Goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi o'rni


«Poligon»  grekcha  so'z  bo'Iib,  serqirra  degan  ma'noni  bildiradi.  Biz,  odatda,  poligon



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#41939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi orni

«Poligon»  grekcha  so'z  bo'Iib,  serqirra  degan  ma'noni  bildiradi.  Biz,  odatda,  poligon 

deganda  qurol-aslaha  va  texnika  sinaladigan,  qo'shinlar  harbiy  tayyorgarlikdan 

o'tkaziiadigan  yoki  harbiy  mashq  va  mashg'ulotlar  olib  boriladigan  maxsus  maydonni 

tushunamiz. 


 

13 


Tarix  tajribasidan  ma'lumki,  o'zga  hududlarni  zabt  etish  yoki  himoyalanish  maqsadida  urush 

qurollari  uzluksiz takomillashtirib borilgan. Ularning barchasi  ehtimol  tutilgan dushman askarlari 

va  aholisim  yo'q  qilishga  qaratilgan  edi.  Bugungi  kunda  esa,  o'zga  hududlarni  zabt  etish  uchun 

ularning aholisini qirib tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart em as. 

Chunki tajovuzkor g'oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham yov qo'liga 

taslim  bo'ladi.  «Mafkuraviy  poligon»  tushunchasini  birinchi  marta  Prezidentimiz  Mom  Karimov 

«Tafakkur»  jurnali  bosh  muharriri  savollariga  javoblarida  qo'lladi.  Mafkuraviy  poligon  deb, 

odamlarning  qalbi  va  ongini  egallashga  qaratilgan  g'oya  yoki  mafkurani  ham  mablag,  ham 

zamonaviy  texnikaviy  vositalar  bilan  kuchlantirib,  moddiy  va  ma'naviy  qurollarini  ishga  solib, 

dunyodagi axborot va fikr oqimini o'z manfaati yo'Iida boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish 

uchun  ishlatadigan  va  bu  borada  xilma-xil  tarzda  namoyon  bo'ladigan  harakatlarni  amalga 

oshiradigan  g'oyaviy  markazga  aytiladi.  Yurtboshimiz  aytganidek,  «Bugungi  kunda  odamzod 

ma'lum  bir  davlatlar  va  siyosiy  kuchlarning  manfaatlarigagina  xizmat  qiladigan,  olis-

yaqinmanbalardan  tarqaladigan,  turli  ma'no-mazmundagi  mafkuraviy  kuchlarning  ta'sirini  doimiy 

sezib yashamoqda». 

Biror mamlakatga nisbatan harbiy hujum  yoki iqdisodiy zarar  yetkazishni osongina ko'rish va 

sezish 

mumkin.  Ammo  mafkuraviy  ta'sir  bunday  emas.  Uning  ta'siri  radio,  televideniye,  gazeta-jurnal, 

internet, 

umuman, 


 

hamma  axborot  vositalan  orqali  kirib  kelaveradi.  Ular  odamlarga  uyda  ham,  ko'chadaham,  ishda 

ham ta'sir etadi. Yadro poligonida tayyorlagan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo 

maflura poligonidan tarqaladigan, sirtdan bezarar bolib tuyuladigan turli axborotlar, filmlar, badiiy 

asarlar,  o'yinchoqlar,  kundal  ik  ehtiyoj  mollari  esa,  avvalo,  insonlarning  nozik  his-tuyg'ulariga 

ta'sir etib, ularning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir. Masalan «diniy adabiyot» niqobi ostida 

xorijdan  olib  kelinayotgan  ayrim  kitoblarda  dinga  siyosiy  tus  beriladi,  jihod  haqida  noto'g'ri 

ma'lumotlar bayon qilinadi va oqibatda, dinning mohiyatim bilmagan yoshlar bunday targ'ibotlarga 

ishonib, noto'g'ri yolga kirib ketishi 



 

14 


 

 

 



mumkin.  Yoki  behayolikni,  vahshiylik  va  zo'ravonlikni  targ'ib  etadigan  filmlar  ham  ba'zi 

mafkuraviy  poligonlardan  tarqatilayotgan  zararli  ta'sirlardir.  Bugungi  dunyoning  mafkuraviy 

manzarasida ikkita  kuchning o'zaro  kurashi  aniq ko'zga tashlanmoqda,  buning  birinchisi xalqlarni 

taraqqiyot  sari  intiltirayotgan  ilg'or  mafkurasi,  lkkinchisi  esa  ularning  yoiiga  g'ov  bo'lishga 

urinayotgan zararli va buzg'unchi mafkuralardir. 

Erkin  va  farovon  hayot  asoslarim  yaratib,  yanada  olg'a  intilayotgan  ilg'or  mamlakatlar  o'z 

mafkuralarini  umuminsoniy  qadriyatlar  va  demokratik  tamoyillar  negizida  rivojlantirmoqda. 

Chunki  bunday  mafkura  insonning  o'z  salohiyatini  erkin  namoyon  etishi  uchun  imkon  beradi 

Jumladan,  Vatanimizning  butun  kuch-qudrati,  yaratuvchilik  iste'dodi  yurtimizni  yanada  ravnaq 

toptirish,  tinchlik-osoyishtalikni  mustahkamlash,  shu  muborak  zaminda  yashayotgan  barcha 

insonlar  uchun  farovon  hayot  poydevorini  yaratishga  qaratilgan.  Shu  bilan  birga,  bugungi 

tajovuzkor  millatchilik,  shovinizm,  neofashizm,  irqchilik  va  diniy  eksteremizm  kabi  zararli 

mafkuralar  taraqqiyotga  moslashib,  yangi  shakllarda  bosh  ko'tarmoqda.  Masalan,  sobiq 

Yugoslaviya  hududidagi  tajovuzkor  millatchilik,  hududiy  ayirmachilik  asosidagi  to'qnashuvlar, 

Afg'oniston hududida uya qurib olgan diniy ekstremistik kuchlar bunga misol bo'la oladi. 

Diniy  ekstremizm  dinni  niqob  qilib  olib,  zo'ravonlik  asosida  konstitutsion  tuzumga  tajovuz 

qiluvchi, uni o'zgartirishga urinuvchi jinoyatkor hatti-harakatdir. U bugungi kunda ko'plab mintaqa 

va  mamlakatlarda  uchrab  turibdi.  Hozirgi  davrda  mafkuraviy  jarayonlar  o'ziga  xos  qator 

xususiyatlar  kasb etmoqda.  Bunda mafkuraviy jarayonlarning, bir tomonidan,  demokratiyalashuvi, 

insonparvarlashuvi,  ya'ni  fikrlar  xilma-xilligi  va  rang-barang  siyosiy  kuchlarning  tolerantligi 

namoyon  bo'lmoqda.  Ikkinchi  tomondan  mafkuraviy,  jarayonlar  siyosiylashish,  inson  va  jamiyat 

hayotining  barcha  sohalariga  umumiy  ta'sir  ko'rsatish  xususiyatiga  ega  bo'lmoqda.  Uchinchidan, 

mafkuraviy  jarayonlarning  milliy  davlatlar  chegarasida  qolib  ketmaslik,  globallashuv, 

integrallashuv  va  differensiallashuv  kabi  xususiyatlari  ko'zga  tashlanmoqda.  Bugungi  kunning 

mafkuraviy  manzarasiga  ijtimoiy  jarayonlarning  globallashuvi  ham  kuchli  ta'sir  ko'rsatmoqda.  Bu 




 

15 


hoi  axborot  tarqatish  tizimining,  jumladan,  internet  tarmog'ining  butun  yer  yuzini  qamrab  olishi 

ham bilan bog'liqdir. Endilikda dunyoning bir burchagida qandaydir yangilik paydo bo'lsa, u darhol, 

mafkuraviy maqsadlarga bo'ysundirilgan holda, butun jahonga tarqaladi. 

Masalan,  dunyoning  biron  bir  mintaqasida  texnik  sabab  yoki  tabiat  qonuniyatlari  natijasida 

baxtsizlik sodir bo'lsa, bir mafkuraviy markaz o'ziga dushman bolgan boshqa markazni  ayblashga 

tushadi. Ya'ni «bu fojiada falon markazning qo'li bor», deb butun dunyoga jar soladi. Bu jarayonda 

qaysi  markazning  axborot  tarqatish  imkoniyati  ko'p  bo'lsa,  odamlarga  nima  ta'sir  etishini,  ular 

nimaga muhtoj ekanini kirn oldindan  yaxshiroq bilsa, dastlab o'sha kuch ularning qalbi va ongiga 

o'z nuqtai nazarini singdiradi va axborot jangida yengib chiqadi. 

Shuning uchun bugungi kunda dunyodagi turli kuch va markazlar o'rtasida axborot jangi yetakchi 

o'ringa  chiqmoqda.  Aslida  turli  mafkuralar  ba'zi  odamlarning  soddaligidan  foydalanib,  mana 

shunday  kurashlar  orqali  siyosiy  maqsadlarni  ko'zlaydi,  ya'ni  jahon  maydonlarini  mafkuraviy 

jihatdan bo'lib olishga urinadi. Masalan, vahobiylar sobiq ittifoq hududidagi musulmon xalqlarning 

mustabid tuzum davrida ancha vaqt diniy ma

1

 rifatdan uzilib qolganidan foydalanib, dinni o'rgatish 



bahonasida o'zlarining zararli g'oyalarini odamlarning qalbi va ongiga singdirmoqchi bo'ldi. Bu hoi 

bizning  mintaqamizda,  xususan,  O'zbekiston  hududida  ham  ko'zga  tashlandi.  Lekin  o'zining 

qadimiy  an'analariga,  mumtoz  qadriyatlariga,  ajdodlarining  boy  merosi  va  ma'naviyatiga  ega 

bo'lgan  xalqimiz  bunday  da'vatlarga  uchmadi,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlar,  mustaqil 

taraqqiyotimiz tajribalari va bugungi sivilizatsiya yutuqlari asosida o'z mafkurasini ishlab chiqishga 

kirishdi. 

Bunday  xavf-xatarlarga  qarshi  turish  uchun  xalqimizda,  awalo,  yosh  avlod  qalbida  mafkuraviy 

immunitetni  shakllantirish  taqozo  etiladi  Immunitet  (lotincha  -  ozod  bo'lish  qululish  ma'nosidagi 



immunitas  so  'zidan  olingan)  deganda  organizmdagi  mo'tadillikni  saqlab,  uni  turli  tashqi  ta 

'sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo'lgan muhofaza tizimi tushuniladi.  


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin