RADIOKTIV CHIQINDILAR VA ULARNI
ZARARSIZLANTIRISH MUAMMOLARI VA ULARNING
BIOORGANIZMGA TA’SIRI.
Yana bir muammo radioaktiv chiqindilarni saqlashdir. Atom elektr stansiya
(AES) lar terrritoriyasida chiqindilar saqlanadigan maxsus joylar “go’rlar” mavjud.
Biroq, ularni mutlaqo xavfsiz deyishga e’tirozlar bor.
Eng istiqbolli energiya manbalariga mutaxassislar vodorodni energiyasini
kiritishdi, uning zahiralari bizning sayyoramizda amalda cheklanmagan.
Vodoroddan energiya manbai sifatida keng foydalanish atrof-muhit tozaligini
saqlashga imkon beradi, chunki uni yoqish jarayonida faqat distillangan suv
hosil bo’ladi. Odatdagi suvdan sanoat miqyosida vodorod olishning bir necha
usullari allaqachon izlab topilgan. Vodorodni sanoatda olish uchun atom elektr
stansiyalari, Quyosh va dengiz suvlarining ko’tarilish energiyalaridan
foydalanish taklif etilgan.
Hozirda issiqlik nasoslari deb ataluvchi prinsipial yangi energiya
manbaidan foydalanish amalga oshirilmoqda. Issiqlik nasoslaridan freon gazi
yordamida atrofmuhitga tarqalgan issiqlik amalda foydalanish uchun to’plab
olinadi. Atrof- muhitdan to’plangan energiya, issiqlik nasoslarini ishlatish
uchun sarflangan energiyadan bir necha marta ko’p bo’ladi. Shunday qilib,
energiyaning saqlanish qonuni buzmasdan, issiqlikning atrof- muhitdan
kondensatsiyalanishi hisobiga ishlaydigan “doimiy dvigatel” ga o’xshash
moslamalar yaratilgan. Bu moslama atrof-muhit harorati yetarlicha yuqori
bo’lganiga qadar ishlay oladi. Energiyaning yana bir yangi turi termoyadroviy
energiyadir. Termoyadroviy energiya vodorod geliyga aylantirlganda ajratib
chiqadigan energiyadan inson ehtiyoji uchun foydalanishga asoslangan.
Termoyadroviy elektr stansiyalar atom elektr stansiyalariga qaraganda ancha
“toza”, “xavfsiz” bo’ladi. Biroq bunday elektr stansiyalarini qurish uchun juda
murakkab va qimmatbaho jihozlar kerak bo’ladi, chunki termoyadroviy
reaksiyalar faqat plazma (moddaning 4-agregat holati) da boradi. Biroq, shunga
qaramasdan kelajak enargiyasi ana shu elektr stansiyalarniki deb tahmin
qilinmoqda.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirda katta ahamiyatga ega
bo`lgan yangilanmaydigan resurslar keyinchalik o`z qiymatini yo`qotadi.
Buning asosiy sababchisi bo`lib ularning cheklanganligi, miqdor jihatdan
kamayishi tufayli vaqt o`tishi bilan qimmatlashuvi hamda ekologik jihatdan
ancha xavfli ekanligi xizmat qiladi. Yangilanadigan resurslardan energiya olish
yildan-yilga ommalashadi va bu o`z navbatida ularning narxi tushishini
ta`minlaydi. Biz bularning amaldagi isbotini so’nggi yillardagi energetika
sohasidagi tendensiyalarda ham ko’rishimiz mumkin. Keyingi 30-40 yil ichida
energetikada alternativ energiya manbalarining ulushi ortib borishi kuzatiladi
degan xulosani berish uchun barcha asoslarga egamiz.
Dostları ilə paylaş: |