yaratilmoqda. Bu g’amxo’rlikka javoban iste’dod va salohiyatini ishga solib,
ilmiy tadqiqotlar ustida qizg’in ish olib borayotgan yigit-qizlar shijoatini ko’rib
Toshkent davlat texnika universiteti "Nanotexnologiya" kafedrasi dosenti Dilnoza
Toshmuhammedova ham fizika sohasi rivojiga ulush qo’shish niyatida tinmay
izlanayotgan yoshlardan biri. Yaqindagina u o’zining eksperimental tadqiqotlari
asosida Respublikada birinchilardan bo’lib nanoelektronika sohasida doktorlik
qaralayotgan nanotexnologiya fizika (asosan elektronika), kimyo, tibbiyot,
qishloq xo’jaligi, ekologiyaga oid sohalar da yanada samarali foydalanish uchun
borib, noyob va yangicha xususiyatlarga ega bo’lgan nanoplyonkalar hamda
nanokristallarning ion implantasiyasi usulida hosil qilinishini isbotlashga
materiallarni olish, ularning fizik kimyoviy xususiyatlarini o’rganish va ular
asosida yangi xususiyatli elektron asboblar va qurilmalarni yaratishdir.
Umuman, nanotexnologiyaning, jumladan, nanoelektronikaning rivojlanishi
barcha jabhalarda ishlatiladigan elektron asboblar va qurilmalarning yangi va
mukammal hamda o’ta sezgir turlarini yaratish bilan bir qatorda, respublikamiz
xomashyo zahirasini 10-100 martagacha tejash hamda ekologik muhitga
ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu tadqiqotni amaliyotga tatbiq etish,
eng avvalo, kundalik hayotimizda qo’llanadigan kompyuter xotirasini
kuchaytirish va uning operativ xotirasini oshirishda qo’l kelishi, mazkur
qurilmaning extiyot qismlarini tashqi muhit ta’siridan asrashga xizmat qilishi
bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, kashfiyotdan tibbiyotda xastalikning eng
og’ir asoratlarini davolashda foydalanish mumkin ekan. Misol uchun, bosh
miyadagi shishlar nanorobot uskunasi yordamida aniqlanib, shu joyning o’ziga
ta’sir o’tkazilib, kasallik rivojlanishi to’xtatiladi. Qon tomirlari orqali kishi
organizmida paydo bo’lgan o’simtani jarrohlik amaliyotisiz butkul chiqarib
yuborish mumkin bo’ladi.
«Sayns nau» manbasida keltirilishicha, 1986 yili shveysariyalik fiziklar
A.Myuller va G.Bednors materiallarning yangi sinfini o’rganishni boshladi.
Jarayonda kislorod, mis va metallarning oksakuprotlar deb nomlanuvchi guruhi
tadqiq etildi. Olimlarning kuzatuvlari bu materiallar oddiy o’tkazgichlarga
o’xshamasligini ko’rsatdi. Boisi, ularning yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlik
xossasi juda ajablanarli edi.
A.Myuller va G.Bednors esa tadqiqot olib borib, mazkur moddalarning kritik
haroratini birdaniga taxminan 40 K.ga ko’tarishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu
muvaffaqi-yat yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlikning kashf etilishiga olib
keldi. Ko’p o’tmay, 1987 yili amerikalik fizik olim P.Chu oksokuprotni 100 K.
kritik haroratda sintez qildi. 1989 yili esa bu borada rekord o’rnatildi:
ko’rsatkich taxminan 125 K.ga yetdi.
O’ta o’tkazuvchanlik xossasining kashf etilishi o’tkazgichni suyuq azot
(uning qaynash harorati 77 K.) bilan sovitish imkonini beradi. Buning qator
ustunliklari ham bor: azot bilan tajriba o’tkazish suyuq geliyga nisbatan
taxminan ming marta kam xarajat talab etadi. Azot moddasi yordamida sovitish
texnologiyalarining keng joriy etilishi esa o’ta o’tkazuvchanlikni texnikada
yanada kengroq qo’llash imkonini beradi.
Umuman olganda, yuqori haroratdagi o’ta o’tkazuvchanlik xossasining
kashf etilishi kutilmaganda yuz berdi. Ahamiyatlisi, fizika fanidagi muhim, ayni
paytda tasodifan qilingan bu ixtiro soha mutaxassislari bo’lmagan shaxslar
tomonidan amalga oshirilgan. Undan keyingi davrda turli mamlakatlarning
kimyo sohasi olimlari oksokuprotlarni kerakli tartibda sintez qilib,ularning
qarshiligini haroratga bog’liq holda o’rganishdi.
Hozirga kelib, fizik olimlarni qiziqtiruvchi yana bir jihatga tobora e’tibor
kuchaymokda. Aniqroq aytganda, mutaxassislar yuqori haroratdagi o’ta
o’tkazuvchanlikdan tashqari xona haroratidagi o’ta o’tkazuvchanlik xossasining
ham borligini ta’kidlashmoqda. Agar mazkur xossani tajriba orqali aniqlashning
imkoni tug’ilsa, u holda hozircha aql bovarqilmasdek tuyuladigan yangi
kashfiyotlar amalga oshirilishi mumkin ekan. Masalan, ishlayotganda o’zidan
issiqlik ajratishi va o’tkazgichdan tok o’tganda ortiqcha energiya sarflanib,
apparatning qizib ketishi sababli ko’p elektr texnik moslamalarining ishdan
chiqish holati kuzatiladi. O’ta o’tkazuvchanlik xossasiga ega materiallarning
ko’llanilishi esa issiqlik samarasi va ta’sirini keskin o’zgartirishga imkon
yaratib, kurilma umrini uzaytirishi mumkin bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: