Goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi o'rni



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#41939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi orni

G'oya,  o'z  mohiyatiga  ko'ra,  ijtimoiy  'xususiyatga  ega.  Odatda,  g'oya  dastlab  bir  shaxsnmg 

ongida  shakllanadi,  so  'ng,  ijtimoiy  dolzarbligiga  qarab,  odamlar,  xalqlar,  millatlar  orasiga 

yoyiladi.  Fikr  bilan  g'oyaning  farqini  ifoda  etgan  ushbu  fikrdan  kelib  chiqib  aytadigan  bo'lsak, 

g'oya oddiy 

 

munosabat ifodasi bo'lish bosqichidan butun bir xalqni, butun bir jamiyatni va hatto, butun 



sivilizatsiyani olg'a boshlovchikuchgaaylanishbosqichigachabo'lgantakomil yo'lini bosib o'tishi 

mumkin. 


Masalan,  do'stlik,  birodarlik,  tinchlik  vatenglik  g'oyalari  bugungi  kunda  butun  msoniyatni, 

mintaqaviy  sivilizatsiyalarni  birlashtiruvchi  va  bahamjihat  bo'lib  harakatga  undovchi  g'oyalar 

hisoblanadi. Holbuki, eng qadimgi rivoyatlarga asoslanib fikr  yuritadigan bo' lsak,  yer  yuzidagi 

birinchi  inson  Odam  Ato  o'z  farzandlariga,  bolalarim,  do'st-birodar  bo'linglar,  tinch-totuv 

yashanglar, deya nasihat qilgan paytda bu g'oyalar hali oddiy o'git, pand-nasihat darajasida edi. 

Mustaqil  hayotga  qadara  qo'yayotgan  yangi  avlod  jamiyatda  mavjud  g'oyalar  ta'sirida 

tarbiyalanadi,  muayyan  qarashlar  va  g'oyalarni  o'z  e'tiqodiga  singdiradi,  o'z  navbatida,  yangi 

g'oyalarni yaratadi va targ'ib etadi. 

Shu  bois  g'oya  muayyan  ijtimoiy  zarurat  tufayli  muayyan  makon  va  zamonda  paydo  boiadi, 

ya'ni  fikr  bosqichidan  g'oya  bosqichiga-  muayyan  ijtimoiy  vazifalarni  bajarishni,  maqsad-

muddaolarni  amalga  oshirish,  ezgu  yoki  yovuz  kuchlarning  qo'lida  qurol  bo'lish  darajasiga 

ko'tariladi. Ana shu  ma'noda  aytganda,  g'oya  takomillashish xususiyati  va  quwatiga ega  bo'lgan 

fikrdir. 

Fikr anglangan haqiqatdan tug'iladi. Ya'ni biror narsaning aslida nima ekanini bilmasdan turib, 

u haqida fikr bildirolmaysiz. Masalan, sutning oq ekani, chorvadan olinishi, iste'molga yaroqliligi 

- umuman, u to'g'risida bor haqiqatni bibnagan odam bu ne'mat to'g'risida aniq fikr bildirolmaydi. 

G'oya esa haqiqatning namoyon bo'lish va rivojlanish qonuniyatlarini anglashdan tug'iladi. 

Masalan, yaxshilik, ezgulik, farovonlik insonga baxt-saodat keltirishini anglab yetmasalar, 

ajdodlarimiz uni asrlar mobaynida hayotning ma'no-mazmuni deb bilmas edilar. Yoki milliy 

mustaqillikdan toptalgan haq-huquq va ozodlikni qaytarib berish tushunchasi anglanmasa, uning 

uchun hech kim kurashmas edi. 

G'oya  insonlar  qalbi  va  ongini  egallab,  jamiyat  rivojiga  ta'sir  etadi.  Jamiyatning  ijtimoiy 

ehtiyoji,  maqsad-muddao  va  manfaatlari  o'zgarishi  bilan  o'zining  muayyan  joziba  kuchi  va 

quvvatini  ham  yo'qotishi  mumkin.  Masalan,  o'tgan  asrning  90-yillari  boshida  sobiq  SSSR 

hududidagi  respublikalar  mustaqillik  sari  sobitqadamlik  bilan  intila  boshlagach,  dunyodagi  eng 

ayovsiz  mafkura  -  KPSS  rahbarlarining  ittifoqni  mustahkamlash  haqidagi  fikrlari  hech  qanday 

qadr-qimmatga ega bo'lmay qofdi.. 

G'oyalar  xilma-xildir.Ular  ong  mevasi  shakllida  borliqni,  turmushni,  ularning  qonuniyatlarini 



o'rganish,  kashfetish,  o'zlashtirish,  bilish  va  anglash  jar  ay  onida  vujudga  keladi.  Binobarin, 

voqelikni, hayotni, uning qonuniyatlarini o'rganish, kashfetish, o'zlashtirish, bilish va anglash bilan 




 

shug'ullanuvchi barcha ijtimoiy tafakkur shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san'at va badiiy adabiyot, 



axloq, siyosat va huquq kabi sohalar rauayyan bir g'oyaga tayanadi va ular asosida rivojlanadi. Shu 

ma'noda  aytish  mumkinki,  ijtimoiy  tafakkurning  barcha  shakllari  o  'zi  tayanadigan  g'oyaga  ega. 

Chunonchi,  diniy  g'oyalar,  Hmiy  g'oyalar,  falsqfiy  g'oyalar,  badiiy  g'oyalar,  ijtimoiy-siyosiy 

g'oyalar, milliy g'oyalar, umuminsoniy g'oyalar shular jumlasidandir, 

Haqiqat  va  uning  mohiyatini  har  kim  har  xil  tushunishi  mumkin.  Masalan,  birov  yoshligidan 

yaxshilikka  yo'g'rilgan  umuminsoniy  ma'rifat  asosida  tarbiya  ko'radi  va  hamma  narsaga  ma'rifat, 

aql-idrok, yaxshilik bilan qarashga harakat qiladi. 

Boshqa  birov  esa,  aksincha,  jaholatga  berilgani  uchun  hech  narsani  to'g'ri  qabul  etolmaydi. 

Shuning  uchun  ezgulik,  ma'naviyat  va  haqiqat  qonuniyatlarini  to'g'ri  yoki  noto'g'ri  tushunish, 

anglashga  qarab,  g'oyalar  bunyodkorlik  yoki  vayronkorlik,  ezgulik  yoki  yovuzlik  g'oyalariga 

bo'linadi. 

Bundan  uch  ming  yil  burun  bashariyat  hayotiga  yaxshilikdan  ilk  darak  bo'lib  kelgan  va  ayni 

bizning  ajdodlarimiz  tafakkuri  mahsuli  bo'lmish  jahonshumul  «Avesto»  kitobining  bosh  g'oyasi  - 

ezgu  fikr,  ezgu  so'z,  ezgu  amal  edi.  Ayni  mana  shu  go'zal  uchlik  hali  insoniyat  tongotaridayoq 

hayotiing asosiy qonuniyatlari bo'lgani yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir. 

Bus-butun  yaxshilik  g'oyalari  bilan  sug'orilgan  «Avesto»  kitobi  va  shunga  o'xshash  tarixiy 

merosimiz  ham  bunyodkor,  ezgu  g'oyalar  hayotda  nechog'li  muhim  rol  o'ynashini  yana  bir  karra 

tasdiq etadi. Bu g'oyalaming bashariyat tomonidan yakdillik bilan qabul qilinishining asosiy sababi 

ham  ana  shu  umuminsoniy  ezgulik,  bunyodkor  g'oyalar  ekaniga  hech  qanday  shubha  yo'q. 

Mangulikka daxldor bunday tarixiy meroslaming siri ana shunda. 

Do'stlik,  hamjihatlik,  farovonlik,  ozodlik  kabi  ezgu  g'oyalar  bunyodkor  g'oyalardir. 

Fashizm,bolshevizm,  shovinizm,  mayda  millatchilik,  ekstremizm  va  terrorchilik  kabi  yovuzlik 

g'oyalari  vayronkor  g'oyalardir.  Prezidentimiz  Islom  Karimov  bunyodkor  va  vayronkor  g'oyalar 

o'rtasidagi kurash dialektikasini shunday ta'riflab bergan: "Mening nazarimda, odamning qalbida 


Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin