Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona maydoni edi. Agar jang maydonida dilovarlik sinalsa, bu kengashda
farosat va tadbirkorlik sinovdan o‘tardi. Bu sababdan bo‘lsa kerak,
jang maydonida qo‘rquv nimaligini bilmagan ayrim amirlar va
amirzodalar qurultoy chaqirilganda sarosimaga tushib qolishar, unda
qaysi bir tadbir o‘rtada muhokama bo‘lishini bilish uchun bor
vositalarni ishga solardilar. Inchunin, jahongir jang maydonida qilich
chopqilashdagi mohirlikni, qurultoyda esa o‘ylab aytilgan so‘zni
ma’qul ko‘rar, kim aravani quruq olib qochsa, mashvaratdan quvib
chiqarishdan ham qaytmasdi. Ammo bu galgi qurultoy qay
maqsadda chaqirilayotgani hech kimga sir emasdi.
Har galgidek qurultoy ko‘pchilik uchun qurilgan ulkan chodirda o‘tdi.
Amir Temur odatdagi rasm-rusmlar ado etilishi bilan, gapni cho‘zib
o‘tirmay, Hindiston yurishi oldidan o‘g‘illari va amirlarning ko‘ngli,
o‘y-fikrlarini bilish maqsadida ularni maslahatga chaqirganini aytdi.
Turkiy sulolalarning azaliy tartibi va mukarram dasturi shunday
edikim, katta og‘alari va xeshlar hayot ekan, hech kim ulardan o‘tib
saltanat taxtiga qadam qo‘yolmasdi. Mana shu bobolar odatiga
binoan qurultoydayam yoshi ulug‘ shahzodalar birinchi fikr bildirish
huquqiga ega edilar. SHuning uchun ham davrada Sohibqironning
kenja o‘g‘li SHohruh mirzo o‘tirgan bo‘lsa ham, birinchi so‘zlash
undan yosh jihatdan ulug‘ ikki amirzoda nabira: Muhammad Sulton
bilan Pirmuhammad Jahongir ixtiyorida edi. Pirmuhammad Jahongir
bobosiga bir qarab oldi-da, uning “Xo‘sh” degandek sinchkov tikilib
turganini ko‘rib gap boshladi:
— Olampanoh, Hindistonni olmoq er yuzida o‘tgan barcha
podsholarning orzusi bo‘lmish. Agar ani zabt etsak, aning oltinlari ila
etti iqlimni olajakmiz. Men yurishga tayyordurmen.
Tug‘ishgan birodarining gapidan keyin amirzoda Muhammad Sulton
ham o‘rnidan turdi. U inisidan bir yosh ulug‘ bo‘lsa-da, qotmadan
kelganligi sababli undan ancha yosh ko‘rinar, buni bilgan amirzoda
ko‘proq ovoziga zo‘r berar, kattalarga xos mulohaza istagida har bir
so‘zga alohida urg‘u berib gapirish lozim, deb o‘ylardi. Amir Temur
og‘a-ini o‘rtasidagi bahsni maroq bilan kuzatar va bevaqt shahid