DENGIZ SUVINING KO`TARILISHI VA TO`LQINLAR
ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
Eng
istiqbolli
energiya
manbalariga
mutaxassislar
vodorodni
energiyasini kiritishdi, uning zahiralari bizning sayyoramizda amalda
cheklanmagan. Vodoroddan energiya manbai sifatida keng foydalanish atrof-
muhit tozaligini saqlashga imkon beradi, chunki uni yoqish jarayonida faqat
distillangan suv hosil bo’ladi. Odatdagi suvdan sanoat miqyosida vodorod
olishning bir necha usullari allaqachon izlab topilgan. Vodorodni sanoatda olish
uchun atom elektr stansiyalari, Quyosh va dengiz suvlarining ko’tarilish
energiyalaridan foydalanish taklif etilgan.
Hozirda issiqlik nasoslari deb ataluvchi prinsipial yangi energiya
manbaidan foydalanish amalga oshirilmoqda. Issiqlik nasoslaridan freon gazi
yordamida atrofmuhitga tarqalgan issiqlik amalda foydalanish uchun to’plab
olinadi. Atrofmuhitdan to’plangan energiya, issiqlik nasoslarini ishlatish uchun
sarflangan energiyadan bir necha marta ko’p bo’ladi. Shunday qilib,
energiyaning saqlanish qonuni buzmasdan, issiqlikning atrof-muhitdan
kondensatsiyalanishi hisobiga ishlaydigan “doimiy dvigatel” ga o’xshash
moslamalar yaratilgan. Bu moslama atrof-muhit harorati yetarlicha yuqori
bo’lganiga qadar ishlay oladi. 2010-yillarda ularning quvvati 100 million
kilovatt (kVt) ga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu Rossiya Federatsiyasidagi
Bratsk GES ining 20 tasi quvvatiga tengdir.
Energiyaning yana bir yangi turi termoyadroviy energiyadir.
Termoyadroviy energiya vodorod geliyga aylantirlganda ajratib chiqadigan
energiyadan inson ehtiyoji uchun foydalanishga asoslangan. Termoyadroviy
elektr stansiyalar atom elektr stansiyalariga qaraganda ancha “toza”, “xavfsiz”
bo’ladi. Biroq bunday elektr stansiyalarini qurish uchun juda murakkab va
qimmatbaho jihozlar kerak bo’ladi, chunki termoyadroviy reaksiyalar faqat
plazma (moddaning 4-agregat holati) da boradi. Biroq, shunga qaramasdan
kelajak enargiyasi ana shu elektr stansiyalarniki.