Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#42716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
ABDIQODIROV SHAHBOZ

O’ZBEKISTON  QUYOSH  ENERGIYASI.

 

 



Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon o‘z nurini Yerga sochib turadi. 

Quyosh  nuri  ham  energiya.  Odamlar  uni  elektr  tokiga  aylantirishni  o‘rganib 

oldilar.  Buning  uchun  maxsus  yarimo‘tkazgichli  asboblar  —  fotoelementlar 

yaratilgan.  Ular  birgalikda  quyosh  batareyasini  tashkil  qiladi.  Quyosh 

radiatsiyasi  energiyasini  amalda  foydalanish  uchun  qulay  bo‘lgan  energiya 

turlariga  aylantirib  berish  masalalari  bilan  shug‘ullanadigan  texnika  sohasi 

geliotexnika  deb  ataladi.  Geliotexnika  yordamida  elektr  energiyasi  yetib 

bormagan  joylar  (masalan,  chorvadorlar  istiqomat  qiladigan  joylar)  ni  elektr 

toki  bilan  ta’minlash,  uylarni  elektr  nurlari  yordamida  isitish,  issiq  xonalarni 

isitish va boshqa ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. 

 

 

Yerga  uzatiladigan  Quyosh  energiyasining  miqdori,  hozirda  dunyoda 



ishlab chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan, 20 marta ko’pdir. Ammo, 

Quyosh nurlari oqimining zichligi kam bo’ladi, shu sababli bu energiya juda 

qimmat turadi. Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasi quyi potensialli (harorati 100 

gradusga qadar bo’lgan) issiqlikkka aylantirladi va undan kommunal xo’jalik 

issiq  suv  ta’minotida,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  (mevalar)  quritishda 

foydalaniladi.  

Yoz  oylarida  suv  ta’minoti  uchun  mo’ljallangan  quyoshli  qurilmalar 

ayniqsa, asqotadi. Ulardan qishloq joylarida foydalanish katta samara beradi. 

Chunki maishiy qulaylikni shahar sharoitiga yaqinlashtiradi.  

 Ma'lumotlarga ko’ra, dunyoda  2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab 

turibdi. AQShda quyosh kollektorlarining umumiy maydoni 15 million kvadrat 

metrni, Yaponiyada 12 million kvadrat metrni, Yevropa Ittifoqi davlatlarida esa 

umumiy maydoni 20 million kvadrat metrga yaqin quyosh kollektorlari hamda 

Isroilda mamlakat issiq suv ta'minotining 75 foizini ta'minlaydigan 1millionga 

yaqin quyosh moslamasi ishlayapti.   



Respublikamiz  Quyosh  energiyasini  o’zlashtirish  uchun  dunyoda  qulay 

bo’lgan hududlar sirasiga kiradi. Bizda, O’zbekistonda quyoshli kunlar yiliga 

2200 dan 3000 soatgacha davom etadi. Bu vaqt ichida Quyosh energiyasi “jala’ 

si  yiliga  har  kvadrat  metrga  1200  dan  1700  kilovatt  soatni  tashkil  qiladi.  Bu 

quyosh  nurlanishi  Portugaliya  ko’rsatkichlariga  tengligini  yoxud  mamlakat 

yoqilqienergitika  hajmida  munosib  o’ringa  ega  bo’lgan  Yaponiya 

ko’rsatkichlaridan  ikki  barobar  yuqori  ekanligini  ko’rsatadi.  O’zbekistonning 

qayta  tiklanadigan  energiya  manbalarining  salohiyati  51  million  tonna  neft 

ekvivalentiga teng. Agar qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnikaviy 

salohiyatidan to’liq foydalanilsa, atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million 

tonnaga  yaqin  is  gazining    (uglerod  ikki  oksidi)  bartaraf  qilinishiga  sharoit 

yaratiladi.  Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  energiya  resurslarining  asosini 

uglevodorodlar: tabiiy gaz va neft tashkil qiladi.  

Umumiy energiya quvvatlari 11000 MVt dan ortiqroq bo’lib, Markaziy Osiyo 

birlashgan energiya tizimi quvvatlarining 50% i mamlakatimiz hissasiga to’g’ri 

keladi. Respublikamizning yalpi quyosh energiyasi salohiyati 50973 mln.t.n.e., 

texnikaviy  salohiyati  esa  176,8  mln.t.n.e.  Lekin,  hozirgi  kunda  quyosh 

energiyasining faqatgina 3% i o’zlashtirilgan xolos.  

Fotoelektrik  stansiyalarni  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  bo’yicha 

amaliy  qadamlar  yurtimizda  2003  yilning  aprelida  "Foton"  OAJ  tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnika  davlat  qo’mitasi  huzuridagi 

Texnologiyalar transferasi agentligi tashabbusi bilan boshlandi. Hozirgi kunda 

quvvati 100 dan 12000W gacha  

bo’lgan fotoelektr stansiyalar ishlab chiqarilib, amalda qo’llanilmoqda.  

 Navoiy  viloyatining  Uchquduq  shahri  hududida  quyosh  elektrostansiyalari 

faoliyat ko’rsatmoqda, parniklar isitilmoqda, oziq ovqat mahsulotlari quritilib 

xalqimizning kori holiga yaramoqda. Bu masalani rivojlantirishning to’g’anoq 

bo’lgan  tomonlari  ham  mavjud  bo’lib,  quyosh  nurini  elektr  energiyaga 

aylantiradigan fotoelementlarning yuqori temperaturaga bardosh bera olmasligi, 

fotoelementlar  narxining  qimmatligidir.  Bu  sohada  esa  butun  dunyo  olimlari 

qatori  o’zbek  olimlari  ham  ilmiy  izlanishlar  olib  bormoqda.  Natijada  hozirgi 

kunda fotoelementlardan Kremniy (Si) FIK 15% dan 20 % gacha, Arsenet galliy 

(SaAs) fotoelementining FIK 30% dan 40% gacha  ortirildi. Shu bois  ularning 

sirtini  tashqi  muhitdan  himoyalash  hisobiga  uning  FIK  yana  ko’paymoqda. 

Shuning  uchun  ham  olimlar  fotoelementni  kamroq    ishlatish  maqsadida 

konsentratorlardan  foydalanishni  ham  bir  necha  variantini  tavsiya  etdilar.  

Quyida yuqori temperturalar hosil qilinadigan konsentratorlar tasvirlangan.  

 

 




Quyosh energiyasi yordamida hozirgi vaqtda Yer ostidan suvlar chiqarib 

olinadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va turar joylarda maishiy qulayliklar 

ta’minlanadi. Meva-sabzavotlar yetishtirilib, yem- xashaklar o’stiriladi.  

Respublikamiz  poytaxti  Toshkentga  yaqin  joyda  Tyan-Shan  tog’ining 

janubiy g’arbiy etagida ajoyib ilmiy ishlab chiqarish metallurgiya kompleksi 

barpo  etilgan.  Unda  har  biri  taxminan  50  metr  kvadrat  maydonni  egallovchi 

qaytargich oynadan iborat 62 dona geliostat qurilma kompleksi o’rnatilgan. Bu 

oynalar elektr uzatkichlar yordamida, avtomatik ravishda Quyoshdan qolmay 

harakatlanadi. Shu tufayli o’rnatilgan pechlar har kuni 8 soatdan, yozda esa 10 

soatdan ishlaydi.  

Quyoshli  pechlar  o’ta  toza,  yuqori  haroratga  bardoshli  materiallarni 

eritishga  imkon  beradi.  Ular  hozirga  qadar  faqat  laboratoriya  sharoitida  oz 

miqdorda olinadi. 3000 gradusdan yuqori harorat rejimida pechining issiqligi 

har  qanday  aralashmadan  holi,  shuning  uchun  eritilayotgan  materialning 

strukturasiga  ta’sir  etuvchi  omillarning  imkoni  yo’q.  Ilmiy  texnika 

taraqqiyotining  hozirgi  rivojlanish  bosqichida  shunday  toza    qotihmalarga 

bo’lgan talab juda katta.  

Hozir  Rossiya  Federatsiyasi  Krasnodar  shahrining  chekkasida  barpo 

etilgan  bir  qishloqning  hamma  uylarida,  energiya  ta’minotida  quyoshli 

batareyalar o’rnatilgan. Bu uylarning janub tomonlari odatdagi panel oynalar 

bilan yopilgan. Ularning yuzasida o’ta sezgir fotoelementlar o’rnatilgan. Ular 

har  qanday  ob-havo  sharoitida  tok  ishlab  chiqaradi.  Masalan,  iyul  va  avgust 

oylarida  bitta  ‘tom’  60  kilovatt  soatdan  ziyod  elektr  energiyasi  ishlab 

chiqaradi.  Boshqa  oylarda  Quyosh  elektr  stansiyasi  (QES)  ning  quvvati 

birmuncha  pasayib, 10  kilovatt  soatgacha  yetadi.  Shunga  qaramasdan,  ancha 

miqdor energiya qoladi, uni tumanning umumiy energiya tarmoqlariga beradi.  

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Respublikada yagona bo’lgan 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin