5. G'oya va mafkuraning inson va jamiyat xayotidagi ahamiyati
Bunyodkor va vayronkor g'oyalar. Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan
ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi q'oya va mafkuralar qanday shaklda bo'Imasin, ular avvalo inson
qalbidagi ikki tuyg'u -bunyodkorlik va buzg'unchilik intilishlaridan kuch oladi. XuIIas, g'oyaviy
nuqtai nazardan olganda, insoniyat tarixi xilma-xil g 'oya va mafkuralurnnig vujudga kelishi,
amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g'oyalar
maqsad va vazifalari, kimnmg manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Ayrim davlatlarning zo'ravonlik vasvasasiga berilib, o'z ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga
qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatichilik,
fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab kulfat keltirib,
uning taraqqiyotini orqaga surgan. Ezgu maqsad-muddaolarga xizmat qiladigan mafkuralarga
bunyodkor g'oyalar asos bo'ladi. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa xalqlar
va davlatlarai tanazzulga boshlaydi, insonni asoratga soladi, hayotni qabohatga aylantiradi.
Shu ma'noda, yuksak g'oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G'oyasi yetuk,
e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko'rsata oladi.
Jahon tarixidan, jumladan xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'Imasin, mardlik va
jasorat ko'rsatish uchun insonga ulug'vor g'oya madad ekaniga ko'plab misollar topiladi.
Bashariyat beparvolikka berilib, uning bunyodkorlik intilishlari susaygan paytda yovuz va
buzg'unchi mafkuralar jozibali shiorlarni niqob qilib,
10
odamlarni chalg'itib, hokimiyatga egalik qilib olishi ham mumkin. XX asrning 30-
yillarida Italiya Germaniyada fashizmning g'alaba qozonishi, burring natijasida dunyo halokat
yoqasiga borib qolgani, insoniyat boshiga tengsiz kulfatlar yog'ilgani bungamisol bo'la oladi.
Albatta, fashizm g'oyasi o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. U zikr etilgan davlatlardagi o'zaro qarama-
qarshiliklar, ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy muammolar natijasida vujudga kelgan va asta-sekin
kuchayib borgan. Xususan, Italiyada 1910 yildan «Milliy g'oya» nomli jumal nashr etila boshlagan.
Unda asosan tajovuzkor millatchilik targ'ib etilgan.
Ushbu mamlakatdagi hamda butun dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarning bunday noxush holga
loqayd qaragani, kurash yo'lida birlasholmagani natijasida fashizm tez orada hukmron mafkuraga
aylandi. Bu odamzot uchun achchiq saboq bo'lib, har qanday g'oya va mafkura ezgulik va
bunyodkorlik intilishlarini mujassam etmasa, xalqni vayronkorlik sari boshlasa, oxir-oqibatda, inson
hayotini xavf ostidaqoldirishi mumkin ekanligini ko'rsatadi.
Ana shunday vayronkor mafkuralardan biri bolshevizm edi. U sinflar o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy
qarama-qarshilikni mutlaqlashtirishga, hokimiyatni har qanday yol bilan egallashga, xalqni mulksiz,
g'urursiz olomonga aylantirishga qaratilgan edi. U zo'ravonlikni, qon to'kish va ommaviy
qatag'onlarni oqlash uchunjamiyatni sun'iy ravishda qarama-qarshi taraflarga ajratdi. Bunday
qarama-qarshilik doimiy mafkuraviy targ'ibot natijasida nafaqat guruh va qatlamlarni, balki
oilalarni ham qamrab oldi.
Odamlar «qizillar va oqlar»ga bo'linib ketdi. Buning natijasida ota o'g'ilga, aka ukaga, do'st
birodarlariga qarshi kurashdi. Qisqasi, xalqning kuch-idroki bunyodkorlikka emas, vayronkorlikka
yo'naltiriladi. Yaratish, ijod qilish emas, balki buzish va yo'q qilish, odam o'ldinsh mardlik va
qahramonlik sifatida ulue'lanadiean bo'ladi.
11
Lekin bu mafkura dunyoning oltidan bir qismida yetmish yildan ortiq hukmronlik qilganiga
qaramay, g'ayriinsoniy mohiyati tufayli, oxir-oqibatda, halokatga uchradi.
Vayronkor g'oya va mafkuralarning eng ko'p uchraydigan shakllaridan biri diniy
aqidaparastlikdir. Ular, xalqning taraqqiyot darajasiga qarab, muayyan davrlarda G'arbda ham,
Sharqda ham hukm surgan, bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida turli shakllarda paydo
bo'lmoqda. Ular terrorchilik, diniy ekstremizm, qurol-yarog' va giyohvand moddalar savdosi kabi
jinoyatkorona xatti-harakatlar bilan birlashib, eng zamonaviy qurol-aslaha hamda texnik
vositalarni egallab, odamzot uchun katta ofatga aylanmoqda. Bugungi kunda Yaqin Sharq, Bolqon
yarim oroli, Shimoliy Kavkaz, Afg'oniston, Jazoir kabi mintaqa va mamlakatlar bu illatlar keng
yoyilgan hududlarga aylanib qolmoqda.
Aqidaparastlik, har qanday shaklda ham insoniyat uchun nihoyatda xatarlidir. Hozirgi davrda
ham hamma narsani inkor etishga, hech qanday ijtimoiy me'yor va qonun-qoidalarni tan olmaslikka
da'vat etuvchi ko'p hollarda vatansizlikni mutlaqlashtiradigan ba'zi mafkuralar turli ko'rinishlarda
namoyon bo'Imoqda. Prezidentimiz ta'kidlagani kabi, bashariyatni jaholatdan ma'rifatga, zulmatdan
ziyoga olib chiqadigan umuminsoniy g'oyalarni asoslash va amalga oshirish yo'1-yo'riqlarini kashf
etish uchun kishilik tarixining turli davrlarida beqiyos aql-zakovat, iste'dod va tafakkur egalari
mislsiz zahmat chekkanini ko'rainiz. Zardusht, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy,
Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakldrlar faoliyati bunga yorqin misol bo'la
oladi.
Milliy g'oya va mafkura o'zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarni aks ettirgan
taqdirda jamiyatni birlashtirib, lining salohiyat va imkoniyatlarini ulug' maqsadlarga safarbar
etishga xizmat qiladi.
Masalan, XX asrda katta ahamiyatga ega bo'lgan yapon milliy mafkurasi «kattaga hurmat», «ona
yerga sadoqat», «yaponlarga xos ruh», «umummilliylik». «fidoyilik», «vatanparvarlik», «fuqarolik
burchi», «tadbirkorlik», «jamoaga sadoqat» kabi g'oya va tushunchalarni qamrab oladi. Bu
tushunchalar xalq hayotiga mos kelgani, ularni yuksak maqsadlar sari boshlagani uchun o'tgan
asrda Yaponiyaning jadal rivojlanishiga asos bo'ldi.
G'oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik esa millatning birdamligi, davlatning qudratiga putur
yetkazadi. Masalan, ayrim hukmdorlarmng Chingizxon bosqini, Chor Rossiyasi istilosi davrida
xalqni birlashtirib, kurashga safarbar etolmagani mamlakatimizning qaramlikka tushib qolishiga
olib kelganini tarixdan yaxshi bilamiz.
Xulosa qilib aytganda, g'oya va mafkuralarning tarixiy shakllari, mazmun-mohiyatini asrlar
mobaynida ezgulik va y ovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o'rtasidagi azaliy kurash belgilab
keladi. Har bir kishi buni yaxshi bilmog'i, bu borada o'z o'rnini topmog'i, hayoti va faoliyatini ezgu
ishlarga sarflamog'i lozim.
Dostları ilə paylaş: |