Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#42716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ABDIQODIROV SHAHBOZ

  

 

  

O’ZBEKISTON  ENERGITIKASI.

 

 

 

Mamlakatlar  iqtisodiyotida  asosiy  va  tayanch  tarmoqlardan  biri 



elektroenergetikadir.  Fan-texnika  rivojlangan  davrda  xalq  xo’jaligi  barcha 

tarmoqlarining  elektrlashtirilishi  va  avtomatlashtirilishi  elektroenergetika 

tarmog’iga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 

manbalariga ko’ra energetika sanoati uch turga bo’linadi:  



1.  Issiqlik;  

2.  Gidro;  

3.  Atom;  

energetika  tarmoqlaridir.  Butun  jahondagi  issiqlik  elektrostansiyalari 

umumiy  elektr  energiyaning  63%  manbalarini  ishlab  chiqaradi.Issiqlik  elektr 

stansiyalarining  asosiy  yoqilg’i  manbalari  ko’mir,  gaz,  mazut  va  torfdir.  Beshta 

yirik  IESda  quvvati  150  dan  800  MVt  gacha  bo`lgan  energobloklar  o`rnatilgan. 

Bular  Tolimarjon,  Sirdaryo,  Yangi  Angren  va  Toshkent  IES  kabi  yirik  issiqlik 

elektr  stansiyalari  bo`lib,  86  foizga  yaqin  elektr  energiyasini  ishlab  chiqaradi. 

Keyinchalik tabiiy gaz konlarining boy zahiralari topilishi elektr energiyaning IES 

larda ko’p ishlab chiqarilishiga sabab bo’ldi. Mamlakatimizda IES lar XX asrning 

50-60  yillarida  tabiiy  gaz  konlari  zahiralarining  topilishi  bilan  rivojlana 

boshladi.Hozirgi  kunda  ular  O’zbekistonda  ishlab  chiqarilayotgan  elektr 

energiyaning  asosiy  qismini  tashkil  qiladi.  O`zbekiston  elektrenergetikasi  2001 

yildan  boshlab  “O`zbekenergo”  Davlat  akciyadorlik  jamiyati  shaklida  faoliyat 

ko`rsatib  kelmoqda  va  o`z  ichiga  ko`mir  sanoati  korxonalarini  ham  olgan. 

Kompaniya  tarkibiga  53  ta  korxona  va  tashkilot,  shu  jumladan  39  ta  ochiq 

aksiyadorlik jamiyati, 11ta unitar korxona, 2 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat va 

kompaniyaning  “Energosotish”  filiali  kiradi.  Hozirgi  bosqichda  kompaniya  xalq 

xo`jaligi va aholining markazlashtirilgan elektr ta’minotini amalga oshirilmoqda, 

shuningdek  respublikaning  ayrim  shaharlarida  sanoat  va  kommunal  –  maishiy 

iste’molchilarga    issiqlik  energiyasini  bermoqda.  Iqtisodiy  islohotlar  yillari 

mobaynida sohaning energetik korxonalari  tomonidan har yili  48 mlrd. kVt.soat  

elektr    energiyasi    va    10  mln.  Gkal.dan  ortiq  issiqlik  energiyasi  ishlab 

chiqarilmoqda, 

 

 




  

  

bu  esa  iqtisodiyot  va  aholining  elektr  energiyasiga  bo`lgan  talabini  to`liq 



qondirmoqda.  

Bugungi kunga kelib, O`zbekiston      elektr     stansiyalarining      o`rnatilgan    

quvvati      12,3  mln.  kVt.dan  ortadi  va  butun  Markaziy  Osiyo  Birlashgan 

energetika  tizimidagi  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  deyarli  50  foizini  tashkil 

etadi.   

Umumiy o`rnatilgan quvvati 12,0 mln. kVt bo`lgan 39 ta elektr stansiyalarini 

o`z tarkibiga olgan “O`zbekenergo”  kompaniyasi amaliy jihatdan respublikada 

elektr energiyasining asosiy ishlab chiqaruvchisi va etkazib beruvchisi bo`lib 

hisoblanadi.   

Elektr stansiyalarining o`rnatilgan quvvati  respublikaning elektr energiyasiga 

bo`lgan    tobora  o`sib  borayotgan  talabini  qondirish,  elektr  energiyasini 

eksportga  etkazib  berish  majburiyatlarini  bajarish  va  mamlakatimizning 

energetik xavfsizligini ta’minlash uchun etarlidir.  


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin