar pо‘latning termik ishlov 
berishdan oldingi va keyingi fizik-mexanik xossalarini (turli asboblar, moslamalar 
yordamida va charxlash vaqtida chiqargan uchqunga qarab pо‘latning qattiqligini, 
mustahkamligini, egiluvchanligini); issiqlik ishlovi berish rejimini (isish 
darajasining va toblovchi muhim xususiyatlari va hokozolarni) tekshiradilar. 
Amaliy 
laboratoriya 
tadqiqoti 
laboratoriya 
jihozlarini, 
asboblarini 
tekshiriladigan obyektlarni о‘quvchilar uchun topshiriq kartochkalarini va hisobot 
shakllarini tayyorlash yuzasidan katta va sinchikovchilik bilan ish olib borishni 
talab qiladi. Amaliy laboratoriya tadqiqoti ham frontal, ham zveno, ham yakka 
usulida о‘tkazilishi, shu bilan birga unda о‘quvchilarga yakka instruktaj berish ham 
kо‘zda tutilishi kerak. 
Amaliy laboratoriya tadqiqoti natijalari jamoa ravishda muhokama qilinadi va 
shundan keyin о‘quvchilarga baholar qо‘yadi. Bunda kasb ta’limi bо‘yicha amaliy-
labaratoriya tadqiqoti ta’limining tashkiliy shakli sifatida qarab chiqiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin