tannarxini Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) da 0,07 dollarga
kamaytirishga erishildi. Shamol elektr stansiyalarini shamolning tezligi 20
kilometr/soat bo’lgan joylarda o’rnatish yaxshi natijalar beradi. Bunday
hollarda 1 kilovatt soat elektr energiyaning tannarxi 0,05 dollardan oshmaydi.
Shamol energiyasi bitmas-tuganmasdir. Shuning uchun bugungi kunda u
dunyo energetikasining bir qismi bo’lib, uning ahamiyati kelgusida shubhasiz,
o’sadi.
Fan-texnika taraqqiyoti shamol quvvatidan elektr energiyasi olish
imkonini ham berdi. Bu boradagi ishlar o’tgan asrdayoq boshlab yuborilgan
bo’lsa ham dunyoda shamol elektr stansiyalari qurilishiga endi e’tibor
kuchaymoqda. Hozir 55 mamlakatda shamol elektr energiyasi ishlab
chiqarilayapti. Bu borada ayniqsa, yevropa mamlakatlarida amalga
oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiq. SHamol energiyasidan foydalanish
allaqachon energetika sohasining muhim tarmog’iga aylangan. MDH davlatlari
orasida Belarus respublikasida ham shamol quvvatidan elektr energiyasi ishlab
chiqarishni ko’paytirish choralari ko’rilmoqda.
Yurtimizda muqobil energiya manbalari qatorida shamol quvvatidan
foydalanish borasida ham muayyan darajada izlanishlar olib borilmoqda.
Iqtidorli yoshlarimizning ba’zi vakillari yaratgan shamol elektr uskunalari bu
fikrimizga dalil bo’la oladi.
Xullas shamol ko’p esadigan joylarda tajriba tariqasida bo’lsa ham uncha
katta bo’lmagan shamol elektr qurilmalari o’rnatilib, qay darajada samara
berishi sinab ko’rilsa, yomon bo’lmasdi. Agar shunday uskunalar sinovdan
muvaffaqiyatli o’tsa, rezerv energiya manbaiga aylanishi, an’anaviy usulda
ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatini tejashga xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |