ikkita kucli - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o'zaro kurashadi. Afsus bilan ta'kidlashimiz
lozint: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko'ra vahshiylik,
ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlariniqo'zg'atib yuborish osonroq".
Agar Prezidentimizning fikrlariga diqqat bilan e'tibor qaratsangiz, azaliy bir haqiqat yaqqol
oshkor bo'ladi. «Inson tabiatida insoniylikdan ko'ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-
harakatlarini qo'zg'atib yuborishi osonroq». Bugun achchiq bolsa-da tan olishimiz kerak. Televizor
ekranlari orqali namoyish etilayotgan dunyoning turli mintaqaliridagi jangu jadallar, urho-urholar,
tizginsiz, beboshvoq yig'in-sig'inlardagi vahshiylik, zo'ravonliklar yuqoridagi fikrlarning isboti
emasmi? Yondirilayotgan avtolar, kuydirilgan jasadlarni sazoyi qilish, na siyosatga, na mansab-
martabaga da'vosi bo'lmagan oddiy odamlar yashaydigan turar-joy binolarining portlatilishi, yoxud
so'nggi paytda paydo bo'lgan «xudkush»laming avtobuslar, aholi jamlanadigan joylarda o'zlarini
portlatib yuborib, qanchadan-qancha begunohlarning qonini to'kayotganlari-chi?
Xulosa qilib aytganda g'oya deb, dunyodagi voqea-hodisalar va hayot ta 'sirida inson
tafakkurida shakllanadigan, muayyan mazmunga ega bo 'Igan, biror-bir maslakni aks ettirib, uni
amalga oshirishni taqozo etadigan, insonlar va xalqlarni uyushtrib, muayyan maqsadlar sari
boshlaydigan ijtimoiy fikrga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |