taraqqiyot muayyan bir narsa, voqea hodisa va
jarayonlarning ma’lum tomonga, ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan
murakkablikka tomon yo‘naltirilgan harakatining bir ko‘rinishidir.
Ushbu falsafiy ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki,
iqtisodiy taraqqiyot
iqtisodiyotning ma’lum bir tomonga ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan
murakkablikka tomon yo‘naltirilgan to‘htovsiz sodir bo‘ladigan to‘lqinsimon
harakatidir
. Iqtisodiy taraqqiyot zamon va makon jihatdan keng qamrovli bo‘lib,
uzoq davrlarni qamrab oladi va bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bunda har bir
yangi progressivroq bosqich o‘zidan oldingi bosqichni inkor etadi va keyinroq
borib o‘zidan keyingi, bundan ko‘ra progressiv bo‘lgan bosqichga o‘z o‘rnini
bo‘shatib beradi, to‘g‘rirog‘i keyingi progressivroq bo‘lgan bosqich tomonidan
inkor etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomonning
ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlarning birligida va ularning
o‘zaro dialektik ta’sirida ro‘y beradi. Albatta bunda ishlab chiqaruvchi kuchlar:
tabiat, kapital (bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat bo‘lgan
ishlab chiqarish vositalari ko‘zda tutiladi), ishchi kuchlarining rivojlanishi faol rol
o‘ynaydi, ya’ni ularning rivojlanib borishi iqtisodiy munosabatlarning ham
o‘zgarishiga ya’ni birinchisining rivojlanish darajasiga moslashishiga olib keladi.
484
Iqtisodiy munosabatlar ham o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga ta’sir
ko‘rsatadi. Agar u mos kelsa ijobiy, mos kelmasa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot ko‘p qirrali bo‘lganligi uchun u ko‘pgina ko‘rsatkichlarda
ifodalanadi. Ularning asosiylari:
1.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning (mehnat predmetlari, mehnat qurollari,
ishchi kuchi) rivojlanish darajasi mehnatning energiya yangi texnika va
texnologiya bilan qurollanish darajalari bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlarning
qanchalik rivojlanganligi ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital, yer
unumdorligi ko‘rsatkichlarining o‘sishida o‘z ifodasini topadi;
2.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini modernizatsiyalash,
tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash jarayonlarining borishi;
3.
Fan texnika va texnologiyalar taraqqiyoti, raqamli iqtisodiyot tizimlaridan
unumli foydalanish va mamlakat iqtisodiy quvvatining yuksalishi;
4.
Iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib, shu davrdagi ishlab chiqaruvchi
kuchlar rivojlanish darajasi va sifatiga mos kelishi va ular rivojlanishini
rag‘batlantirish darajasi. (Bunda mulkchilik ayirboshlash, taqsimot, iste’mol
munosabatlarining rivojlanganlik darajasi);
5.
Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari: YaIM va milliy daromad hajmining alohida
olingan yillar bo‘yicha o‘sishi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining
o‘sishi;
6.
Iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanib ortiqcha (talabdan
oshiq) ishlab chiqarish, behuda sarf harajatlarning, oxir oqibatda inqirozlarning
oldini olish darajasiga;
7.
Inson hayoti farovonligining miqdor va sifat jihatdan o‘sish darajalari;
8.
Kapital, jamg‘arish va investitsiyalarning o‘sishi;
9.
Qo‘shimcha maxsulot miqdorining ko‘payib borishi.
Shuni ta’kidlash joizki, qo‘shimcha maxsulot ko‘rsatkichi hamma
bosqichlarda taraqqiyotning natijasi, uning mezoni va keyingi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Lekin iqtisodiy adabiyotlarda bu
haqda juda kam to‘xtaladi yoki umuman to‘htalmaydi. Chunki u juda kam
485
o‘rganilgan muammo bo‘lib, ko‘pchilik tadqiqotchilar chetlab o‘tishga harakat
qiladi. Buning ustiga u hozirgi davrdagi statistik ma’lumotlarda, buxgalteriya
xisobotlarida aniqlanmaydi va binobarin ko‘rsatilmaydi. Lekin uning miqdorini
ikki yo‘l bilan: qo‘shimcha maxsulotning modifikatsiyalashgan shakllari bo‘lib,
real iqtisodiy hayotda hammamiz biladigan: a) foyda, foiz renta, soliq miqdorlarini
qo‘shish yo‘li bilan; b) yaratilgan sof ichki maxsulotdan zaruriy maxsulotni (ish
haqi va ijtimoiy fondlarni) ajratib tashlash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Lekin bu
aytilgan yo‘l qo‘shimcha maxsulotni aniq hisoblashga yetarli emas. Uni mamlakat
miqyosida, tarmoq va hududlarda hisoblash uchun uning uslubiyatini va hisoblash
usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot uzoq muddat davomida unda sodir bo‘layotgan hamma
o‘zgarishlarni, raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydigan jihatlarni ham qamrab oladi.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar
bunga yorqin misol bo‘la oladi. Iqtisodiy taraqqiyot ikki yo‘l bilan, revolyusion va
evolyusion yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Revolyusion yo‘l birdaniga katta to‘ntarishlar, keskin burilishlar yo‘li bilan
amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu yo‘l xatarli bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy
to‘qnashuvlarga, talofatlarga, yo‘qotishlarga, ishsizlik, inflyatsiya darajalarining
oshib ketishi kabi noxush hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bizning
mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotning har tomonlama o‘ylangan evolyusion
yo‘li tanlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot juda ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, turli xil yo‘nalishlarda va
shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatning Birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita tashabbusi va
rahbarligida ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan bosqichma-bosqich,
lekin izchil amalga oshiriladigan mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu yo‘lni
tanlash birdaniga va oson kechgani yo‘q. Bu jahondagi ko‘plab mamlakatlarning
taraqqiyot tajribalari, o‘zbek xalqining tarixiy merosi, an’analari, urf-odatlari,
turmush tarzi, uning mehnatsevarlik, bunyodkorlik qobiliyatlari, mavjud tabiiy,
iqtisodiy shart-sharoitlar va boshqa bir qancha omillar hisobga olingan holda puxta
486
o‘ylab ishlab chiqilgan yo‘l edi. Iqtisodiy taraqqiyotning bu yo‘li Birinchi
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan, hammaga ma’lum bo‘lgan mashhur
besh tamoyilning mazmun, mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan model bo‘lib,
jahon mamlakatlari xukumatlari va xalqlari tomonidan tan olinib, “O‘zbek modeli”
degan nom qozondi.
Bu modelda faqatgina iqtisodiy taraqqiyot emas, shu bilan birga Davlat
qurilishi, ijtimoiy soha va ma’naviyat, huquq va tartibotni, umuman jamiyat
hayotining barcha jabha va sohalarini tubdan isloh qilish va rivojlantirish ko‘zda
tutilgan. Lekin biz bu yerda asosan e’tiborni uning iqtisodiy tomoniga
qaratmoqchimiz.
Bugungi kunda o‘zbek modelida ifodasini topgan besh tamoyil va boshqa
strategik maqsadlarni amalga oshirish asosida mamlakatimizda erishilgan iqtisodiy
taraqqiyot natijalarining haqiqiy bahosini anglab etish, olib borilgan iqtisodiy
siyosatning naqadar to‘g‘ri va asosli ekanini tushunish uchun mustaqil
taraqqiyotimiz boshlangan dastlabki yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni esga olish
muhim hisoblanadi. Jumladan, mamlakatimizdagi bug‘doy va un zahirasining bor-
yo‘g‘i o‘n-o‘n besh kunga etadigan hajmda bo‘lib, mamlakatning amalda
ocharchilik ostonasiga kelib qolgani, iqtisodiyotning asosan xom-ashyo
tayyorlashga yo‘naltirilib, biryoqlama rivojlanib, nochor holga tushib qolgani; hali
yangi milliy valyuta joriy etilmagan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda
inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning keskin ravishda o‘sib ketishi; paxta
yakkaxokimligining yurtiimizdagi ekologik va ijtimoiy vaziyatni jar yoqasiga olib
kelib qo‘ygani; ommaviy ishsizlikning kuchayib, aholi turmush darajasining
haddan tashqari pasayib ketgani, 1990 yilda sobiq Ittifoqda ishlab chiqariladigan
paxta tolasining 62,4 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelib, mamlakatimizda
uning atigi 7 foizi qayta ishlanar edi. Shu davrda O‘zbekistonda ekiladigan paxta
maydonlari umumiy ekin maydonining 75 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etishi kabi
holatlar keng va batafsil ko‘rsatilgan edi. Bular hammasi zudlik bilan iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib, taraqqiyot
yo‘liga tushirib yuborish zarurligini taqozo qilar edi.
487
Mana shu sharoitlardan kelib chiqib mamlakatda tub iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish boshlandi. Dastlabki yillardayoq bozor iqtisodiyotining asoslari
yaratildi, bozor infratuzilmasini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish
orqali bozor munosabatlarining mexanizmi ishga tushirildi.
Mamlakatimizda xususiy mulkchilik tiklanib, uning rivoji ustuvor ahamiyat
kasb etdi. Xususiy mulk konstitutsiyaviy asosda ishonchli kafolatga ega bo‘ldi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi
korxonalarining butunlay davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi
natijasida mamlakatimizda amalda ko‘p shaklli mulk va ko‘p ukladli iqtisodiyot
shakllandi, mulkdorlar va tadbirkorlarning yangi sinfi paydo bo‘ldi. Ayni paytda
biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan
moliya, bank, soliq va sug‘urta tizimlarini shakllantirish hamda o‘z milliy
valyutamizni muomalaga kiritish ham ulkan ahamiyat kasb etdi.
Bu davrda amalga oshirilgan islohotlar diqqat-e’tibori mamlakatimiz
aholisining farovonligi, eng avvalo uning oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish
masalasiga qaratildi. Qishloq xo‘jaligida
paxta
yakkaxokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don
maxsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham
topib, tez orada g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Shuningdek, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida respublikaning yonilg‘i-energetika
resurslariga bo‘lgan ehtiyoji o‘zi hisobidan to‘la ta’minlandi. Mustaqillik yillarida
erishilgan ulkan iqtisodiy taraqqiyotimiz Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan
yig‘ilishdagi ma’ruzasida batafsil yoritilgan. Unda ko‘rsatilganidek, istiqlol
davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga
butlovchi qismlar tayyorlaydigan sohalar, neft va gazni qayta ishlaydigan,
zamonaviy televizor va kompyuterlar ishlab chiqaradigan, selyuloza-qog‘ozlar,
qand-shakar, farmatsevtika va boshqa yangi-yangi tarmoqlarga asos solindi.
Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning,
ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va engil sanoat kabilarning hissasi
488
ortib bordi. O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi
neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro
neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari
qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, oziq-ovqat, engil sanoat, kimyo, qurilish
materiallari sanoati va boshqa tarmoqlar to‘liq modernizatsiya qilindi va ularda
dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarila boshlandi.
Shunday qilib O‘zbekiston bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan mustaqil
iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga tushib oldi.
Dostları ilə paylaş: |