Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti


O’ZBEKISTON  QUYOSH  ENERGIYASIDAN  FOYDALANISH



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#42716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
ABDIQODIROV SHAHBOZ

O’ZBEKISTON  QUYOSH  ENERGIYASIDAN  FOYDALANISH 

ISTIQBOLLARI.

 

 



O’zbekiston  quyosh  energiyasidan  foydalanishning  barcha  iqtisodiy 

yo’nalishlari bo’yicha afzalliklarga ega. Yuqorida qayd etilganlardan va hozirgi 

iqtisodiy  sharoitlardan  kelib  chiqib  bugungi  kunda  asosiy  energiya  manbai 

bo’lgan  tabiiy  resurslarning  vaqti  kelib  tugashini  hisobga  olgan 

holda,O’zbekiston  Respublikasi  tabiatni  muhofaza  hilish  Davlat  qo’mitasi 

tomonidan  davlat  unitar  korxonasi  -  "Eko-Energiya"  ilmiy  tadqiqot  markazi 

tashkil etilgan.  

Markazning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:  

energiya ishlab chiqarish jarayonida atrof muhit ifloslanishi va shu  



yo’nalishda qonuniy, me'yoriy, boshqaruv va dastur hujjatlarini tayyorlash;  

atrof  muhitni  muhofazasi,  tabiiy  resurslarni  iqtisod  qilish,  ulardan 



samarali  foydalanish,  tiklanadigan  energiya  manbalarini  o’rganish  va 

amaliyotga tadbiq qilish yo’llarini izlash;  

tiklanadigan  va  ekologik  toza  energiya  manbalarini  tadqiqot  qilish  va 



ularni keng ko’lamda amaliyotga qo’llash;  

tiklanadigan energiya manbalarini qo’llashda ilg’or tajribalarni o’rganish 



va  optimal  variantlarni  qo’llash  bo’yicha  Eko-energiya  texnologiyalarini 

amaliyotga tadbiq qilish siyosatini yuritish;  




quyosh energiyasidan foydalanish bo’yicha iqtisodiy topshiriqlar asosida 

mahalliy resurslarni hisobga olgan holda loyihalash, qurish va hokazolar.  

 Quyosh energiyasidan foydalanish tizimlari yaratilishining afzalliklari asosan 

elektr  va  boshqa  energiya  manbalari  bo’lmagan  hududlarda  tiklanadigan 

energiya  manbalari  yaratgan  holda  xalq  xo’jaligi  va  aholining  energiya 

manbalariga bo’lgan talablarini qondirishdan iborat.  

 Hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan energiya manbalari asosan ko’mir, neft, 

tabiiy  gaz,  suv  va  boshqa  tabiiy  resurslar  hisobiga  olinib,  katta  harajatlar 

hisobiga  ishlab  chiqariladi.  Bundan    tashqari  qazib  olinadigan  qazilma 

boyliklarning  zahiralari  chegaralangan  bo’lib,  uning  miqdori  yildan  yilga 

kamayib boradi. Eng yomon tomoni tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida 

atrof muhit ifloslanadi va katta miqdorda qayta ishlanmaydigan chiqindilar hosil 

bo’ladi.  Shu  sababli  tiklanadigan  energiyadan  foydalanishning  afzalliklarini 

ayniqsa  quyosh  energiyasidan  unumli  foydalana  olish  yo’llarini  o’rganib 

chiqish,  ularni  takomillashtirish  va  qulay  optimal  variantlarini  hayotga  tatbiq 

qilish shu kunning talabi hisoblanadi.  

 Quyosh  issiqlik  qozonlari  faqat  tabiiy  gazni  ishlatishni  60  foizgacha 

kamaytiradi. Bu uskunalar asosan aholi, xususiy sektor va byudjet tashkilotlari 

tomonidan  foydalanish  maqsadlarida  ishlab  chiqarilib  keng  qo’llaniladigan 

energiya  manbalariga  nisbatan  50-70  foiz  arzonga  tushadi.  Aniqlik  kiritish 

uchun  quyosh  energiyasida  ishlaydigan  fotoelektrik  sistema  -  FES  100/12 

modelining qisqacha xarakteristikasi quyidagicha:  

ish  prinsipi  -  quyosh  energiyasini  to’g’ridan  to’g’ri  elektr  energiyasiga 



aylantirish  va  akkumulyator  batareyasida  to’plash,  keyinchalik  avtonom 

iste'molchi orqali elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarida foydalanish;  

to’rttagacha  11  vt.li  lyuminisens  lampalari,  oq-qora  tasvirli  16  sm.li 



televizor  va  boshqa  variantlarida  rangli  25  sm.li  televizor,  radiopriemnik, 

magnitofon  va  ultratovushli  kir  yuvish  mashinalaridan,  maxsus  kichik 

kuchlanishda ishlaydigan nasos agregatlarida ham foydalanish. Bundan tashqari 

qish  paytlarida  va  yil  davomida  iste'molchilarning  issiq  suvga  bo’lgan 

ehtiyojlarini qondirish uchun bunday uskunalardan foydalaniladi. Hech kimga 

sir emas, hozirgi kunda joylarda aholi kundalik ehtiyojlari uchun berilayotgan 

elektr  ta'minotidagi  uzilishlar  o’z  navbatida  aholining  turmush  tarziga  salbiy 

ta'sir  qiladi.  Ko’plab  tog’  va  tog’oldi  hamda  olis  hududlarda  elektr  ta'minoti 

yaxshi  yo’lga  qo’yilmagan  yoki  butunlay  mavjud  emas.  Shuning  uchun 

ekologik  toza  atrof  muhit  holatiga  ta'sir  etmaydigan  energiya  manbalaridan 

foydalanishga o’tish bo’yicha targ’ibot-tashvihot ishlarini jonlantirishimiz talab 

etiladi.  

Kelajakda qayta tiklanadigan energitikaning rivojlantirish strategiyasi va 

maqsadlarini, shuningdek, rag’batlantirishning tegishli mexanizmlarini ishlab 

chiqish  O’zbekistonda  iqtisodiyotning  yangi  tarmog’i,  avvalambor,  qayta 

tiklanadigan  energiya  manbalarini  umumiy  salohiyatining  qariyb  99  foizini 

tashkil  etadigan  quyosh  energitikasini  keng  ko’lamda  rivojlantirish  uchun, 



qolaversa,  mamlakatimiz  tabiatining  mussafoligini  taminlashga  qulay  asos 

yaratishi mumkin.  

Erga tushadigan quyosh nurlanishi oqimining eng katta zichligi 0,3-2,5 

mkm to’lqin uzunliklari diapazonida taxminin 1 kVt/m

2

 

ni tashkil qiladi. Bu 



nurlanish qisqa to’lqinli hisoblanadi va ko’rinadigan spektrni o’z ichiga oladi. 

Aholi yashaydigan joylar uchun joyga, kunning vaqtiga va ob-havoga bog’liq 

ravishda yerga tushadigan quyosh energiyasi oqimlari kun davomida 3 dan 

10 MJ/m


2

 

 gacha o’zgaradi.



 

Quyosh nurlanishi quyosh sirtida 6000

0

K harorat 



bo’lganida  aniqlanadigan  tarqalish  maksimumida  fotonlar  energiyasi 

(taxminan 2 eV) orqali xarakterlanadi. yer sirtini atmosfera bilan bog’lovchi 

nurlanish energiyasi oqimlari ham taxminan 1 kVt/m

2

 



ga teng, lekin ular 10 

mkm atrofidagi maksimumli, uzun to’lqinli deyiladigan 5-25 mkmli boshqa 

spektral diapazonni yopib qo’yadi. Spektr bo’yicha qisqa to’lqinli va uzun 

to’lqinli nurlanishlar birbiridan yetarlicha uzoqda joylashgan va ularni oson 

ajratish mumkin.  

 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin