365
Bitiruv malakaviy ishda kо‘riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga
qaratilgan bо‘lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning mavzusiga taaluqli
bо‘lmagan matn va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha bо‘limlarda g‘oya
birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat
hollarda malakaviy ishning
birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jihatlari yoritiladi. Unda talaba shu
mavzuni nazariy jihatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari
va shu sohadagi fikrlarini о‘rganganligi, mazmuniy va mantiqiy jihatdan tadqiqot
qilinayotgan mavzuga о‘z fikrini bildira olishini kо‘rsata
olishi juda muhim
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Bitiruv malakaviy ishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
sarvarak, mundarija, kirish, asosiy qismning bob va bо‘limlari, xulosa,
foydalanilgan manba va adabiyotlar rо‘yxati,ilovalar.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi,
shuningdek, ma’lumotlar beradigan sahifa
ostidagi izoh, qisqartmalar rо‘yxati, notanish va tushunilishi qiyin bо‘lgan tayanch
sо‘zlar lug‘ati ham kirishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasida varaqlar tartib raqamlari bilan
kо‘rsatilgan kirish, barcha bob va bо‘limlar, xulosa,
foydalanilgan manba va
adabiyotlar rо‘yxati hamda ilovalarning sarlavhalari keltiriladi. Mundarija
sarvaraqdan keyin joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishning
kirish
kismi quyidagilarni о‘z ichiga olishi lozim:
mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi);
muammoning о‘rganilganlik darajasi;
tadqiqot maqsadi;
tadqiqot vazifalari;
tadqiqot obyekti va predmeti (voqealarning ijtimoiy psixologik,
pedagogik,
etnik, milliy, hududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bо‘lishiga asoslangan
doiralari)
kutiladigan natija;
366
tadqiqot metodlari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati;
foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili;
ishning tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishning
kirish
qismida malakaviy
ishning dolzarbligi
asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks
ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda kо‘rib
chiqiladigan muammolar,
ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qо‘yilgan
muammoni о‘rganish uchun ular nimaga e’tibor berishlari kerakligini aniqlash,
shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor
qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy
tahlili sifatida oddiy keltirilgan
meyoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning
mualliflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzusi yoki kо‘rgazmali tamoyil
bо‘yicha tuzilishi, talabaning (ya’ni, uning о‘qigan
materiallariga shaxsiy
munosabati) bahosini о‘z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini
kо‘rsatishi, tо‘liq о‘rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: