Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


 Mehnat ta`limi jarayonida innovatsion ta`lim texnologiyalari asosida



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 
5. Mehnat ta`limi jarayonida innovatsion ta`lim texnologiyalari asosida 
mashg’ulotlarni tashkil etish.
“Keys” stadi texnologiyasi asosida 
O’quv fani: 
Mehnat ta`limi


226 
Mavzu:
“Metallarga ishlov berish asbob uskunalari, moslamalari va ulardan 
foydalanish”. 
Keysning asosiy maqsadi: 
o’quvchilarga metallarga ishlov beruvchi asbob 
uskunalar, ularni ishlatish, saqlash, ta`mirlashga doir ma`lumotlar berish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: 
O’quvchilar arra bilan ishlash, arrani ish holatida ishlatish qonun qoidalari, 
qirqish jarayonida arra holati, 90 
0
daraja burchak ostida qirqish, arralash 
jarayonida qo’l va gavdaning holati, trubalarni qirqish, arralash dastgohi, 
metallarni plita ustida qirqish, zubilo geometriyasi, bolg’a bilan zarb berish 
usullari, to’g’ri yuzali sirtlarni egovlash, egovni ushlash qoidalari, egov turlari, 
egovlangan sirtni tekshirish va h. ma`lumotlarga ega bo’ladi hamda amaliy 
ko’nikmalarga ega bo’ladi.
O’quvchilar keysni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim 
bo’lgan bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:
O’quvchi quyidagilarni bilishi kerak: 
Arra, ishlov berish jarayonida harakat, zubilo, egov, truba, bolg’a, tekshirish 
qoidalari.
O’quvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak: 
Arralash qonun qoidalari, plita ustida qirqish, egovlash, sirtlarni tekshirish. 
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, aniq topshiriqlar 
asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti metallarga ishlov berish asbob 
uskunalaridan foydalanish qonun qoidalarini egallashga yo’naltirilgan. Bu tashkiliy 
keys bo’lib, ma`lumotlar topshiriqlar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha 
tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan. Mavzu yuzasidan bilim va 
ko’nikmalarni egallashga yo’naltirilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys 
muammolarni taqdim qilish, ularni hal etish, tahlil etish va yangi tavsiyalar ishlab 
chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishga yo’naltirilgan. 
Ushbu keysdan “Mehnat ta`limi” va “Kasb tanlashga yo’llash” fanlarini 
o’qitishda foydalanish mumkin. 


227 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin