O’ZBEKISTONDA ISTIQBOLLI ENERGIYA ZAHIRALARI.
-
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, elektr
energiya
bozorini
shakllantirish va rivojlantirish;
-
respublika iqtisodiyotini va aholisini sifatli elektr energiyasi
bilan ishonchli ta’minlash;
-
energetik korxonalarni
texnik
jihatdan
qayta
jihozlash va
modernizaciyalash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
- energetik ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
- Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi doirasida integratsion
jarayonlarni yanada rivojlantirish.
Mamlakatimiz elektr energetikasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish,
energiya sarfi hajmini kamaytirish va energiya tejaydigan tizimni joriy etishga
yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar davlatimiz rahbari Islom Karimov
tashabbusi
bilan
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
oqibatlarining
iqtisodiyotimizga ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqilgan Inqirozga
qarshi choralar dasturini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu borada xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shahar va qishloq
iste’molchilari tomonidan elektr energiyasi iste’molini hisobga olish hamda
nazorat qilish tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 5 iyunda qabul
qilingan “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga
binoan elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizatsiya qilish ishlari
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Keng ko‘lamli dasturda energetika
obyektlari, xo‘jalik subyektlari va maishiy sektor iste’molchilarini zamonaviy
elektron hisobga olish priborlari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Elektr
energiyasini hisobga olishi tizimini takomillashtirish vazifasini davlat
miqyosida hal etish hamma mamlakatlarda ham amalga oshirilayotgani yo‘q.
O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida bu borada birinchi hisoblanadi.
Elektron elektr hisoblagichlarning joriy etilishiga qarab, ular orqali elektr
energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari
tashkil etilmoqda. Bunda energiya iste’moli bo‘yicha axborotni qayta ishlash
jarayonlarini – axborot to‘plash, qayta ishlash va uni axborot to‘plash
markazlariga uzatishni avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish
O‘zbekiston energetika sektorida “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik
kompaniyasi o‘z kuchi bilan amalga oshirayotgan asosiy innovatsiya
hisoblanadi
Avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etishni jadallashtirish
maqsadida 2004 yili tashkil etilgan “Elektron hisoblagich” O‘zbekiston-Xitoy
qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda bozor sharoitida elektr energiyasi sarfini ishonchli va
tezkor hisobga olish energetika korxonalari uchun ham, iste’molchilar uchun
ham dolzarb vazifaga aylanmoqda. Mavjud hisobga olish tizimlari
modernizatsiya qilinib, ma’lumotlarni masofadan turib olish imkoniyati
yaratilgach, ko‘p sonli nazoratchilar ishiga hojat qolmaydi. Avtomatlashtirilgan
hisobga olish tizimining asosiy afzalligi shundaki, uni qo‘llash energiya
yo‘qotishlarni kamaytirish va uning sarfini hisobga olish hamda nazorat qilish
tizimini takomillashtirish imkonini beradi. Yaratilayotgan avtomatlashtirilgan
hisobga olish tizimi ko‘p funksiyali elektron hisoblagichlarga asoslangan.
Bunday pribor korpusiga iste’mol qilingan elektr energiyani hisobga olish bilan
birga, ushbu axborotni energiya ta’minoti tashkilotining dasturiy-texnik
kompleksiga uzatadigan moslama o‘rnatilgan. Bunday hisobga olish priborlari
energetika korxonalari, yangi qurilayotgan sanoat obyektlari va fuqarolar
xonadonlariga o‘rnatilmoqda.
Avtomatlashtirilgan hisobga olishning yagona tarmog‘i, hukumat qarori
doirasida, 10 ta issiqlik elektr stansiyasi, elektr tarmoqlarining 14 ta hududiy
korxonasi, oltita gidroelektr stansiya kaskadi va magistral elektr tarmoqlar
korxonasi – “O‘zelektrtarmoq”dagi 31 ta axborot to‘plash markazini o‘z ichiga
oladi.
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra,
ayni paytda barcha issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy, ko‘p funksiyali
elektron hisobga olish priborlari o‘rnatilgan. Har bir obyektda 20 tadan 100
tagacha shunday pribor bor. Ular bir nuqtada birlashtiriladi. Keyin stansiyadan
asosiy respublika markaziga axborot uzatish uchun sharoit yaratiladi.
O‘rtachirchiq gidroelektr stansiyasi, Yangi-Angren, Sirdaryo issiqlik elektr
stansiyasi, Toshkent issiqlik elektr markazi kaskadida dasturiy-texnik
komplekslar mahalliy rejimda ishlamoqda va hisobga olish aniqligi hamda
ishonchliligi ortmoqda.
Ma’lumki, energiya – saqlab qo‘yiladigan, jamg‘ariladigan tovar emas.
Qabul qilinadigan va qo‘shni mintaqalarga tarmoqlar bo‘yicha yetkazib
beriladigan elektr energiyasi oqimini aniqlaydigan zamonaviy hisobga olish
priborlari elektr tarmoqlari hududiy korxonalari tomonidan viloyatlar
chegaralarida o‘rnatilmoqda. Ularni yagona tizimga birlashtirish uchun baza
yaratilmoqda va bu inson omilini istisno qilgan holda, masofadan turib nazorat
qilish hamda iste’mol qilingan elektr energiyasini aniq hisobga olish imkonini
beradi. Mamlakatimizda
avtomatlashtirilgan tizim to‘liq joriy etilgach, qo‘shimcha hisobga olinadigan
elektr energiyasining yillik miqdori xonadonlar bo‘yicha qariyb 2 milliard
kVt/soatni, xo‘jalik subyektlari bo‘yicha esa 1 milliard kVt/soatni tashkil etishi
ko‘zda tutilgan.
Muxtasar aytganda, elektr energiyasini avtomatlashtirilgan hisobga olish
tizimini joriy etish tufayli O‘zbekiston Respublikasining «Elektr energetikasi
to‘g‘risida»gi qonuni talablari asosida elektr energiyasini samarali sotish uchun
qulay shart-sharoit yaratiladi.
Elektr energiya hosil qilishda AES lar, shamol, to’lqin, qalqish,
geotermal, quyosh elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta.Ammo bizning
mamlakatimizda ularning ahamiyati uncha katta emas. Respublikamiz bitmas-
tuganmas quyosh energiyasiga boy. Undan foydalanishda yirik ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shulardan eng yirigi Parkent tumanida joylashgan
Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Fizika-Quyosh” inshootidir.
Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug’bek
shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O’zbekistonda yaqin
kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan.
Mamlakatimizda elektr energiyasini hosil qilish, undan foydalanish
ishlariga o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida kirishilgandi. O‘zbekistondagi
birinchi gidroelektrostansiya — Bo‘zsuv GESi 1926 yilning 1 mayida
foydalanishga topshirilgan. Shundan so‘ng, tez orada Bo‘rjar GESi, Oqqovoq,
Farhod, Chorvoq GESlari ishga tushirilib, Toshkent GESlari kaskadi vujudga
keladi. Shuningdek, Angren, Toshkent, Taxiatosh va boshqa o‘nlab issiqlik
elektr stansiyalari bunyod etiladi.
Mustaqillik yillarida bu sohani yanada rivojlantirish, aholini elektr
energiyasiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Surxondaryoning Sariosiyo
tumanida To‘palang suv ombori va GESi qurilishi qizg‘in davom etmoqda.
Qanchaqancha stansiyalar, nimstansiyalar o‘rnatildi. O‘nlab elektr
stansiyalardagi
energobloklar,
turboagregatlar,
energetik
qozonlar,
gidroagregatlar ta’mirlandi. Bir necha o‘n ming kilometr uzunlikdagi turli
kuchlanishli elektr uzatish liniyalari o‘rnatildi va qanchasi ta’mirlandi. Tarmoq
transformatorlari va taqsimlash punktlari ham ta’mirdan chiqarildi.
Endilikda yurtimizda elektr energiyasi kirib bormagan bironta qishloq
yoki ovul qolmadi. Barcha korxona, tashkilotlar, xonadonlar bu bebaho
ne’matdan bahramand bo‘lmoqda.
Biroq elektr energiyasi qancha mablag‘ va mashaqqat evaziga ishlab
chiqarilib, yetkazib berilayotganini ko‘pchilik tasavvur ham qilolmaydi.
Masalan, uskunalarni ta’mirlash, generatorlar quvvatini oshirish kabi ishlarga
«O‘zbekenergo» Davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2007 yilda 112,6 mlrd.
so‘m, 2008 yilda esa 155 mlrd. so‘m sarflagan. Hozirgi paytda mamlakatimizda
iste’molchilarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda elektr energiyasi yetkazib
berilmoqda . Bugunga kelib O‘zbekiston o‘zini o‘zi elektr quvvati bilan to‘la
ta’minlayotganligi energetika mustaqilligiga erishganimizdan dalolatdir.
Ayniqsa, 2004 yilning noyabr oyida Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi ishga
tushgach, mamlakatimizning elektr quvvati ishlab chiqarish borasidagi
imkoniyatlari yanada kengaydi. Zero, bu stansiya zamonaviyligi, quvvati
jihatidan Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 15 dekabrda qabul qilingan
“20112015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimiz elektr energetika
tarmog‘ini modernizatsiya qilish va qayta jihozlashning asosiy yo‘nalishlari
belgilab berilgan edi. Shuningdek, qarorda energetika tarmog‘ida ishlab
chiqarishni yangilash, uni zamonaviy, yuqori texnologik uskunalar bilan
jihozlash, eng so‘nggi ilm-fan yutuqlari va ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini
amaliyotga jadal tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom
ettirish ko‘zda tutilgan.
Bugun “O‘zbekenergo” kompaniyasi tarkibida 54 korxona va tashkilot
faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz elektr stansiyalarining belgilangan ishlab
chiqarish quvvati 12,4 million kilovattni tashkil etadi. Elektr energiyaning
asosiy ulushi, ya’ni 90 foizga yaqinini issiqlik elektr stansiyalari ishlab
chiqarmoqda. Barcha kuchlanishdagi elektr tarmoqlari uzunligi 238,8 ming
kilometrdan oshadi. Kompaniya tomonidan yaxlit elektr energetika tizimining
samarali ishlashi, energiya ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari
ta’minlandi, faoliyatning ko‘zda tutilgan parametrlari va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning maqsadli dasturlari amalga oshirildi.
Energetika tarmog‘ida jami 44, jumladan, issiqlik energetika sohasida 15,
gidroenergetika sohasida 9, elektr tarmoqlarida 16 va boshqa sohalarda 4
investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Umuman olganda, tarmoqni ustuvor rivojlantirish dasturi 5,2 milliard
AQSH dollari, shu jumladan, yangi qurilish bo‘yicha 3,5 va rekonstruksiya
ishlari bo‘yicha 1,7 milliard dollar miqdorida baholanmoqda. Bunda ishlab
chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish sarf-xarajatlari 3,9
milliard, elektr tarmoqlarini rivojlantirish xarajatlari 940 million, elektr
energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan holda hisobga olish va nazorat qilish
tizimi, tajriba shamol elektr qurilmasi hamda boshqa inshootlarni qurish orqali
elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizatsiya qilish va boshqa
xarajatlar 370 million dollarni tashkil qiladi. Chunonchi, bug‘-gaz qurilmasini
joriy etish hisobidan Tallimarjon IESni kengaytirish loyihasini amalga oshirish,
gaz-turbina qurilmalari bazasida Toshkent issiqlik elektr markazini
modernizatsiya qilish, Yangi Angren IES 1-5 energiya bloklarini rekonstruksiya
qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining
(JICA), Eksimbank (Xitoy) mablag‘lari va NEDO (Yaponiya) grant mablag‘lari
jalb etildi.
“Tallimarjon IES So‘g‘diyona
kichik
stansiyasi”, “Sirdaryo IES-
Yangi
Angren IES” kabi bir qator 500 kVli elektr uzatish liniyalarini qurish bo‘yicha
Eksimbank (Xitoy) va Jahon bankining kredit mablag‘lari jalb etildi. “Elektr
energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan holda hisobga olish va nazorat qilish
tizimlari” loyihasini Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kreditlari (220
million AQSH dollari) hisobidan hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi
qonuniga muvofiq joylardagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari
iste’molchilarga elektr energiyasini elektr ta’minot shartnomalari asosida
taqsimlamoqda va sotmoqda. To‘lov intizomini mustahkamlash va to‘lovlarni
o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash uchun “O‘zbekiston pochtasi” ochiq
aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan bosh shartnomaga ko‘ra, respublikamiz
pochta bo‘limlari maishiy iste’molchilarga foydalanilgan elektr energiyasi
uchun to‘lov hisob-raqamlarini yetkazib bermoqda. Ayni paytda tarmoqda
energiya tejaydigan texnologiyalarga katta e’tibor berilmoqda. Elektr energiyasi
iste’molini avtomatlashtirilgan holda hisobga olish va nazorat qilish tizimi
bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Korxonalar, xo‘jalik subyektlari va
maishiy iste’molchilarda Elektr energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan holda
hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish texnologik yo‘qotishlarni
kamaytirish, butun jarayonda elektr resurslarini yetkazib berishning aniq hisob-
kitob qilinishini ta’minlaydi. Tizimning shakllangan optimal ishlash rejimi
yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanishni yaxshilashga
ko‘maklashadi.
To‘liq moliyalashni “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
mablag‘lari, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar hisobidan
amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu yangilik yiliga
2,75 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tejash, shuningdek, har yili atrof-
muhitga 1,9 million tonnagacha bug‘xona gazi chiqarilishini kamaytirish
imkonini beradi. Har yili tejab qolinadigan energiya qiymati qariyb 125 million
dollarni tashkil etadi.
Iste’molchilar bilan hisob-kitob qilishni takomillashtirish maqsadida
elektr energiyani hisobga olish bo‘yicha zamonaviy elektron priborlarni joriy
qilish hamda Elektr energiyasi iste’molini avtomatlashtirilgan holda hisobga
olish va nazorat qilish tizimini tashkil etishga doir ishlar davom etmoqda. Joriy
yil birinchi choragida kompaniya mablag‘lari hisobidan maishiy sektorda 122,6
mingta bir fazali elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.
Bunday investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shubhasiz,
mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholisini energiya bilan samarali, ishonchli va
barqaror ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |