Okeanlarning kuchli to’lqini tutash dengizlar suvini bir necha metrga
ko’taradi. Masalan, okeanning kuchli to’lqini Belomor va Oxot dengizlari
qirg’oq suvini har 12 soat 25 minutda 9-18 metrga ko’taradi. Suvning
ko’tarilishi katta energiyaga ega. Uning faqat Yevropa qismidan yiliga 40
milliard kilovatt soat elektr energiya olish mumkin. Suvning bunday ko’tarilishi
hisobiga ishlaydigan unchalik katta bo’lmagan elektr stansiya bundan 40 yillar
burun tajriba uchun Kislogub (Rossiya Federatsiyasi) da qurilgan edi. U hozirga
qadar turibdi. Suvning ko’tarilishi va dengiz to’lqinlari ekologik toza energiya
manbalaridir. Afsuski, bunday energiya manbalari va ulardan foydalanish
imkoniyati bizning O’zbekiston Respublikamizda yo’q.
Dostları ilə paylaş: |