Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

11.
 
Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Kurs ishlari mavzularini tanlashga qо‘yiladigan talablar. 
2.
Kurs ishlarini tayyorlashga qо‘yiladigan talablar.
3.
Kurs ishini bajarish ketma-ketligi; mazmuni va unda qо‘yiladigan 
muammolarni hal qilish metodikasi.
 
10.2. Bitiruv malakaviy ishlari bajarish 
Reja: 
1.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari. 
2.
Bitiruv malakaviy ishlarini amalga oshirishda tadqiqot metodlari. 
Tayanch iboralar: 
malaka ishi, ilmiy rahbar, maslahatchi, ilmiy xodim, 
xisob grafika,
 
mavzuning dolzarbligi, muammoning о‘rganilganlik darajasi, 


358 
tadqiqot maqsadi, tadqiqot vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, kutiladigan 
natija, tadqiqot metodlari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, 
 
Bitiruv malakaviy ishinig maqsad va vazifalari 
Bitiruv malakaviy ish talabaning о‘qish davrida egallagan nazariy va amaliy 
bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari bо‘yicha 
olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni 
muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy 
vazifalarni hal etishda qо‘llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta’lim turlari bо‘yicha 
о‘quv dasturlari, о‘quv rejalari bilan tanish bо‘lishi, mutaxassislik fanlarini о‘qitish 
metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni 
chuqur bilishi va bilimlarni amalda qо‘llay olishi kerak. 
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi bо‘yicha 
olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan tо‘plangan ilmiy va 
amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. 
Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, 
ta’limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va 
qoidalarini amalda qо‘llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini 
kо‘rsata bilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos 
bо‘yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni 
mustahkamlash, mustaqil holda ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolarni 
yechish, tanlangan mavzu bо‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, 
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish, 
taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifati va 
samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va 
h.k.lardan iborat. 


359 
Dissertatsiyaning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi talabaning 
mutaxassisligi bо‘yicha tanlagan mavzusi negizida nechog‘lik mustaqil tadqiqot 
olib borish tajribasiga ega bо‘lganligini aniqlab beradi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin