Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi 
Umumiy talablar 
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta’lim muassasasidagi barcha ta’lim 
olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov 
va loyihalash metodikalarini amaliyotda qо‘llay olish kо‘nikmasini nazorat qilish, 
shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta’limi soxasida kasbiy 
majburiyatlarni mutaxassis sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash 
maqsadida amalga oshiriladi. Bitiruv malakaviy ish mavzulari Respublikamizda 
о‘rta maxsus ta’lim muassasalari о‘quv dasturlariga mos ravishda, Davlat ta’lim 
standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va 
texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qо‘yiladigan talablar 
Bitiruv malakaviy ishning namunaviy mavzulari mutaxassislar tayyorlovchi 
kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular alohida hujjat sifatida taqdim 
etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi. 
Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy 
va amaliy jihatdan dolzarb bо‘lishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ish mavzuining shakllanishi kasb-hunar ta’limi 
samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan amaliy masalalarni hal etish 
kо‘zlanganligi tо‘g‘risida aniq tasavvur berishi lozim. 
Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda 
tutgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusining nomzodlik va hatto doktorlik 
dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bо‘lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy 
ish uchun tanlangan mavzu nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda 
ham davom etishini maqsad qilib qо‘yiladi. 
MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI 
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik 


360 
Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan 
mavzuning о‘rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar
monografiya va о‘quv qо‘llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan 
boshlanadi. 
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu 
muammoga taalluqli bо‘lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi. 
Yozib olingan ma’lumotlar kо‘pchilik hollarda materialni qayta ishlash va 
guruhlashda qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi 
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma’lumotlar chiqqan manba va 
adabiyotlarning qayeridan yozib olinganligini aniq kо‘rsatish talab etiladi. 
Manba va adabiyotlar о‘rganilib bо‘lgach esa, bitiruv malakaviy ishning tо‘liq 
rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan 
kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi 
varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bо‘lgach tuziladi va u ilmiy 
rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan 
о‘zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishni о‘z vaqtida va sifatli bajarish talabaning о‘z mustaqil 
ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog‘liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba 
bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va 
paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari kо‘rsatiladi. 
Talaba bitiruv malakaviy ishning kirish va boshqa bо‘limlari hamda 
xulosalarini tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi. 
Ular kо‘rsatgan kamchilik va takliflarni bitiruv malakaviy ishni tayyorlash 
jadvalida kо‘rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi (3-ilova).
 
 
 
 
 
 


361 
2-chizma 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin