Bob ukol Qilishga Oid Yo`l-Yo`riqlar va Ehtiyot Choralari


Ukol qilinadigan holatlar faqatgina quyidagilar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
uz la wtnd 2015 09 (1)

Ukol qilinadigan holatlar faqatgina quyidagilar:

1. Agar tavsiya etilgan dorining ichiladigan xili topilmasa.

2. Agar odam tez-tez qayt qilsa, kasalligi tufayli yuta olmasa yoki hushsiz 

bo`lsa.


3. Favqulodda voqea sodir bo`lganda yoki maxsus holatlarda (keyingi 

betga qarang).

Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

153

SHIFOKOR UKOL TAVSIYA QILGANIDA NIMA QILISH KERAK?

Ba`zi shifokor va tibbiyot xodimlari ukol kerak bo`lmagan paytlarda ham 

uni tavsiya qiladilar, chunki ko`p odamlar ukolni tabletkalardan foydaliroq 

deb o`ylaydilar, shu sababli shifokorlar ham aksari ukol tavsiya qiladilar.

 

1. Agar tibbiyot xodimi sizga ukol qilmoqchi bo`lsa, dori kasalligin-



gizga to`gri tavsiya qilinganiga va xodimning ushbu amalni kerakli ehtiyot 

choralariga rioya qilib bajarayotganiga e`tibor bering.

     

 

2. Agar shifokor ukol yozib bermoqchi bo`lsa, undan ichiladigan 



dorini yozib berishini iltimos qiling.

      


 

3. Agar shifokor qoningizni tekshirib ko`rmay turib vitamin, jigar 

ekstrakti, yoki vitamin B

12

 ukollarini yozib bermoqchi bo`lsa, boshqa 

shifokorga borganingiz ma`qul.

QANDAY HOLATLARDA UKOL QILISH ZARUR

 

Quyidagi kasalliklarda shifokor yordamini iloji boricha tezroq oling. 



Agar yordam olish yoki bemorni kasalxonaga olib borish kechikadigan 

bo`lsa, kerakli ukolni iloji boricha tezroq qiling. Miqdorlar bo`yicha ko`proq 

ma`lumot olish uchun quyidagi betlarga qarang. Ukol qilishdan avval 

undan so`ng kutiladigan salbiy ta`sirlar haqida bilib oling va kerakli ehtiyot 

choralarini ko`ring (Yashil Sahifalarga qarang).


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin