17.2. Iqtisodiy o‘sish nazariyalari, konsepsiyalari va modellari
Iqtisodiy o‘sish masalasi hozirgi zamon iqtisodiyotining muhim va zarur
muammolaridan bo‘lib, borgan sari uning ahamiyati oshib bormoqda.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida bu masala bo‘yicha shakllangan
nazariyalarni asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchisi, yangi klassik nazariyalar. Bu nazariyaning asoschilari A.Marshal,
L.Valras va M.Fridmanlardir. Bu yo‘nalishdagi nazariyalarning asosida o‘zini-o‘zi
tartibga soladigan bozor iqtisodiyoti mexanizmlari: erkin raqobat, baho (narx),
talab va taklif mexanizmlari hamma ishlab chiqarish omillaridan unumli
foydalanib, ishlab chiqarish hajmining to‘htovsiz o‘sib borishiga shart-sharoitlar
yaratadi va ta’minlaydi deb ko‘rsatadilar.
Ularning nazariyasi bo‘yicha iqtisodiyotga davlat aralashuvi juda ham
cheklangan bo‘lishi kerak. M.Fridman pul emissiyasini va muomaladagi pul
hajmini yiliga eng kamida 3 foizga oshirib borib, talabni kuchaytirish va shu orqali
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasining ikkinchi yo‘nalishi J.M.Keyns va keynschilar
nazariyasi bo‘lib, ular barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim omili samarali talabni
rivojlantirish va uning tarkibini takomillashtirish zarurligini, buning uchun esa
davlat va xususiy investitsiyalarning ishtirokini, davlatning makro darajada
489
iqtisodiyotni tartibga solishda faol ishtirokining zarurligini ko‘rsatadi. Keyns
nazariyasi investitsiyalarni ko‘paytirib, yalpi talabni oshirish va uning ta’sirida
iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgandir.
Iqtisodiy o‘sishning muhim nazariyalaridan biri Nobel mukofoti sovrindori
Amerikalik
iqtisodchi
Saymon
Kuznets
nazariyasidir.
U
rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tarixini o‘rganib yuqori samarali texnologiyalarni
qo‘llash asosida uzoq muddatli davrlarda xo‘jaliklarning aholi uchun zarur bo‘lgan
turli xil tovarlar va xizmatlarni yaratib berish qobiliyatini oshirib borish zarurligini
ko‘rsatadi.
Bunday o‘sishni ifodalash uchun bir necha yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar
tizimidan foydalanish zarur deb hisoblaydi:
1) Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘sish sur’ati;
2) Ishlab chiqarish omillari unumdorligining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi;
3) Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining tez o‘zgarishi;
4) Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy o‘zgarishlar tezligi;
5) Iqtisodiy o‘sishning xalqaro masshtabi va boshqalar.
S.Kuznetsning
iqtisodiy o‘sishga berga ta’rifi va tavsiya qilgan
ko‘rsatkichlaridan shu narsa ayonki, u iqtisodiy o‘sish bilan iqtisodiy
taraqqiyotning mazmunini chalkashtirib yuborgan.
Bu masala to‘g‘risidagi nazariyalarning ichida U.Rostouning iqtisodiy o‘sish
bosqichlari to‘g‘risidagi nazariyasi ham e’tiborga sazovordir. U iqtisodiy o‘sish
bosqichlari bilan bir qatorda jasmiyatning tarixiy evolyusiyasini yaratishga xarakat
qilgan. U jamiyat va iqtisodiyot bosqichlarini aniqlashda uch belgiga:
A) texnika taraqqiyoti darajasiga;
B) ishbilarmonlikning faollik darajasiga;
V) iste’mol darajasiga.
Mana shu belgilarga qarab U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning tarixiy
jarayonini besh bosqichga bo‘ladi.
1. An’anaviy yoki sinfiy jamiyat. Bu bosqich fan-texnika taraqqiyotining va
uni amalda qo‘llashning pastligi, qishloq xo‘jaligining sanoatga nisbatan usutnligi,
490
iqtisodiy aloqalarning rivojlanmaganligi, aholi o‘sishining iqtisodiy o‘sishga
nisbatan yuqoriligi, aholi daromadlarining va jamg‘arish darajasining pastligi bilan
tavsiflanadi.
2. Iqtisodiyotning jadal (sakrab) o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladigan
bosqich. Bu bosqich ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va iqtisodiy
o‘sishga shart-sharoit yaratilib borishi bilan tavsiflanadi.
3. Jadal rivojlanish bosqichi. Uning farq qiladigan xususiyati jamg‘arish
normasining yuqoriligi fan-texnika taraqqiyoti va uning natijalaridan foydalanish
darajasining yuqoriligidir.
4. Etuklikka yo‘l. Bunda iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshib, aholi o‘sish
sur’atlaridan yuqori bo‘ladi.
5. Umumiy ravishda aholi iste’molining yuqoriligini ta’minlaydigan bosqich.
Bu bosqichda ishlab chiqarishning o‘sishiga bo‘lgan cheklanganliklar va bu bilan
bog‘liq bo‘lgan muammolar bartaraf bo‘ladi, uzoq muddatli foydalanadigan
tovarlar ahamiyati oshadi, ekologiya va talab muammosi kuchayadi.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, omillarini o‘rganish hamda
uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari, nazariyalari
pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu
modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita
nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha)
nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi
yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi
nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan
yaratiladi;
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi.
Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi
daromad ham oladi;
491
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar
o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular
o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1)
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha
ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki
o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi
yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Shunday qilib, qiymatning shakllanishida
kapital va jonli mehnat qatnashadi. Yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan
yaratiladi. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning
nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2)
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini,
qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs,
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga
kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib
ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million
yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning
bunga e’tibor bergisi kelmaydi.
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-
Duglas modelida ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |