Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona o‘g‘illardan suyukliroq bo‘lsa? Amir Temurning bu nabirasiga
loqaydligini uning qiziga ko‘rsatgan karami bo‘lmay, balki Sulton
Husaynning saltanat taxtiga o‘tirishga loyiq bo‘lmaganlar toifasiga
kirishidan edi.
— Hazrat Sohibqiron, — dedi tantanavor ohangda Sulton Husayn. –
Agar biz Hindistonni ilgimizga kirita olsak, to‘rt iqlimga – Turkistonu
Turon, Eronu Hindga hukmron bo‘lurmiz. Qolg‘on uch iqlim: Rum,
SHom, CHinni esa olmoq qiyin emasdur, albat olg‘aymiz.
Sulton Husayn sanab o‘tgan iqlimlarni xuddi o‘zi oladigandek,
allaqanday ichki kibr bilan davradagilarga ko‘z tashlab, o‘rnini
egalladi. Bobosi vafotidan so‘ng mana shu kibr uning boshiga ko‘p
g‘avg‘olar solishidan u hali bexabar edi.
Amir Temur so‘z navbatini olgan kenja o‘g‘li SHohruh mirzoga diqqat
bilan tikildi. Bu farzandi boshqa zuryodlariga qaraganda, kitobga o‘ch
chiqdi. Unga kitob bo‘lsa bas, qilich chopqilashni unutadi. Ammo
kitobxonligidanmi, so‘zi, mulohazalari pishiq, o‘zi ham ko‘pni ko‘rgan
qariyadek bosiq edi. Aytadiganini puxtalab olmasa, og‘iz ochmasdi.
— Padari buzruk, hazrati Sohibqiron, — deya gap boshladi SHohruh
mirzo shoshmasdan. Uning hatto gapirayotgan paytidayam
nimalarnidir o‘ylayotganini sezib Amir Temurning g‘ashi keldi. – Men
ajdodlarimiz bo‘lmish turklarning qonunlari bitilgan kitoblarda
o‘qigan edimki, jahonda beshta shon-shavkatli podshoh bo‘larkan.
Rivoyat qilg‘aylarkim, bu podshohlarning ulug‘ligini alohida ta’kidlab,
ularning nomlarini atamay, laqablarini olib aytg‘onlar. YA’nikim Hind
podshosini – roy, Rum podshosini – qaysar, CHunu Mochin podshosini
— fag‘fur, Turkiston podshosini – hoqon, Eronu Turon podshosini –
shahonshoh ataydilar. Biz hukm yurgizgan yurt hukmdori, ya’nikim
shahonshoh hukmi hamisha Hindiston mamlakatlariga joriy etilmish.
Tokim Eronzaminu Turonzamin bizning ilkimizda ekan, Hindistonni
ham o‘zimizga tobe etmog‘imiz joizdur…