I «Mafkuraviy immunitet» tushunchasini birinchi bor Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan
va uning mohiyatini quyidagkha tushuntirib bergan: «Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini
olish uchun, avvalo,kishi organiz,mida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham
farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga
sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning immunitetini
kuchaytirishimiz zarur».
Milliy g'oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir yurtdoshimizning mustaqil e'tiqod
va dunyoqarashga ega bo'lishini taqozo etadi. U Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ilgari
surilgan olijanob g'oyalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot nat)jalari
3
Vatanimiz va dunyo
tarixi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy sivilizatsiya yutuqlariga doir bilim hamda
tasavvurlarga tayanadi.
Sog'lom immunitetga ega bolmagan odam sog'lom e'tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum
bo'ladi. Unday kishilar yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning farqiga bormaydi. Ular
uchun xalq va Vatan manfaatlari begona. Sog'lom immunitetU odam o'zini yomon ishlardan tiyadi,
nohaqlik va zulmga qarshi qalbida norozi bo'lib, o'z nafratini bildiradi. Binobarin, yomonlikka
qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan muhabbat va xayrixohlik sog'lom immunitetning asosiy
belgilaridandir. Mafkuraviy irnmimitetning asosiy xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi fikr, a'oyaga
qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurasha olish ko'nikmaliridir. Bu tamoyillarni
Prezidentimiz asoslab bergan.
Ogohlik dunyodan, yon-atrofda bo'layotgan o'zgarishlardan, odamlar xalqlarning orzu-
intilishlaridan doimiy boxabar bo'lib yashashdir. Mana shunday qoidani hayot qonuniga aylantirgan
xalq hayotda paydo bo'layotgan muammolarni vaqtida hal etadi, tajovuzkor kuchlarning har qanday
g'oyaviy hamlalariga qarshi munosib zarba bera oladi.
Xuddi shuningdek, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan
kurashga intilish hissi inson qalbidagi sog'lom e'tiqod, uning ongidagi sog'lom dunyoqarash
shakllanganidan, u endilikda o'z-o'zini himoya qila olish qobiliyatiga ega bo'lganidan dalolat beradi.
Shunday qilib, mafkuraviy immunitet bugungi kunda hayotiy zarurat bo'lib, u xalqimizni yot va
zararli g'oyalar xurujidan asrashda, yurtimiz bolalanni sog'lom va barkamol qilib voyaga
16
yetkazishda, ko'zlagan olijanob maqsadlarimizga erishishda muhim ahamiyatga egadir.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy
g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik,
millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikеnglik kabi tamoyillarning ma`no-mohiyatini bugungi kunda
mamlakatimizda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim-tarbiya ishlarining markaziga quyish,
ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk
dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.
Ta`kidlash joizki, biz fuqarolar dunyoqara-shini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki odamlarning
tafakkurini boyitish, uni yangi ma`no va mazmun bilan to`ldirish tarafdorimiz.
Albatta, barchamiz yaxshi tushunamizki, «mil-liy g`oya» dеgan so`z faqat bir millatga mansub
bo`lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyorimiz — O`zbеkiston tuprog`ida yashayotgan, uni o`z ona
Vatani dеb biladigan barcha millat va elatlarga birdеk daxldordir.
Milliy g`oyada mujassam bo`lgan buyuk maqsadlarni ro`yobga chiqarish avvalambor
jamiyatimiz va shu jamiyat a`zosi bo`lmish har qaysi insonning ma`naviy olami va
dunyoqarashidagi ijobiy o`zgarishlar bilan bеvosita bog`liq ekanini unutmasligimiz zarur.
Shu o`rinda bir fikrni alohida urg`u bеrib aytishni joiz dеb bilaman.
Bizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz shuki, O`zbеkistonning bitta yo`li bor:
mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug` va erkin hayot sari
olg`a yurish.
Mafkuramiz, tutgan yo`limiz, bor kuch-g`ayratimiz ana shu ulug`vor niyatni amalga oshirishga
yo`naltirilishi kеrak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlar-ni
yag`ona umumiy maqsad atrofida birlashtiradigan, bir tanu bir jon qiladigan milliy g`oya ham
aslida shu.
ADABIYOTLAR:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-T; «O`zbekiston», 2003 yil
17
2. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T.6-T; «O`zbekiston», 1997 yil 31-40, 125-135, 149-162 bet
3. Karimov I. A. barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.-T; «O`zbekiston»,
1997 yil 324-246 bet
4. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T; «O`zbekiston», 2000 yil 6-12, 14-26, 28-
38, 47-48 bet
5. Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T.8-T;
«O`zbekiston», 2000 yil 462-467 bet
6. Karimov I. A. Egali yurt erkini bermas. T.9-T; «O`zbekiston», 2001 yil, 70-98 bet
7. Karimov I. A. «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi so`z boshi.
T. 9-T; «O`zbekiston», 2001 yil, 220-224 bet
8. Karimov I. A. Kamolot yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo`lsin. T-
«O`zbekiston», 2001 yil
9. Karimov I. A. Biz tanlagan yo`l-demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlik
yo`li. T-; «O`zbekiston», 2003 yil
10. Karimov I. A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi.
Andijon viloyat halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq
«Ishonch», 2004 yil 26 may.
11. Karimov. I. A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo`lsin. Surxondaryo viloyat
halq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so`zlagan nutq. «Xalq so`zi»,
2004 yil 2 iyun.
12. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O`zbekiston»,
2000 yil.
13. O`zbekistonda parlment taraqqiyotining yangi bosqichi.-T.: «G`ofur G`ulom», 2004 yil.
14. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. (Qisqacha izoxli
tajribaviy lug`at. T. «Yangi asr avlodi» 2002 yil).
Dostları ilə paylaş: |