ko`mirning zahiralari ancha arzon, keng tarqalgan, ya`ni 909 mlrd. tonna
atrofida va bu zahira ko`mirga bo`lgan ehtiyojni yana 45 yilga qondira oladi
energiyaga bo`lgan ehtiyojning ortishi bilan ko`mirga bo`lgan talab ham yiliga
o`rtacha 2 % dan ko`tarilmoqda. Lekin ko`mirning yoqilishidan CO
2
, SO
2
, NO
x
kabi gazlar hosil bo`ladi. CO
2
gazi global isishga sabab bo`lmoqda, SO
2
gazlar
kislotali yomg`irlarni keltirib chiqarmoqda, NO
2
gazlar esa ozon qatlamining
yemirilishida qatnashadi. Shuning uchun ham ko`mirdan foydalanish qattiq
tanqid qilinmoqda hamda boshqa muqobil energiya turlariga o`tish yoki yangi
turlarni kashf qilishga katta e`tibor qaratilgan.
Xususan, Yevropa Ittifoqi 2009-yilda 9 % energiyani yashil energiya
manbalaridan olgan bo’lsa, 2020-yilga kelib bu ko’rsatkich 20 % ga, 2030-yilga
kelib 33 % ga ko’tarilishi rejalashtirilmoqda. Daniya va Germaniya esa o’zining
noqulay geografik joylashuviga qaramasdan quyosh energiyasiga katta
miqdorda investitsiya kiritmoqda. 2009-yilda yashil energiya sohasiga jami 140
mlrd $ investitsiya kiritilgan bo’lib, bu an’anaviy energiya manbalariga
qaraganda 30 mlrd $ ga ortiq demakdir. Ularning 30 % dan ortig’i Yevropa va
Angliya hissasiga to’gri keladi.
Dostları ilə paylaş: