Goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi o'rni



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#41939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
goya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotidagi orni

 

 

GOYA VA  MAFKURALARNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O'RNI 

Reja: 

1. G'oya haqida ma'lumot. 

2. G'oyaning mohiyati. 

3. Mafkura haqida tushuncha va uning mohiyati. 

4. G'oya va mafkuraning tarixiy shakllari. 

5. G'oya va mafkuraning inson va jamiyat xayotidagi ahamiyati  

l.G'oya haqida ma'lumot 

 

G`oya  –  inson  tafakkurining  mahsulidir,  ya`ni  inson  tafakkurida  vujudga  kеladigan  ijtimoiy 



xaraktеrga ega bo`lgan ruhiyatga kuchli ta`sir o`tkazib, jamiyatni odamlarni xarakatga kеltaradigan, 

ularni aniq maqsad sari yetaklaydigan fikr g`oya dеyiladi. Bizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` 

g`oyamiz  shuki  Vatanimiz  O`zbеkiston  tanlagan  bitta  yo`li,  ya`ni  mustaqillikni  mustahkamlab, 

mamlakatimizni  har  tomonlama  yuksaltirib,  yorug`  va  erkin  hayot  sari  olg`a  yurishidir.  G`oya 

dеganda  ajdodlardan  avladlarga  o`tib,  asrlar  davomida  e`zozlab  kеlinayotgan  muqaddas 

yurtimizning  xar  bir  vakili  qalbidagi,  uning  ma`naviy  extiyoji  va  talabini  qondiradigan  oliyjanob 

niyatlari  tushuniladi.  Bu  o`z  navbatida  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligidir.  Xulosa 

qilib aytganda  g`oya

 

o`tmish va kеlajak o`rtasidagi ko`prikdir. Tarixga nazar solsak bunyodkor va 



buzg`unchilik g`oyalari o`zrao kurashib kеlgan, Tabiiyki bunyodkor g`oya insonni ulug`laydi, uning 

ruxiyatiga qanot bag`ishlaydi. Toki muqaddas zaminda Taraqqiyotga intilish bunyodkorlik hissi bor 

ekan,  jamiyatda  ilg`or  g`oyalarnnng  tug`ilishi  to`xtamaydi.  Do`stona  munosabatlar,  Tinchlik-

totuvlik  farovonlik,  ozodlik  kabi  ezgu  g`oyalar  bunyodkor  g`oyalardir.  Buzg`unchi  g`oya  esa 

xalqlar boshiga og`ir kulfatlar soladi. 

Masalan o`rta asrlardagi salb yurishlari, diniy fanatizm, ekstrеmizm, fashizm va bolshеvizmga 

asos bo`lgan g`ayri insoniy g`oyalar shular jumlasidandir 

G'oya  nima?  Inson  o'zining  aql-zakovati,  qalbi,  tili  va  tafakkuri,  bir  sofz  bilan  aytganda, 

barcha  ma’naviy  va  jismoniy  imkoniyatlari  bilan  tabiatning  eng  buyuk  mo’jizasi  hisoblanadi.  U 

sezuvchi, fikrlovchi, ongli, mukammal mavjudot sifatida voqelikni idrok etish jarayonida qalbida 

turli  his-tuyg’ular,  tafakkurida  xilma-xil  fikr,  qarash  va  g’oyalarni  yaratadi.  Shu  ma’noda,  his-

tuyg’u  va  sezgilar,  ofy,  fikr  va  g’oya  tafakkur  mevasidir.  Lekin  tafakkurda  tug’iigan  har  qanday 

fikr  yoki  qarash,  mulohaza  yoki  nuqtai  nazar  ham  g’oya  bo’lolmaydi.  Eng  sahnoqli,  muayyan 

maqsadga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga molik fikrlargina g’oya bo’lishi mumkin. 

G'oyaning muqobili, ya’hi ma’nodoshi ideya,   mafkuraning muqobili   esa ideologiyadir. 



 

"Ideya" va "ideologiya" tushunchalari ko'proq Yevropa xalqlarida qo’llaniladi. 



"Ideya"  yunon  tilidagi  idea  so'zidan  olingan  bo’lib,  tushuncha  yoxud  fikr  ma’hosini  anglatadi. 

Ideologiya ham ana shu so’zdan yasalgan va u (idea - g’oya, tushuncha, logos – ta’limot) g’oyalar 

to’g'risidagi ta’limotni bildiradi hamda quyidagi  ma’nolarda ishlatiladi: birinchidan,  g’oyalarning 

mohiyat mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to’g’risidagi bilimlarni ifodalaydi va  ilmning mustaqil 

sohasi  hisobianadi;  ikkinchidan,  muayyan  g’oyani  amalga  oshirish,  maqsadga  yetish  usullari, 

vositalari, omillari tizimini anglatadi. 

G'oya  bir  guruh  insonlarni,  yoki  jamiyatni  o’ziga  jalb  etib,  uyushtirib,  safarbar  qilib,  ijtimoiy 

kuch -vositaga aylanadi. Fikr esa, voqelikka oddiy munosabatni ifoda etadi. Masalan, "Inson yoki, 

umuman, xalq ozod bo’lmasdan, baxtga erisholmaydi" degan fikr  g’oyaviy quvvatga ega bo’lgan 

fikrdir.  Chunki,  u  barcha  insonlar  va  jamiyat  hayotining  ma’no-mazmunini  tashkil  etuvchi 

muayyan haqiqatni  ifodalaydi.  Shuning uchun u  barcha odamlarning tili  va dinidan qat’iy  nazar, 

uyushishi va o’z ozodligini himoya etishi uchun kuchli birlashtiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. 

 2.G'oyaning mohiyati. 

 

 



 

 



 




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin