Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
— Taqsirimning so‘zlari yo‘qmi? – dedi sohibqiron bo‘g‘iq ovoz bilan.
Amir SHohmalik o‘rnidan turishga majbur bo‘ldi. Amir Temur unga:
“O‘tirib gapiraver” deb ishora qilgach, o‘rnini egalladi. Biroz
taraddudlanib, keyin ohista arz qildi:
— A’lohazrat, sizning amringiz biz uchun vojibdur, undan yuz o‘girish
tuzingizni unutmoqdur. Biz bu tadbir xayolini dillarimizdan, bamisli
javohir tuynuklaridan o‘tgan ipdek shoshilmay o‘tkardik, — u biz
deganda amirlar Xoja YUsuf, Saribug‘o, SHayx Nuriddinlarga ishora
qildi. – Boringki, Hindistonni oldik ham deylik. Biroq, ul mulkda
turg‘un bo‘lib qolsak naslimiz yo‘qolmagaymu, avlodlarimiz o‘z
aslidan ayri tushmagaymu, begona yurtda tillarini unutmagaymu?..
— Taqsir, — deb amirning gapini bo‘ldi Amir Temur xotirjam. – Biz ul
mulkda uzoq qolishni o‘ylaganimiz yo‘q. Qolaversa, shuni yodda
tutingkim, dilda e’tiqod butun bo‘lsa, aslo naslimiz yo‘qolmagay,
tilimiz unutilmag‘ay… E’tiqod susaysa, til emas, imon ham
unutilg‘ay…
U xoturjam gapirar, ammo qoshining yig‘ilib turishi, ko‘zidagi o‘tning
yanada kuchliroq tovlana boshlaganini payqagan amirlar Sohibqiron
ichida qanday kuchli to‘fon o‘ynayotganini sezib turishardi.
— Ko‘pchilikda shubha bo‘lsa, yo‘lga chiqmagan ma’qul. SHubha
nafaqat aqlni, u dildagi o‘tniyam o‘chiradi. Kelingiz, Tangri taologa
murojaat qilaylik. Hind mulkiga yurish borasida istixora etaylik – Amir
Temur yonida turgan Qur’onni qo‘liga oldi. – Tangri taolo neni
buyursa, shunga amal qilg‘aymiz.
Davradagilar o‘sha zahot uning taklifini ma’qullab ovoz berdilar.
Sohibqiron Qur’oni karimni oldidagi shira ustiga qo‘ydi, chuqur nafas
olib, biroz sukut saqladi-da, ko‘zini yumib kitobni ochdi. U avval
ochilgan sahifadagi oyatni ichida o‘qidi, so‘ng baland ovozda
takrorladi:
— “Ey, Rasululloh, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jahl qilg‘il”.



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin