Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
Amir Temur bir chetda turgan mavlono Faxriddinga tikildi. Mavlono
darrov Sohibqiron istagini uqdi, ohista o‘rnidan turib oyat mazmunini
izohlab berdi. Amirlar mavlononing izohini eshitgach, boshlarini egib,
jimib qoldilar.
— Xo‘sh, — dedi Amir Temur.
Ammo bu gal ham amirlar o‘z fikrlarini aytishga shoshilmadilar. Buni
ko‘rgan sohibqiron jahlini yashirolmadi.
— Taqsirlarim, nechun jimsiz? YO Alloh taolo hukmi sizga hush
kelmadimi?.. Men sizni saltanatim ustunlari deb bildim, hamisha
izzatingizni unutmadim. Siz esa unutdingiz… Sababi nedir? Siz
bilmasangiz, men yaxshi bilurman. Turgan suv sasiydi, yurgan odam
yosharadi. Agar siz toliqqan bo‘lsangiz, ilgingizda mador qolmog‘on
bo‘lsa, lashkarni topshiring. Necha-necha bo‘z yigitlar bizgayam
navbat etadimu, deb kutib turg‘aylar. Olloh guvoh, Hindistonni siz
emas, shul o‘g‘lonlar albat zabt etg‘aylar…
Sohibqironning vajohatini ko‘rib, ayniqsa, uning so‘nggi so‘zlarini
eshitgan amirlar birin-ketin o‘rinlaridan turib avf tiladilar. Amir Temur
ularning so‘zini xotirjam eshitib dedi:
— Siz ila ne-ne jangu jadallarda bo‘ldim. Siz menga, men esa sizga
suyandim… Har qancha yuragimni qon qildingiz, avf etdim. Butun
boringg‘iz, ertagacha o‘ylang‘iz…
Ertasi davom etgan qurultoy ahli bir ovozda bo‘lajak yurish rejasini
ma’qulladilar. Dili ravshan tortgan Amir Temur qo‘l ko‘tarib, zafaru
fath fotihasini o‘qidi.
Qurultoydan yarim oy o‘tar-o‘tmas, Sohibqiron boshchiligidagi ulkan
qo‘shin Qashqadaryo vohasini tark etib, Termizga yaqin erda
Jayhundan kechib, Xuroson hududiga o‘tdi.
U butun yoz davomida Andarob degan joyda bo‘ldi. Sakkiz yuzinchi
yil zulhijja oyining boshida – 1398 yilning avgustida Amir Temur



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin